Inson hayotining xavfsizligini ta’minlash muammosi har bir jamiyat uchun dolzarb masala boʻlib, u davlatning iqtisodiy rivojlanganligi va barqarorligiga bogʻliq
Download 253 Kb.
|
Eshmamatov S
9-modda. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi: xodimlarning dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko’riklarini o’tkazish tartibini belgilaydi;
ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og’irligi va tig’izligi ko’rsatkichlari bo’yicha sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini belgilaydi; mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga beriladigan sutni (shunga teng bo„lgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini), davolash-profilaktika oziq-ovqatini, gazlangan tuzli suvni (issiq sexlarda ishlovchilar uchun) berish normativlarini belgilaydi; xodimni yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno etadigan ishga o’tkazish uchun tibbiy va boshqa ko’rsatkichlar ro’yxatini tasdiqlaydi; xodim kasb kasalligiga chalingan deb gumon qilinganda uning mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyena tavsifini tuzishga doir talablarni belgilaydi; kasb kasalliklarini aniqlash va xodimlarning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganligi darajasini aniqlash uchun yo’llanma berish tartibini belgilaydi. 10-modda. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari o’z vakolatlari doirasida: mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tarmoq maqsadli va maxsus dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta‟minlaydi; tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini ta‟minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; tizimidagi tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va xodimlar sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilishining tekshiruvdan o’tkazilishi hamda hisobga olinishini tashkil etadi va ta‟minlaydi; tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi, malakasi oshirilishi va bilimlari tekshirilishini tashkil etadi Download 253 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling