Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


-mavzu: Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari


Download 1.26 Mb.
bet60/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

7-mavzu: Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari.
Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga oid kasbiy kompetentlikni rivojlantirish. Oila bilan hamkorlikda ishlash.


III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar (Laboratoriya ishlari, seminar hamda amaliy mashg‘ulotlari uchun (o‘quv rejada ko‘rsatilgan turi bo‘yicha) tavsiya etilgan mavzular
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar:

  1. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.

  2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.

  3. Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni, vositalari.

  4. Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.

  5. Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari.

  6. O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi.

  7. Tarbiya - ijtimoiy hodisa

  8. Bolalik - insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.

  9. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni.

  10. Ijtimoiy muhit bolani tarbiyalashning omili sifatida.

  11. MTTda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish pedagogik muammo sifatida.

  12. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish.

  13. MTT pedagog-tarbiyachisining turli xulq-atvordagi bolalar bilan ishlash texnologiyasi.

  14. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy moslashuvida tarbiyachilarning ota-onalar bilan ishlash shakllari.

  15. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.

  16. Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari.

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar (mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular)
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • xorijiy adabiyotlardan fanga doir ma’lumotlarni topish va tahlil qilish, qiyoslash;

  • nazariy material bo‘yicha mashqlar bajarish;

  • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus saytlarning ma’lumotlar bazasidan tegishli va kerakli tushunchalarni o‘rganish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • innovatsion g‘oyalar ishlab chiqish va ta’lim jarayonida qo‘llash;

  • masofaviy ta’lim.

Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, topshirish muddati va shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling