Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq


Elektr va gaz yordamida payvandlashda xavfsizlik texnikasi


Download 253 Kb.
bet15/15
Sana01.03.2023
Hajmi253 Kb.
#1242004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Eshmamatov S

Elektr va gaz yordamida payvandlashda xavfsizlik texnikasi
Elektr yoy nurlanishining zararli ta’siri. Payvandlash yoyidan tarqaladigan ko‘z ilg‘amas ultrabinafsha nurlar ko‘zning to‘r va qorachig‘iga zararli ta’sir qiladi. Agarda yoy shu’lasiga himoyalanmagan ko‘z bilan 5—10 minut qarab turilsa, oradan 1—2 soat o‘tgandan keyin kishining ko‘zi og‘riydi, qovoqlari shishadi, yoshlanadi, yorug‘ga qarolmaydigan bo‘lib qoladi va ko‘zi shamollaydi. Bunday hollarda shifokorga murojaat qilish kerak. Yoydan ajralib chiqadigan boshqa ko‘z ilg‘amas nurlar (infraqizil nurlar) ham uzoq vaqt ta’sir qilganida ko‘zning kasallanishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘zni saqlash uchun muhofaza oynali qalqonchalar va shlemlar ishlatiladi. Oynalar ultrabinafsha nurlarni butunlay o‘tkazmaydi, infraqizil nurlarning esa, umumiy miqdoridan faqat 0,1 dan 3% gachasini o‘tkazadi. Flus ostida payvandlashda shlak yoki flus parchalari ko‘zni jarohatlamasligi uchun rangsiz yoki salgina qoraroq qilingan ko‘zoynaklar taqiladi. Òevarak-atrofda ishlayotgan kishilarni payvandlash yoyi nurlari ta’siridan saqlash uchun payvandlanadigan joy 1,8 m balandlikdagi yorug‘lik o‘tkazmaydigan shitlar, shirmalar yoki fanera hamda brezentdan qurilgan kabinalar bilan to‘siladi. Kabina ichida havo yaxshiroq almashinib turishi uchun kabinaning devorlari poldan 25—30 sm baland bo‘ladi. Yorug‘lik tafovutini kamaytirish uchun kabina devorlarini yorug‘ ranglarga (kulrang, havorang, yashil, sariq) bo‘yash hamda ish o‘rnini yanada yaxshiroq sun’iy yoritish tavsiya etiladi. Elektr tokidan jarohatlanish. Payvandlashda eng katta salt ishlash kuchlanishi, odatda, 70 V dan oshmasligi kerak. Rezervuarning ichida turib payvandlashda tokdan jarohatlanish ayniqsa xavflidir. Chunki rezervuar ichida payvandchi elektrod tutkichga nisbatan kuchlanish ostida bo‘lgan metall yuzalariga tegib turadi. Òok urishining oldini olish uchun:

1. Nam joylarda rezina etiklar va qo‘lqoplar (brezent qo‘lqop) kiyib ishlash, kiyim-kechaklar quruq va butun bo‘lishiga e’tibor berish zarur. 2. Muhofazalanmagan qo‘llarni tok o‘tayotgan qismlarga tekkizmaslik kerak. 3. Bevosita payvandlash zanjiriga ulangan payvandlanadigan buyumda ishlashda rezina gilamcha yoki quruq yog‘och taglik ustida turish kerak. 4. Rezervuarlarning ichida ishlaganda ikki kishi, ya’ni yordamchi payvandchi bo‘lishi kerak. Yordamchi payvandchi rezervuarning tashqarisida turishi hamda zarur bo‘lganda yordam bera oladigan bo‘lishi lozim. 5. Vaqtincha biror joyga ketganda hamda ishni tugatganda payvandlash qurimasini elektr toki tarmog‘idan uzib qo‘yish shart. 6. Payvandlash jihozlarini tok to‘xtatilganidan keyingina ta’mirlash va montaj qilish lozim. 7. Òok o‘tishi kerak bo‘lmagan apparat yoki uskuna qismlarida kuchlanish borligi aniqlanishi bilan darhol payvandlashni to‘xtatish va mutaxassisni chaqirish kerak. 8. Payvandlash qurilmasi va ta’minlash manbalarining qobiqlari yerga puxta ulangan bo‘lishi zarur. Yerga ulash konturidan payvandlash zanjirining qarshi simi sifatida foydalanish man etiladi. 9. Ishga tushiruvchi va to‘xtatuvchi qurilmalar g‘iloflar bilan muhofazalangan bo‘lishi zarur. 10. Eruvchan saqlagichlarning nominal toki elektr sxemada yoki jihoz pasportida ko‘rsatilgan tokdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Gaz yordamida payvandlashda xavfsizlik texnikasi. Gaz yordamida payvandlash va kesishda asetilen generatorlari, kalsiy karbidi va gorelkalardan noto‘g‘ri foydalanilganda, shuningdek, alanga gorelka ichiga urganida asetilen–havo aralashmasining portlashi asosiy xavf-xatar manbalari bo‘lishi mumkin. Kislorod reduktorlari klapaniga moy tomganida yoki ballon ventili keskin ochilganda uning yonib ketish hollari ham bo‘lishi mumkin. Yuqori bosim ostida bo‘lgan kislorod ballonining portlashi ayniqsa xavflidir.




Gorelka alangasi noto‘g‘ri ishlatilsa, ehtiyot qilinmasa, payvandchining kuyishi va xonada yong‘in chiqishi mumkin. So‘ruvchi ventilatsiya o‘rnatilganda sarflanadigan har bir m3 asetilen hisobiga gaz yordamida payvandlash va kesish joyidan 1000–1500 m 3 havo so‘rilishi kerak. Ko‘zni alanga nurlaridan saqlash uchun alanga quvvatiga qarab Ö1, Ö2 yoki Ö3 yorug‘lik filtrli (oynali) ko‘zoynaklar taqiladi. Yordamchi ishlarni payvandlash sexlarida bajarishda Ö1 yorug‘lik filtrli ko‘zoynaklardan foydalaniladi. Ko‘zni chang va metall zarrachalaridan saqlash uchun oddiy tiniq oynali muhofaza ko‘zoynaklari taqiladi. Òangasimon opravali berk tiðdagi yoki qaytarma ramali maxsus ko‘zoynaklar ishlatilishi kerak. Qaytarma ramali oynak qulayroq. Chunki tanaffus vaqtida yoki payvandchi chizmani, detal va boshqalarni ko‘rish lozim bo‘lgan hollarda ko‘zoynakni peshonasiga surib qo‘yishi shart emas. Ko‘zoynaklarni mahkam tutish uchun zarur tasmalar o‘rniga rezina lentadan foydalanilgani yaxshiroq. Ochiq alanga bilan asetilen apparatiga 10 m dan yaqin kelish mumkin emas. Generator hajmi kamida 60 m3 va havosi yangilanib turiladigan xonaga o‘rnatilishi zarur. Apparatdagi suv muzlab qolmasligi uchun xonaning harorati kamida 5 °C bo‘lishi kerak. Suv zatvori hamisha tegishli sathgacha suvga to‘la bo‘lishini kuzatib turish hamda zatvor kranini ochib, uni vaqt-vaqti bilan tekshirib turish lozim. Karbit solingan retortaga suv quygandan keyin uni gazning birinchi porsiyalari bilan puflab, tashqariga chiqarib yuborish kerak. Suv zatvorini ishga solmasdan yoki buzuq suv zatvori bilan ishlash man etiladi. Yuklash qutilari seksiyalarini karbitga to‘lg‘izib yuborish yoki generatorning texnik pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamdan boshqa o‘lchamdagi karbit ishlashtish mumkin emas. Generator korpusi va kameralarga suv yuboriladigan idish doim suvga keragicha to‘lg‘azilgan bo‘lishini kuzatib turish zarur. Qayta zaryadlash uchun kamerani uning nazorat kranidan suv oqa boshlaganidagina ochish kerak. Belgilangan chegaradan ortiq asetilen sarflab, generatorga o‘ta nagruzka berib bo‘lmaydi. Bitta suv zatvoriga bir necha gorelka yoki kesgichni ulash man etiladi. Generator har kuni ishlatilsa, bir oyda kamida ikki marta ohak quyqasidan suv bilan yaxshilab tozalash kerak. Ishlatilgan generator nuqsonlarini payvandlashda, uni oldindan qurigan ohak quyqasi qoldiqlaridan yaxshilab tozalash va bir necha marta suv to‘lg‘azib yuvish, payvandlashga doir barcha ishlar esa ochiq havoda bajarilishi lozim. Gaz to‘ldirilgan ballonlarni tashishda ventilni shikastlanish yoki ifloslanishdan saqlash uchun ularga muhofaza qalpoqchasini burab kiygizish kerak. Ballonlarni qalpoqsiz tashishga ruxsat berilmaydi. Ballonlarni zambillarda yoki maxsus aravachalarda tashish zarur. Ballonlarni yelkada ko‘tarib tashish man etiladi. Ballonlarni tashishda, shuningdek, ularni ortish yoki tushirishda ballonlar bir-birining ustiga tushib ketishiga va urilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish zarur. Òo‘ldirilgan ballonlar tushib ketmasligi uchun maxsus ustunchalarga mahkamlanib tikkasiga saqlanishi kerak. Bo‘sh ballonlarni ko‘pi bilan to‘rt qator qilib taxlash mumkin. Kislorod ballonlarini payvandlash yoki kesish joyida montaj va qurilish ishlari vaqtidagina saqlashga ruxsat beriladi. Bunda ballonlar payvandlash gorelkasi yoki keskichdan kamida 5 m masofada joylashishi kerak. Ballonlarni pech, isitish asboblari va boshqa issiqlik manbalari yaqiniga joylash yoki o‘rnatishga ruxsat berilmaydi. Payvandlashda ishga yaroqli reduktorlardangina foydalanish kerak. Kislorodni reduktorga ballon ventilini sekin ochib va rostlovchi vintni batamom bo‘shatib kiritish lozim. Gazni kiritishda reduktor oldida turish mumkin emas. Gorelka va keskichni shikastlanish hamda ifloslanishdan saqlab ehtiyot tutish, gorelkadagi barcha birikmalarning zich bo‘lishiga e’tibor berish, gaz chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aniqlangan nuqsonlarni darhol tuzatish kerak. Gorelka yoki keskichni yoqishdan oldin gorelka yoki keskichni suv zatvori bilan biriktiruvchi shlangni asetilen puflab tozalash kerak. Paqillaganda yoki alanga shlang ichiga urilganda oldin asetilen ventilini, so‘ngra esa kislorod ventilini bekitish mumkin. Gorelka bilan ishlashda alangani boshqa ishchi, shlang, ballon yoki yonadigan materialga tegmaydigan qilib yo‘naltirish zarur. Elektr va gaz payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi Qurilish jarayonida bino va inshootlarni mustahkamligini oshirish maqsadida metal va temirbeton qurilmalarni o‘zaro bog‘lab, ularni yaxlit bir hajmiy tizimga keltiriladi. Buning uchun elektr yoki gaz payvandlash uskunalaridan foydalaniladi. Elektr va gaz payvandlash uskunalarini ishlatish jarayonida payvand qilinayotgan nuqtada ochiq alangani hosil bo‘lishi va undagi harorat 1100oS gacha ko‘tarilishi mumkin. SHuning uchun payvandlash ishlarini bajarish davomida ma’lum tartib va qoidalarga rioya qilish zarur bo‘ladi. Bunday ishlarni ochiq havoda yoki yopiq xonalarda doimiy o‘tkaziladigan joylari tashkilot rahbarining buyrug‘i asosida belgilanadi. Yopiq sexlarda payvandlash ishlarining vaqtinchalik o‘tkaziladigan joylari, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul xodimning yozma tariqasida bergan ruxsatnomasi bilan aniqlanadi. Olov bilan bog‘liq bo‘lgan payvandlash ishlari bajariladigan joylarda albatta dastlabki o‘t o‘chirish vositalari ishga tayyor holda bo‘lishi va barcha payvandlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarilishi shart. Vaqtinchalik elektr yoki gaz payvandlash ishlari bajariladigan joylarda 5m radius kengligida aylanma hudud yonuvchi ashyolardan tozalangan bo‘lishi lozim. Agar elektr payvanchi balandda ishlayotgan bo‘lsa, pastda payvandlash paytida uchib chiqayotgan uchqunlarni tarqalishini kuzatib turgan yordamchi bo‘lishi va payvandchining yonida yongan elektrodlar qoldig‘ini solish uchun maxsus metal quticha bo‘lishi lozim. Elektr payvandlash va gazda qirqish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi: -yong‘in xavfsizligini ta’minlamasdan turib payvandlash uskunalarini ishlatish, hamda nosoz bo‘lgan uskunalarda ishlash; -maxsus belgilangan ximoya kiyimlarini kiymasdan turib ishni boshlash; -kislorod balonlari va yonuvchi gaz balonlarini, karbit va bo‘yoq mahsulotlari solingan idishlar bilan bir xonada saqlash; -karbit solingan idishlarni zax tortishi mumkin bo‘lgan erto‘lalarda saqlash; -asetilen generatori va uning qismlari muzlab qolganda olov yoki qizdirilgan buyumlar yordamida muzini eritish;
-yonuvchi gaz va kislorod balonlari, atsetilen generatori bor bo‘lgan joylarda chekish va ochiq holdagi olovlardan foydalanish; -karbit solingan idish qopqog‘ini ochishda misdan qilingan asboblardan foydalanish.
Havodagi gaz va chang moddalarining yonish jarayoni Yonuvchi bug‘ va gazsimon moddalarning yonish va portlash xavfi ularning alangalanish chegaralari, chaqnab yoki alangalanib yonish harorati va alanganing tarqalish tezligi bilan belgilanadi. Yonuvchi gazning havodagi kislorod bilan aralashmasi yonish uchun etarli darajada yig‘ilib qolgan muhitda haroratning ko‘tarilishi, uning o‘zo‘zidan alangalanib ketishiga sabab bo‘ladi. Aralashmaning yonishiga sabab bo‘lgan dastlabki haroratni, uning alangalanish harorati deb ataladi. Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday aralashma holatida ham amalga oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi mumkin. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara miqdori deb, ularning alanga hosil qilgan holatidagi minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara, sanoat korxonalarining yong‘in va portlash xavfiga moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib xizmat qiladi. Qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda va ashyolarning yonish va portlash xavfi o‘zaro birbiriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi shundaki, portlash jarayonida alanganing atrofga tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. YOnuvchi gaz va bug‘larning havo bilan gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab yonish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan. portlovchi bosim kuchini aniqlash va engil otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun yong‘in paytida alangani tarqalish tezligini bilish juda zarur hisoblanadi. Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlari ularning yonish jarayonidagi agregat holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar yonuvchi moddalarning agregat holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi modda gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar quydagilardan iborat bo‘ladi: - alanganish chegara miqdori (ACHM); - alangani tarqalish tezligi (ATT); - kislorodni portlashdagi quyi miqdori (KPQM); - o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish harorati (Ta); - portlash jarayonidagi xavfli bosim (Rmax); - bosimni ko‘tarilish tezligi va boshqalar. Yonuvchi gazsimon moddalarning atmosferada alangalanish chegaralari, ularni ma’lum atmosfera bosimi ostida, tashqi harorat manbai ta’siridan (butun hajmi bo‘yicha) alangalana olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdori bilan aniqlanadi. Bunday holatdagi gazlarning yonish va portlash chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara miqdorlar hajmida bo‘ladi. Aralashma tarkibidagi yonuvchi gazsimon moddaning aralashmada portlash yoki yong‘inni keltirib chiqara oladigan eng ko‘p miqdori, uning yuqori chegaraviy miqdori (YUCHM), va yonish sodir bo‘lmaydigan eng kam miqdori esa quyi chegaraviy miqdor (QCHM) deyiladi. Bu alangalanish chegaralari gazsimon yonuvchi moddalarning portlash (yonish) xavfini aniqlash bo‘yicha asosiy baholash o‘lchami hisoblanadi va ular quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:

QCHM=M/(N-1) 4,76 Vt , mg/l, yoki QCHM=100/ 1+(N-1) 4,76 , %


YUCHM=4M/(4+4,76N)Vt, mg/l, yoki YUCHM=4*100/4+4,76 N ,% bunda M-aralashmadagi yonuvchi moddaning massasi, g/mol, N-1 g/mol. gaz massasini yoqishda qatnashuvchi kislorodni atomlar soni, Vt- aralashmaning boshlang‘ich haroratida 1 mol. yonuvchi gazning hajmi, ml. Havoning tarkibida yonuvchi gaz va chang moddalarining yig‘ilib qolishi, yong‘inni keltirib chiqaradigan asosiy sabablardan hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi uchun xizmat qiladigan isitgich bug‘xonalarida bunday holatning sodir bo‘lishiga, ulardagi asbob va uskunalarni ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, elektr yoritgichlar va dastgohlardagi nosozliklar, qozon o‘txonasida va gaz uzatgich quvurlarda portlash xavfini chaqiruvchi aralashmalarni hosil bo‘lishi, yonuvchi moddalar bug‘i va changini hamda neft mahsulotlariga bulangan lattalarning o‘z-o‘zidan alangalanishi, gaz uzatgich quvurlarning ulangan joylaridan gazning oqib chiqishi, gaz aralashmasi xavfli miqdorga etishi mumkin bo‘lgan xonalarda elektr tarmog‘idan uchqun chaqnashi, chekish uchun gugurt chaqilishi, elektr payvandlash ishlarini olib borilishi va boshqalar asosiy omillardan bo‘ladi. Odatda yonuvchi moddaning yonish jarayonida tezlatgich (katalizator) sifatida, havodagi kislorod ishtirok etadi va uning atmosferadagi azotga nisbati 1/3,76 ni tashkil etadi. Shu boisdan yonish reyaksiyalarini hisoblashda azotning ishtiroki inobatga olinishi shart. Yonuvchi gazlarning havo bilan har qanday nisbatdagi oddiy aralashmasi o‘z-o‘zidan alangalanavermaydi, balki uning harorati ma’lum miqdordan, ya’ni alangalanish haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lgandagina yonishi mumkin. Quyidagi 5.4-jadvalda kundalik hayot faoliyatimizda ishlatiladigan tabiiy va sun’iy hosil bo‘ladigan asosiy yonuvchi gazlarni alangalanish harorati va chegaralaridan namunalar berilgan. Agar aralashma tarkibida bir nechta yonuvchi gazlar ishtirok etadigan bo‘lsa, aralashmaning taqribiy alangalanish chegarasi (Psm), Le-SHatelening quyidagi formulasi orqali aniqlanishi mumkin: Yonuvchi gazlarni havo bilan aralashganda, alangalanish harorati va portlash chegaralari 5.4-jadval Yonish jarayoni odatda havodagi gazlarni haroratini va bosimini tez ko‘tarilishiga olib keladi. Bu hol xona ichida sodir bo‘lsa, undagi yonuvchi gaz aralashmasi portlashi mumkin. Yonuvchi gaz va havo aralashmasi portlaganda bosim 7-8 kg/sm2 gacha ko‘tarilishi mumkin. Portlash jarayonida bosimni ko‘tarilishi bunda Rpor -portlash vaqtidagi havoning mutlaq bosimi, at; Rdas -aralashmaning dastlabki mutlaq bosimi, at; tpor -portlash paytidagi maksimal harorat, oC, jad. 2; tdas -aralashmaning dastlabki harorati, oC; m-aralashmaning yonish reayaksiyasi tenglamasidagi molekulalar soni; n-aralashmaning portlash oldidagi molekulalar soni. Chang zarrachalarining yonish va portlash xususiyatlari, ularning qanday moddadan tashkil topganligi, o‘z-o‘zidan alangalanish harorati va quyi chegaraviy miqdorlari bilan aniqlanadi. Yonuvchi chang zarrachalari havo bilan aralashganda, ma’lum harorat va bosim ta’sirida yonishi yoki portlashi mumkin. Ularning bunday sharoitda yonishi (yoki portlashi) uchun etarli bo‘lgan eng kam miqdoriga, qo‘yi alangalanuvchi chegara miqdori deb yuritiladi. Qurilish me’yorlari va qoidalariga binoan changlar ikki turga ajratilgan, ya’ni yonuvchanlik quyi chegara miqdori 65 g/m3 dan yuqori bo‘lganda yonishga xavfli va portlashining quyi chegara miqdori 65 g/m3 dan past bo‘lganda portlashga xavfli xisoblanadi. Bundan tashqari chang yonuvchanligi va portlashga moyilligi bo‘yicha 4-ta sinfga bo‘linadi, ya’ni portlash xavfi bo‘yicha ikkita sinfga:
1-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 gacha bo‘lgan portlovchi changlar; 2-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 dan yuqori bo‘lgan portlovchi changlar. Hamda alangalanib yonish bo‘yicha ikkita sinfga bo‘linadi: 3-sinf: alangalanish harorati 2500Cgacha bo‘lgan yonuvchi changlar; 4-sinf: alangalanish harorati 2500Cdan yuqori bo‘lgan yonuvchi changlar. Ba’zi yonuvchi changlarning yonish va portlash quyi chegara miqdori quyidagicha. Masalan, un changi- 30 g/m3 , kraxmal changi- 40 g/m3 , paxta changi 65 g/m3dan yuqori, yog‘och changi- 67 g/m3, tamaki changi- 68 g/m3, tosh ko’mir changi-114 g/m3 yonuvchilarga, kanifol changi- 5 g/m3, oltingugurt changi- 2,3 g/m3, shakar changi - 8,9 g/m3 va boshqalar portlovchilarga misol bo‘ladi. Changlarni yuqori miqdroiy alangalanish chegaralari odatda etarli darajada baland bo‘lganligi
sababli, ishlab chiqarish sharoitida ularga etishib bo‘lmaydi. Yonuvchi suyuqliklarning yonish xavfi, odatda ularning harorat ko‘rsatkichlari, kimyoviy tarkibi hamda bug‘lanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Ba’zi engil alangalanuvchi suyuqliklarni chaqnab portlashiga tashqi muhit haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lishi mumkin. Yonuvchi suyuq moddalarni o‘rab turgan muhit haroratining ko‘tarilishi tufayli, ularning sirtida yonuvchi bug‘lar yig‘ilib qolishi va tashqi issiqlik manbai ta’sirida, alangalanmasdan portlashga moyil bo‘lgan holat yuzaga kelishi mumkin. Ana shu holatni yuzaga keltiruvchi eng kichik harorat, chaqnash harorati deb qabul qilingan. Suyuqliklarning yonuvchanlik darajasi ularning chaqnash haroratiga qarab belgilanadi va ikki toifaga bo‘linadi. Ya’ni, chaqnash harorati 61oCdan past bo‘lgan suyuqliklar engil alangalanuvchi va yuqori bo‘lganlari esa engil yonuvchi suyuqliklar turkumiga kiritilgan. Ishlab chiqarishda, harorati chaqnash
haroratidan yuqori bo‘lgan muhitlarda, bu turdagi suyuqliklarni qo‘llanilishi xavfli hisoblanadi. Davlat xavfsizlik me’zonida ba’zi engil yonuvchi suyuqliklarning chaqnash harorati quyidagicha berilgan: Atseton-1,80C, benzol-150C, benzin- 500C, solyarka –380C, kerosin –280C, skipidar –340C, toluol-60C, ksilol –230C, motor yonilg‘isi-700C va boshqalar. Ormandi va Grevenlar tajribalarga tayangan holda, har qanday yonuvchan suyuqliklarning xavfli chaqnash harorati ularni qaynash harorati bilan bog‘liqligini quyidagicha ifoda etishni taklif etganlar.


Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling