2-MAVZU
QATTIQ JISMNING HARAKAT KINEMATIKASI
VA DINAMIKASI
Nazorat savollar.
1. Qattiq jismni aylanish o‘qiga nisbatan aylanma harakatini asosiy kinematik haraktyeristikalari (burchakli siljish, burchakli tezlik, burchakli tezlanish, davr va aylanish chastotasi)ni tariflang.
2. Ilgarilanma va aylanma harakatlarning kinematik xarakateristikalari bir-biri bilan qanday boglangan?
3. Aylanma harakatni asosiy dinamik harakatyeristikalari (inersiya momenti, kuch momenti, jismning impuls momenti, kuchning impuls momenti) nimaga bogliq?
4. Aylanma harakat dinamikasini asosiy qonunlarini tariflang, ularga kiruvchi fizik kattaliklarni tushuntirib bering.
5. Burchakli tezlik, burchakli tezlanish, kuch momenti, Impuls momenti vektorlarining yonalishi qanday aniqlanadi?
6. Ilgarilanma va aylanma harakatlar xarakatyeristikalari va qonunlari orasidagi oxshashlikni korib chiqing.
7. Aylanish oqi parallel kochirilganda jismning inersiya momenti qanday aniqlanadi?
Masalalarni yechish uchun uslubiy korsatmalar
Qattiq jismning aylanma harakat mexanikasi boyicha masalalar yechish metodikasi ilgarilanma harakat mexanikasi boyicha masalalar yechish metodikasidan prinsipial farq qilmaydi.
Jismning massa markazi harakat dinamikasi uchun va aylanma harakat dinamikasi uchun asosiy qonunlar tenglamalari qattiq jismni harakat tenglamalaridir. Ular qattiq jism tekis ozgaruvchan harakat qilganda kuch va tezlanishni hisoblashda qollaniladi. Harakat tenglamasi sistemaning har bir jisimi uchun alohida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |