Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, taklif va yechimlar


BOSHLANG’ICH VA YUQORI SINFLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRIB BORISH ORQALI ‘’YOSH KITOBXON’’ TANLOVLARIGA TAYYORLAB BORISHNING SAMARALI USULLARI


Download 1.59 Mb.
bet57/71
Sana28.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1237641
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71
Bog'liq
26-son konf tayyor

BOSHLANG’ICH VA YUQORI SINFLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRIB BORISH ORQALI ‘’YOSH KITOBXON’’ TANLOVLARIGA TAYYORLAB BORISHNING SAMARALI USULLARI




Normurodova Guljahon
37 Maktab, Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati

Nabiyeva Salomat


37 Maktab, Sherobod tumani, Surxondaryo viloyati
Kitob- zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro’shnolik kiritib, ezgu tuyg’ularni uyg’otmoqqa qodir. Shu bois so’ngi yillarda mamlakatimizda kitob mutoalasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yutimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni yoshlar orasida keng targ’ib qilish, ularning bo’sh vaqtlaridan samarali foydalanish, madaniyat va san’at, sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobxonlik va kitob mutoalasiga samarali jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqoridagi fikrlarimiz tasdig’i sanaladi. Yurtimiz rahbari SH.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan:’’Ayni vaqtda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Buning uchun avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi’’.
‘’Yosh kitobxon’’ respublika ko’rik tanlovi esa kompyuter, internet kabi zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari olamiga berilib ketayotgan
150
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
ko’plab yoshlar qalbida an’anaviy mutolaa madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Mazkur ko’rik tanlov oldidan joylarda kitob targ’iboti bilan bog’liq davra suhbatlari, uchrashuvlar uyushtirib borilyapti. Xususan, mamlakat bo’ylab ‘’Yosh kitobxon’’, ‘’Eng faol kitobxon guruh’’, ‘’Eng kitobxon oila’’ tanlovlarining tashkil qilinishi va g’olib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishi; yirik nashriyotlar tomonidan o’zek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-manaviy ko’makka muhtoj fuqoro va oilalarga badiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiy adabiyotlarning sovg’a qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo’lishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutoala madaniyatini kamol totirishda, manaviy-marifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va marifat markazi tomonidan aholi o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik hissini yuksaltirish, joylarda ma-naviy-marifiy ishlar ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar tashkil qilinib, bu tadbirlar davomida turli ko’rinishdagi kitob ko’rgazmalari uyushtirilib, Respublika Ma’naviyat va Marifat markazi tomonidan chop etilgan bir qancha kitoblarning tadbir ishtirokchilari, keng o’quvchilar ommasiga bepul beg’araz sovg’a sifatida taqdim qilinishi ham bu boradagi samarali faolyatlardab biridir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitob o’qishning shahsni intelektual, psixologik va fiziologik jihatdan rivojlanishdagi yordam beruvchi ta’sirlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, kitob o’qish orqali o’quvchilarning: nutqi rivojlanadi; nutqida so’z boyligi oshadi; tasavvuri o’sadi. Tafakkuri rivojlanadi; xotirasi mustahkamlanadi; hissiyoti (hissiy sifatlar, xususan, hamdardlik hissi) tarbiyalanadi. Ijtimoiy idroki shakllanadi. Bu esa boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning kitob o’qishga ijobiy yondoshishlariga sinflarda o’quvchilarning kitob o’qishga ijobiy yondoshishlariga erishish dolzarb pedagogik vazifalardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu vazifani hal qilish orqali esa boshlang’ich ta’lim
151
www.academiascience.uz
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
davridan boshlab o’quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga izchil, to’g’ridan to’g’ri yo’naltirish imkonini beradi.
Avval aytib o’tilganidek, badiiy adabiyotlar turli yoshdagi kishilarga qaysi yosh davrida bo’lishidan qatiy nazar nutq, tasavvur va dunyoqarashni boyitish, tafakkurni kengaytirish, mantiqiy fikrlas qobilyatini rivojlantirishga, ‘’insonning ma’nan yuksalishiga, salohiyatini boyitishga xizmat qiladi. Globallashuv jarayonida ijtimoiy, ma’naviy-ahloqiy, madaniy qiymatga ega emasligi o’z navbatida shahsning fikrlash qobilyati, tafakkur salohiyatiga ega bo’lishiga erishishni ijtimoiy ehtiyojga aylanishini taminlaydi. Jamiyat a’zolarining ong, tafakkur va keng unyoqarashga ega bo’lishlariga erishishning muhim omili sifatida kitob o’qishni kitobxonlikni keng targ’ib qilish masalasini tobora dolzarblashishiga olib kelmoqda.

152
www.academiascience.uz


“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 26-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling