Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


Download 1.59 Mb.
bet60/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

Nashriyot ishi. Nashriyot hodimi muharrirlar muallif taqdim etgan qo’lyozmani o’qib, o’rganib chiqib. Xato va kamchiliklarni to’g’irlab uni musahhihga beradi. Shu o’rinda rassom va muaallif kelishgan holda kitob uchun dizayn tanlanadi va tayyorlanadi.

  • Qolip tayyorlash. Nashriyot ishi yakunlangan song kitobning elektron tayyor shakli va sahifa hisobi olinib unga qolip tayyorlash ishlari boshlanadi.

  • Chop etish. Tanlangan dizayn va qolipga asoslanib kitob chop etish boshlanadi. Kitoblarning sahifasining soniga qarab bu ishlarni bajarish uzoq yoki qisqa vaqt davom etadi.

  • Kitob yig’ish. Kitob sahifalaga ajratilib kesiladi. Sahifalar birlashtiriladi. Kitobning birinchi va oxirgi qismi yelimlanadi

  • Kitob sahifalarini birlashtirish. Birinchi va oxirgi qismi yelimlangan kitob sahifalari yaxlit qilib birlashtiriladi va ochilib ketmasligi, havo kirmasligi uchun bosib chiqiladi va bog’lanadi.

  • Kitob tikish. Mahsus raqamlangan sahifalar tikuv uskunasi orqali tikib chiqiladi.

  • Kitob sahifalarini kesish. Sahifalar kitobning muqovasi shakliga mos qilib, ortiqcha joylari kesib tashlanadi

  • Yelimlash. Bu harakat asosan qo’lda bajariladi. Ishchilar kitoblarni avval yelimlab undan so’ng ularni 40 daqiqa qotishi uchun ushlab turishadi.

  • Shtrixovka. Bu bosqichda kitoblarning muqovasi ajralib ketmasligi uchun yaxshilab mahkamlanadi.

    Quyidagi bosqichlar to’liq bajarilgan holatda yangi bir kitob paydo bo’ladi. Kitobning tirajiga qarab uning ishlab chiqarilish vaqti tez va uzoq vaqtni olishi mumkin. Kitoblarni mazmun mohiyatiga qarab xalqaro standartlar doirasida shakllarga ega bo’ladilar.
    158
    www.academiascience.uz
    “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
    1. 2. 3.
    4. 5. 6.

    Yuqorida kitob ishlab chiqarish sanoatining xalqaro raqamli standartlari berilgan. Shu standartlarga asoslangan xolda kitoblar uchun shakl tanlanadi va ishlab chiqariladi:



    1. Children’s (Bolalar uchun) 5”x8”, 10”x8”, 7”x10”

    2. Fiction trim sizes (Fantastic asar, uydirma, to’qima) 4.25”x6.87”, 5”x8’’/ 5.25”x8”, 5.5”x8.5”, 6”x9”

    3. Memoir (Xotira, estalik, yodnoma) 5.25”x8”, 5.5’’x8.5’’

    4. Non-fiction (Haqiqat va dalillarga asoslangan yozuvlar) 5.5’’x8.5’’, 6’’x9’’, 7’’x10’’

    5. Textbooks (Matn kitoblari, darsliklar) 6’’x9’’, 7’’x10’’, 8.5’’x11’’

    6. Novella (Roman) 5’’x8’’

    Hozirgi kunda yuzlab davlat miqyosidagi nashriyotlar xalqimizga xizmat qilib kelmoqda. Ular kitob ishlab chiqarishning xalqaro standartlariga asoslangan holda faoliyat yuritishadi. Lekin muqovasi chiroyli, qalin kitoblarni yaxshi deb ayta olmaymiz. Kitoblarning qadr qimmati uning ichida yozilgan so’zlarning tizilmasi va qanchalik inson qalbi ruhiyatiga yetib bora olishi bilan baholanadi.


    159
    www.academiascience.uz
    “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
    Kitob o’z maqsadidan chiqaolmasa, mushtariy ongi shuriga yetib bormasa, kitob rastalarida qolib ketaveradi. Zamonlar, asrlar osha yashab kelyotgan o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari qayta-qayta nashriyot eshigidan borishadi. Yangi ko’rinish dizaynga ega bo’lib o’quvchi qo’lida yana yashayveradi. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytaolamizki kitoblar insonlardek turli xil shakl shamoyilga, ma’no mazmunga egadir. Mazmunli va mustahkam do’st kitob haqiqiy kitob mushtariylariga nasib etadi. Inson hayotga bir marta keladi lekin u qancha kitob o’qiganiga qarab shuncha hayotda yashay oladi. Bolalar uchun yaratilgan kitoblardan, katta romanlargacha, ovqat retseptlari ktobidan tortib, geografik rasmli kitoblargacha, darsliklaru, nazmiy kitoblar ham insonlar hayotini manaviyatli qilishga xizmat qiladi.

    160
    www.academiascience.uz


    “ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

    Download 1.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling