Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq


Download 253 Kb.
bet1/15
Sana01.03.2023
Hajmi253 Kb.
#1242004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Eshmamatov S





KIRISH
Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq. Bu hozirgi vaqtda ilmiy-texnik taraqqiyot keltirib chiqargan murakkab muammolarni har tomonlama yechishni, katta miqdorda mablagʻ va ishlab chiqarishning yuqori madaniyatini talab qiladigan muammodir. Bu esa faqat iqtisodiy qudratli, kuchli ilmiy-texnik va intellektual imkoniyatlarga ega boʻlgan davlatning qoʻlidan keladi. Boshqa tomondan xavfsizlik muammolarining yechimi jamiyatning barcha a’zolarining faol ishtirokini, yuqori fuqarolik ongini, ayrim hollarda jamiyat, kelajak avlod manfaati uchun, shaxsiy manfaatlardan kechishini talab qiladi. Bu esa jamiyat a’zolaridan yuksak madaniyatli va kuchli ma’naviyatlikni talab qiladi. Bu tamoyillarning yechimi chuqur tahlil qilingan va tashkil qilingan uzluksiz, ya’ni ta’limning barcha oʻtimlarini qamrab olgan ta’lim va tarbiya tizimlaridagina mumkin.
Ma’lumki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda ta’lim tizimi isloh qilindi va unda ta’limning uzluksizligiga katta ahamiyat berildi. Xavfsizlikni ta’minlash ruhida oʻqitish va tarbiyalash ayniqsa texnik oʻquv yurtlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki yangi texnika va texnologiyalarni boʻlgʻusi yaratuvchilarini va ishlab chiqarish rahbarlarini shu ruhda tarbiyalash ushbu muammoni samarali boʻlishida katta rol oʻynaydi. Boʻlgʻusi mutaxassislarni shakllantirishdan asosiy maqsad har qanday muhandislik masalasini hal qilishda, bu ilmiy izlanish boʻladimi, loyiha–konstruktorlik ishi boʻladimi, ishlab chiqarishning tashkiliy va boshqaruv masalasi boʻladimi asosiy tamoyil–inson salomatligi va hayotini muhofaza qilish ekanligini unutmaslikdir.
Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Chunki zamonaviy korxonalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir korxonaning oʻzida turli-tuman va tez oʻzgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qoʻllanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zoʻriqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab boʻlishi mumkin.
Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga boʻlgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga boʻlgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. Ishlab chiqarish xavfsizligi muammolarini oʻrganish uslubiy jihatdan murakkablashib, aktuallashib boryapti. Transport korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va yuqori xavfsizlik satxini ta’minlash uchun barcha texnik, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy usul va vositalarini qoʻllash talab etiladi.
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursi ijtimoiy– huquqiy maqsadlarni oʻz ichiga olgan muhandislik fani boʻlib, klassik fanlar boʻlmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, ergonomika, muhandislik, sanoat estetikasi va boshqa fanlardan tashkil topgandir. Bu fanning metodologik asosi – mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo boʻladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Bu tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularni oldini olish va yoʻqotish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalalarni hammasi oʻzaro bogʻlangan holda, kelajak rejalarni hisobga olgan holda koʻriladi.
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursi besh boʻlimdan iborat: mehnat muhofazasining nazariy asoslari, mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, yongʻin va portlash xavfsizligini ta’minlash. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursining maqsadi – mehnat xavfsizligining muhandislik va ilmiy asoslarini biladigan, xavfli vaziyatlar tugʻilganda ularni amalda qoʻllay oladigan, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, jarohatlarni, kasbiy kasallik, avariya, yongʻin va portlashlarning oldini ola biladigan bakalavr kadrlar tayyorlashdir.
Kursning vazifasi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, ularning inson sogʻligiga ta’siri va mazkur xavfli moddalarni oʻlchash va tadqiq qilishning zamonaviy usullari va ulardan samarali himoyalanish tadbirlarini oʻrganishdan iboratdir. Shu bilan birga “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ijtimoiy fan ham hisoblanadi, chunki mehnat sharoiti aksariyat hollarda kollektivning mehnat intizomini, kadrlar qoʻnimini, jamoadagi ruhiy iqlimni va iqtisodiy koʻrsatkichlarni ifodalovchi omildir.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni ishlab chiqarish usullari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilab beradi hamda fuqarolarning salomatligi va mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qonun 36-moddadan iborat boʻlib, 2016-yil 23- sentabrda qabul qilingan. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga:
• korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sogʻligʻining ustuvorligi;
• mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa sohalari bilan muvofiqlashtirish;
• mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qat'i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona talablarni belgilash;
• ekologik xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va ish joylarida atrof-muhitning tizimli monitoringini olib borish;
• korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablarining keng joriy etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirishda davlatning ishtiroki;
• oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash; ishchilar uchun xavfsiz uskunalar, texnologiya va himoya vositalarini ishlab chiqish va joriy etishni ragʻbatlantirish;
• mehnatni muhofaza qilishda fan, texnika yutuqlari hamda ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribadan keng foydalanish;
• ishchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish bilan bepul ta’minlash;
• har bir ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasbiy kasalliklarni majburiy tekshirish va hisobga olish;
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasbiy kasallikka chalingan ishchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish;
• kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va jismoniy shaxslarning mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qoʻllabquvvatlash;
• mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlik.



Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling