Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari


Download 1.26 Mb.
bet29/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari. Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bog‘chasiga qabul qilinish boladan shu paytgacha shakllanib bo‘lgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog‘ligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:

  • organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur’atidir;

  • jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi;

  • go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni.

Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana turib uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini o‘zlashtiradi. Demak, bola tug‘ilishdanoq uning faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi.
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog‘liq. Atrof-muhit va odatiy hayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi.
O‘yin – bola faolligining asosiy va o‘ziga xos shaklidir. Bu o‘sayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig‘ishga, kattalarga taqlid qilishga, faol harakat qilishga ehtiyojidir. O‘yin bolaning muhit bilan o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. Shuningdek, o‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga ko‘nikish shartidir.
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak bo‘ladi:
1. Adaptatsion bosqichning kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash;
2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili;
3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sog‘liq holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish.
Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizg‘inlikni paydo qilmasdan iloji yo‘q. Buning ilk namoyon bo‘lish shakllari emotsinal holatning buzilishidir.
Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog 9oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishlarini inobatga olishi lozim. Shuningdek, adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham og‘irlashtirishi mumkin:

  • noto‘g‘ri ovqatlanish;

  • bolani noto‘g‘ri belash;

  • salbiy odatlar;

  • yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar;

Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot.
Ijtimoiy-gigiyenik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim:


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling