Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq
Download 253 Kb.
|
Eshmamatov S
16-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi: O„zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablag’lari;
ish beruvchining o’z mablag’lari; Mehnatni muhofaza qilish uchun budjet mablag’lari tegishli (respublika va mahalliy) budjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablag’lardan boshqaruv organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning ta‟minoti, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi. Mehnatni muhofaza qilishga mo’ljallangan mablag’lardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag’lar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo’yicha jamg’armalarni tashkil etish va ularning mablag’laridan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida belgilanadi. 17-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oliy va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta‟minlanadi. Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va o’quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy o’rganilishini tashkil etishi kerak. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bo„yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini ta‟minlaydi. Mehnatni muhofaza qilish bo„yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 18-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta‟minlash. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlar belgilangan normalar bo’yicha sut (shunga teng bo’lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta‟minlanadi. Bunday ishlarning ro’yxati, ularni berish normalari, ular bilan ta‟minlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga ko’ra, qonunch 19-modda. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta‟mirlash chog’ida mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni ta‟minlash. Mehnatni muhofaza qilish masalalari bo„yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob bermaydigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta‟mirlashga, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan olinganlarini joriy etishga yo„l qo„yilmaydi. Yo„l qo„yiladigan eng yuqori normativlari (konsentratsiyalari) belgilangan tartibda ishlab chiqilmagan va tegishli ekspertizalardan o„tkazilmagan zararli moddalarning ishlab chiqarishda qo„llanilishi taqiqlanadi. Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling