Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)
-Axolidata’lim extiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normative – huquqiy hujjatlar
Download 133.52 Kb.
|
Inklyuziv talimni hammasi
150-Axolidata’lim extiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normative – huquqiy hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq: inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi; o‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi; inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish tartibi; b) Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ularda o‘quv-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkil qilish tartibi; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish tartibi; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotlariga o‘tkazish tartibi; alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muassasasiga o‘tkazish tartibi; v) Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq: alohida sharoitlarda davolanish va sog‘lomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining tashkil etish tartibi; sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ularda o‘quv-tarbiya hamda davolash-sog‘lomlashtirish jarayonlarini tashkil qilish tartibi; o‘quvchilarni sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi; g) Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning uyda ta’lim olishlarini tashkil etish va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlari; uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktori, sinf rahbari, o‘qituvchilar hamda ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari; Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, o‘quvchida uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan o‘quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa rasmiylashtirish tartibi; uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati;maktab tomonidan o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda ishlab chiqiladigan dars jadvali shakli; uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchining har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari shakli; d) Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni (keyingi o‘rinlarda — psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar) tashkil etish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ularning psixofizik imkoniyatlariga mos ravishda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi; psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning maqsad va vazifalari; psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi; Download 133.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling