Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq


I-BOB. “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO’G’RISIDA”GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI O’RGANISH


Download 253 Kb.
bet2/15
Sana01.03.2023
Hajmi253 Kb.
#1242004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Eshmamatov S

I-BOB. “MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO’G’RISIDA”GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI O’RGANISH.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda ma’qullangan. Bu qonun 36 moddadan iborat.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchilik Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi Ushbu Qonun: korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan xodimlarga;
ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o„quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga; tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
muqobil xizmatni o’tayotgan fuqarolarga;
sud hukmiga ko’ra jazoni o’tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo’llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan shaxslar bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi.
4-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling