Ilgarilanma harakat kinematikasi va dinamikasi


Download 1.44 Mb.
bet23/57
Sana19.11.2020
Hajmi1.44 Mb.
#147552
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
amaliy ish



58. Nuqta egri chiziq bo‘ylab = 0.5 m/s2 ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tangensial tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar nuqtaning egri chiziq‘i radiusi 3 m bo‘lgan uchastkasida tezligi 2 m/s bo‘lgan bo‘lsa, uning shu uchastkadagi to‘liq tezlanishi topilsin.

59. Minoradan gorizontal yo‘nalishda 14 m/s tezlik bilan tosh otilgan. Necha sekunddan so‘ng toshni tangentsial tezlanishi 0.6 m/s2 ga teng bo‘ladi? Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin.

60. Jism gorizontga nisbatan αо burchak ostida υo tezlik bilan otilgan. Agar trayektoriyani eng yuqori nuqtasida egrilik radiusi 5 m bo‘lsa, jismni qanday burchak ostida otilganligi aniqlansin.

61. Jism gorizontga nisbatan burchak ostida 14 m/s tezlik bilan otilgan. Trektoriyani eng yuqori nuqtasida uni egrilik radiusi aniqlansin. Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin.

62. Jism gorizontga nisbatan 60o burchak ostida 14 m/s tezlik bilan otilgan trayektoriyani eng yuqori nuqtasida uni egrilik radiusi aniqlansin. Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin.


  1. Jism gorizontga nisbatan 450 burchak ostida 10 m/s tezlik bilan otilgan. Harakat boshlanishidan 1s o‘tgach traektoriyani egrilik radiusi topilsin.

64. Jismni maksimal ko‘tarilish balandligi uchish masofasiga teng bo‘lishi uchun u gorizontga nisbatan qanday burchak ostida otilishi kerak?

65. Jism gorizontga nisbatan αо burchak ostida υо tezlik bilan otilgan. Tezlik vektorini gorizont bilan hosil qiluvchi β burchakni vaqtga bog‘lanishi topilsin.

66. Jism gorizont bo‘iylab 15 m/s tezlik bilan otilgan. Harakat boshlinishidan 1 s o‘tgach jismni normal va tangensial tezlanishlari topilsin.

67. Tosh gorizontal yo‘nalishda otilgan. Harakat boshlanishidan 0.5 s o‘tgach tosh tezligini qiymati uni boshlang‘ich tezligiga nisbatan 1.5 marta katta bo‘lgan. Toshning boshlang‘ich tezligi topilsin. Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin.

68. Tog‘dan gorizontal yo‘nalishda 15 m/s tezlik bilan tosh otilgan. Qancha vaqtdan so‘ng uning tezligi gorizont bilan 45o burchak hosil qiladi?

69. Minoradan gorizontal yo‘nalishda 20 m/s tezlik bilan jism otilgan. Agar u minoraning balandligi h dan ikki barobar katta masofada (minora asosidan) yerga tushgan bo‘lsa, minoraning balandligi topilsin.

70. Gorizontga nisbatan 60o burchak ostida υo = 20 m/s tezlik bilan jism otilgan. Qancha vaqtdan so‘ng gorizontga nisbatan jism β = 45o burchak ostida harakatlanadi?

71. Minoradan gorizontal yo‘nalishda 15 m/s tezlik bilan tosh otilgan. Qancha vaqtdan so‘ng tangensial va normal tezlanishlar tenglashadi? Havoning qarshiligi e’tiborga olinmasin.



72. Nuqta radiusi 4 m bo‘lgan aylana bo‘ylab harakatlanmoqda. Uning harakat qonuni (S - metrlarda, t -sekundlarda) bilan ifodalanadi. Vaqtning qanday momentida uning normal tezlanishi m/s2 ga teng bo‘ladi?

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling