Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq
Download 253 Kb.
|
Eshmamatov S
13-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilaridir. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari: tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga oshirishi; ish o’rinlarining mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyasini o’tkazishi; mehnatni muhofaza qilish bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi; tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini o’tkazishi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar, shuningdek ularning yagona reyestrini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 14-modda. Ish o’rinlarining mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyasi Ish o’rinlarining mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish o’rinlaridagi mehnat jarayoni og’irligi va tig’izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo„yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Ish o’rinlarining mehnat sharoitlari bo’yicha attestatsiyasidan quyidagilar o’tkazilishi kerak; 15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo’lib, ushbu audit ish beruvchining qaroriga binoan o’tkaziladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativhuquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling