Institutlari


Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/49
Sana05.11.2017
Hajmi3.88 Mb.
#19444
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49

Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi. Qizilo’ngach arterial qon bilan 

o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori qovurg’alararo va 

qalqonsimon  bez  arteriyasidan,  ko’krak  qismida  pastki  diafragmal  va  chap 

me’da  arteriyalari  tarmoqlaridan  ta’minlanadi.  Qizilo’ngach    arteriyalari  o’zaro 

keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l 

keladi. 


 

250 


Venoz  oqim  pastki  qalqonsimon,  perikardial,  orqa  ko’ks  oralig’i  va 

diafragmal  venalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Qon  vv.  azygos  va  hemiazygosga 

quyiladi. Qizilo’ngach venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki 

uchdan  bir  qismida  shilliq  parda  osti va  mushak  pardalarida me’daning  kardial 

qismi  shilliq  pardasi  ostidagi  chigalning  davomi  hisoblangan  murakkab  venoz 

chigal  bo’ladi.  Qon  venoz  chigaldan  qizilo’ngach  venalari  bo’ylab,  vv.  azygos 

va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu venalarning klapanlari 

bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari me’da venalari va qopqa vena 

bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach  venalari orqali qopqa va kovak venalar 

sistemasi o’rtasida anastomoz amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim. 

Qizilo’ngachning limfatik  tomirlari  me’daning  chuqur  limfatik tugunlariga 

quyiladi.  Limfa  qizilo’ngachning  yuqori  qismidan  traxeal  va  traxeobronxial 

limfatik  tugunlarga,  pastki  qismidan  kardiya  tugunlariga  tushadi.  Qizilo’ngach 

limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi (D.A. Jdanov, 

1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar berishida ahamiyati 

kattadir. 

Qizilo’ngachni  parasimpatik  n.  vagi  tarmoqlari  va  simpatik  nerv  sistemasi 

(gangl.  stellatumning  tolalari,  arterial  va  kekirdak-xiqildoq  chigali)  orqali 

innervatsiya  qiladi.  Ikkala  sistemaning  nerv  tolalari  qizilo’ngach  yuzasida 

chigallar: o’ng adashgan nerv tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini, 

chap  adashgan  nerv  tarmoqlari  bilan  o’ng  oldingi  qizilo’ngach  chigalini  hosil 

qiladi.  Ulardan  qizilo’ngach  bag’rida  intramural  nerv  chigalini  (mushaklararo, 

auerbax) va shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. 

Bular qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi. 

Qizilo’ngachning  bo’yin  qismi  qaytuvchi  nervlar,  ko’krak  qismi  o’zaro 

anastomozlanadigan  adashgan  nervlar  tarmoqlari  va  simpatik  nerv  tolalaridan 

innervatsiya  qilinadi.  Qizilo’ngachning  quyi  qorin  nervidan  (n.  splanchicus) 

tarmoqlar oladi.  O’z-o’zini  reflektor boshqarish intramural  va ekstramural  nerv 

tolalari va chigallari tomonidan amalga oshiriladi. 


 

251 


Qizilo’ngach  faoliyati.  Qizilo’ngachning  fiziologik  ahamiyati  ovqatni 

halqum  bo’shlig’idan  me’daga  o’tkazish  bo’lib,  ayrim  hollarda  esa  buning 

teskarisini bajarishga (qayt qilish, kekirish) to’g’ri keladi. Yutish, qayt qilish va 

fiziologik regurgitatsiyadan tashqari vaqtlarda unga xalqumdan havo va me’da-

ichaklardan  suyuqlik  tushishining  oldini  olish  uchun  qizilo’ngach  bo’shlig’i 

ikkala  tomondan  chegaralangan  bo’lishi  kerak.  Yuzaki  qaraganda  qizilo’ngach  

funktsiyasi juda oddiyga o’xshab ko’rinadi, haqiqatda esa u «juda murakkab va 

qarama-qarshiliklarga to’la» deb hisoblanadi. 

Yutishdan  tashqari  vaqtda  sog’lom  odam  qizilo’ngachida  qisqarishlar 

bo’lmaydi.  Uning  bo’shlig’idagi  bosim  kuchsiz  manfiy  va  ko’krak  qafasidagi 

bosimga  va  nafas  fazasiga  bog’liq,  bo’ladi.  Halqum  qizilo’ngach  va  uning 

me’daga o’tadigan sohasida birmuncha yuqori bosim – yuqori va pastki «oshgan 

bosim sohalari» qayd qilinadi. Ular sfinkter vazifasini bajaradigan qizilo’ngach 

bo’limlari  mushagining  tonik  qisqarishi  natijasida  hosil  bo’ladi,  deb 

hisoblaydilar.  Qizilo’ngachning  asosiy  vazifasi  yutishni  ta’minlab  berishdan 

iborat.  

Yutish  jarayoni  odatda  3  fazaga  bo’linadi.  1-fazasida  chaynalgan  va 

yumshab  qolgan  ovqat  til  ustiga  suriladi  va  uning  mushaklari  tomonidan  til 

asosiga  yumalatiladi.  Mushaklar  qisqarishi  natijasida  og’izning  orqa  qismida, 

halqumda  va  og’izning  yuqori  qismida  bosim  manfiy  bo’ladi.  Ovqat  luqmasi 

Vasilev  refleks  sohasini  (til  asosi,  orqa  yoychalar,  devorlari)  ta’sirlantirib, 

halqum  mushaklarini  qiskartiradi  (yutishning  ikkinchi  fazasi).  Yutishning  sof 

reflektor  2-fazasida  ovqat  halqumdan  o’tadi.  Yutishning  3-fazasi  boshlanishida 

halqum  bo’shlig’iga  burun-halqum,  og’iz  bo’shlig’iga  va  hiqildoqdan  holi 

bo’ladi va ovqat luqmasi surilishi uchun faqat bir yo’nalish qizilo’ngach qoladi. 

Halqumni  qisadigan  mushaklar  qattiq  qisqarib  ovqat  luqmasi  qizilo’ngachga 

yo’naladi. 

Ovqatning qizilo’ngach bo’ylab surilishi 3 omilga bog’liq: 

1. Ovqat qizilo’ngachga katta bosim ostida tushadi. 

2. Ovqatning og’irlik kuchi. 



 

252 


3. Qizilo’ngach peristaltikasi. 

Suyuqlik yoki qattiq ovqat yutilishida, shuningdek odam vaziyatiga bog’liq 

holda  ovqat  luqmasining  surilishida  uchchala  omil  qatnashadi.  Suv  peristaltik 

to’lqindan  ilgarilab  o’tib,  qizilo’ngach  orqali  tez  suriladi  va  yutishdan  1-3 

sekund o’tishi bilan me’daga etib boradi. Shuning uchun qizilo’ngach kimyoviy 

moddalardan  kuyganda,  masalan,  o’yuvchi  ishqor  yutib  yuborilganda,  shilliq 

parda  bir  xil  zararlanmaydi.  Qattiqroq  ovqat  luqmasi  yutilayotganda  u  asosan 

qizilo’ngach  devorlarining  peristaltik  harakatlari  tufayli  harakat  qiladi.  Bunda 

qizilo’ngachning luqmadan yuqori qismi qisqaradi, pastki qismi esa bo’shashadi. 

Ovqatning qizilo’ngach orqali o’tishiga 6-8 (15 gacha) sekund kerak. Peristaltik 

to’lqin beradigan bosim suv ustuni hisobida 20-140 sm (o’rta hisobda suv ustuni 

hisobida 40-80 sm) va ovqat luqmasining katta-kichikligiga bog’liq emas. 

Yutish  jarayoni  murakkab  reflektor  jarayon  hisoblanadi.  Yutish  avvaliga 

ixtiyoriy  bosh  miya  po’stlog’i  ta’siri  ostida  sodir  bo’ladi.  Ovqat  tanglay 

yoychalari  orqasiga  tushganda  (yutishning  II  va  III  fazalari)  yutish  beixtiyor, 

reflektor bo’lib qoladi, hatto uyqu va hushsiz holatda ham sodir bo’ladi. Yutish 

refleksining  effektiv  nervlari  bo’lib,  til  mushaklari  uchun  n.  hypoglosus 

tarmoqlari,  n.  trigemenining  3  tarmog’i  m.  mylohioideus  uchun,  n. 

glossopharyngeusning halqum tarmog’i, halqum hamda qizilo’ngach mushaklari 

uchun  n.  vagusning  halqum  va  qizilo’ngach  tarmoqlari  hisoblanadi.  Yutish 

markazi  ko’prikda  va  uzunchoq  miyada  joylashgan.  Birmuncha  chegaralangan 

manzili n. vagus yadrosiga yaqin joyda bo’ladi. 

Me’da  suyuqligining  qizilo’ngachga  tushishiga  to’sqinlik  qiladigan 

fiziologik  mexanizmlar  (regurgitatsiya  va  reflyuks)  so’nggi  vaqtlargacha 

o’rganib  chiqilmagan.  Ko’p  sonli  tajribalar  qizilo’ngach-me’da  birikadigan 

sohaning  “bir  tomonlama  o’tkazuvchanligi”  borligini  ko’rsatdi.  Kardiyaning 

yopqich  mexanizmini  o’rganishga  katta  ahamiyat  beriladi.  Uning  fiziologik 

funktsiyasining buzilishi ko’p kasalliklarda (kardiya axalaziyasi, peptik ezofagit, 

diafragma-qizilo’ngach 

teshigi 


churrasi) 

kuzatiladi 

va 

qizilo’ngach 



patologiyasining kattagina qismini tashkil qiladi. 

 

253 


 

Umumiy simptomatologiyasi 

Yutish  faoliyati  buzilishi,  yoqimsiz  sezgilar,  ovqat  yutish  vaqtida  paydo 

bo’ladigan og’riqlar qizilo’ngach zararlanganidan dalolat beradigan eng muhim 

shikoyatlardan hisoblanadi. 

Disfagiya  (yutishning  buzilishi)  –  yutinish  harakatini  bajara  olmaslik, 

halqumda  va  qizilo’ngach    bo’ylab  ovqat  luqmasi  harakatining  buzilishi, 

shuningdek  bu  a’zolarda  ovqat  tutilib  qolishi  bilan  bog’liq  yoqimsiz  sezgilar. 

Disfagiya  og’riq  bilan  o’tishi  mumkin  –  disphagia  dolorosa  yutishda  og’riq 

odatda  zararlangan  sathda  seziladi,  u  orqaga,  bo’yinturuq  venaga  ham  o’tishi 

ehtimol. 

Ko’pchilik  bemorlar  ovqat  luqmasi  qaerda  tutilib  qolayotganini  aniq  aytib 

bera  oladilar.  Biroq  bu  sezgi  qator  hollarda  odatda  xaqiqiy  tutilib  qoladigan 

joydan  birmuncha  yuqorida  bosilish,  qisilish  sezgisi  sifatida  o’tadi.  Yutish 

boshlanishidan  tutilish  sezgisi  paydo  bo’lguncha  o’tgan  sekundlar  bilan 

hisoblanadigan  vaqt  qizilo’ngachning  xaqiqiy  zararlangan  joyini  aniqlashga 

yordam  beradi.  Yutilgandan  keyin  1-1,5  sekund  o’tgach  ovqat  luqmasi 

qizilo’ngachning 

bo’yin 


bo’limida 

bo’ladi, 

keyingi 

5-6 


sekundda 

qizilo’ngachdan  o’tadi  va  yutish  boshlangandan  6-8  sekund  keyin  me’daga 

tushadi. 

Disfagiyada  qizilo’ngachning  organik  zararlanishi  (rak,  stenozlar  va  b.) 

natijasida birinchi navbatda qattiq ovqat (non, olma, go’sht bo’lagi va b.) tutilib 

qoladi.  Ustidan  suv  ichib  yuborish  ko’pincha  engillik  beradi.  Funktsional 

disfagiyada  (ezofagospazm  oqibatida)  suyuqlik,  ayniqsa  juda  issiq  yoki  sovuq 

suyuqlik  ichilganda  aksariyat  qiyinchiliklar  paydo  bo’ladi.  Juda  quruq  ovqat 

yoki  katta bo’laklarni  yutish soppa-sog’  odamlarda disfagiya  keltirib chiqarishi 

mumkin.  Disfagiya  doimiy  yoki  o’zgarib  turadigan  bo’ladi.  Doimiy  disfagiya 

qizilo’ngach bo’shlig’ini yanada torayishga olib keladigan organik kasalliklarda 

kuzatiladi. O’zgarib turadigan disfagiya ezofagospazmga bog’liq. 



 

254 


Qator hollarda disfagiya sababini aniqlab bo’lmaydi. Disfagiya sabablarini 

izohlab  beradigan  quyidagi  ma’lumotlarni  keltirish  diqqatga  sazovor.  A.A. 

Shtuss  va  D.D.  Ashurbekov  ma’lumotlariga  ko’ra  rentgenologik  tekshirishga 

yuborilgan,  disfagiyasi  bo’lgan  534  nafar  bemor  orasidan  290  nafarida 

qizilo’ngach 

raki, 


59  nafarida 

funktsional 

buzilishlar, 

20  nafarida 

qizilo’ngachning surilishi va ezilishi, 1 nafarida diafragma – qizilo’ngach teshigi 

churrasi,  34  nafarida  esa  boshqa  kasalliklar  topilgan.  120  nafar  odamda  hech 

qanday o’zgarishlar aniqlanmagan. 

To’sh  orqasida  bosim,  to’lib  ketish  sezgisi  ovqat  eyish  vaqtida  paydo 

bo’ladi  va  aksariyat  kardiya  axalaziyasida  kuzatiladi.  Bosim  yoki  to’lib  ketish 

sezgisi  ovqat  eyish  boshlangan  vaqtda  paydo  bo’lgan  hollarda  vrach  bu 

simptomga  ayniqsa  diqqat-ehtiborini  qaratishi  zarur.  Odatda  bu  jiddiy  kasallik 

belgisi  (qizilo’ngach  raki,  me’daning  skirri,  kardiya  axalaziyasi  va  b.) 

hisoblanadi.  Uni  ishtaha  pasayib  ketgandagi  tez  to’yib  qolish  belgisi  deb 

o’ylamaslik kerak. 



Og’riq  (dolor).  Qizilo’ngach  kasalligiga  uchragan  ko’pgina  bemorlar 

og’riqdan  shikoyat  qiladilar.  Odatda  u  to’sh  orqasida  o’rta  chiziq  bo’ylab 

zararlanish  sohasiga  taxminan  mos  keladigan  joyda  bo’ladi,  biroq  u  o’ng 

tomondan  orqaga  va  to’shdan  chap  tomonga  berilishi  ham  mumkin.  Og’riqlar 

ovqat eyish bilan bog’liq bo’lishi va yutinishning buzilishi bilan o’tishi mumkin 

(rak, stenoz, diskineziyada). Ko’pincha bunday hollarda atayin qayt qilish bemor 

ahvolini engillashtiradi. 

Kardiya  raki  va  axalaziyasi  bo’lgan  bemorlarda  spontan  (o’z-o’zidan 

bo’ladigan)  og’riqlar  bo’ladi.  Ular  og’riq  krizlari  xarakterini  olishi  mumkin. 

Odatda  «og’riq  krizlari»  kasallikning  birmuncha  ilk  davrida,  aksariyat  tunda 

boshlanadi. Og’riqlar juda qattiq bo’ladi, orqaga, qizilo’ngach bo’ylab yuqoriga, 

bo’yinga,  jag’ga  o’tadi,  bir  necha  minutdan  bir  necha  soatgacha  davom  qiladi. 

Krizlar oyiga 1-3 marta, kamdan-kam hollarda bundan ko’proq paydo bo’ladi. 

Kekirish  (eructatio).  Havo  va  ovqat  bilan  kekirish  farq  qilinadi.  Kekirish 

paydo  bo’lishida  me’da  mushagi  qisqarishi  bilan  bir  qatorda  kardial  sfinkter 



 

255 


tonusining  pasayib  ketishi  asosiy  ahamiyatga  ega.  Ko’p  ovqat  eyish  yoki  gaz 

qo’shilgan  ichimliklar  ichishdan  so’ng  soppa-sog’  odamlarda  havo  bilan 

kekirish fiziologik hodisa hisoblanadi. Bunday sabablarsiz paydo bo’ladigan va 

bemorlarni  bezovta  qiladigan  tez-tez  va  qattiq  kekirish  ko’p  kasalliklarda 

kuzatiladi. Ovqat qizilo’ngachda yoki divertikulda turib qolganda, rak stenozida, 

megaezofagusda kekirganda qo’lansa hid keladi. 



Qizilo’ngachdan qusish (regurgitatio). Qizilo’ngachdan qusish ovqat bilan 

kekirishga  yaqin.  Bunday  qusishdan  oldin  ko’ngil  aynishi  kuzatilmaydi,  unda 

odatda qorin bo’shlig’i va me’da mushagi qisqarmaydi, ovqat kengayib va to’lib 

ketgan  qizilo’ngachdan  uning  devorlari  spastik  qisqarishi  natijasida  og’izga 

otilib chiqadi.  

Qizilo’ngachdan qayt qilish:  

1)  qizilo’ngachda  ovqat  tutilib  va  yig’ilib  qolishi  bilan  o’tadigan 

kasalliklarda – stenoz, qizilo’ngach raki, kardiya axalaziyasida;  

2) qizilo’ngach diskineziyasining ayrim turlarida kuzatiladi. 

Qattiq  hiqichoq  tutishi  qizilo’ngach  rakida,  kamroq  hollarda  qizilo’ngach 

teshigi churralarida kuzatilishi mumkin. 

Qizilo’ngach  kasalliklari  (rak,  kamroq  divertikullar,  axalaziya)  bo’lgan 

talaygina bemorlar og’izdagi yoqimsiz ta’m va ishtaha yo’qligidan noliydilar. 

Qizilo’ngachdan  qip-qizil  rangli  qon  oqishi  mumkin,  bu  hodisa 

qizilo’ngach rakida, venalari varikoz kengayganda kuzatiladi.  

Ovqatlanishning  buzilishi  oqibatida  holdan  toyish  qizilo’ngach  anchagina 

torayganda  (rak,  stenozlar,  kardiya  axalaziyasi  va  b.)  uchraydi.  qizilo’ngach 

rakida  holdan  toyib  oriqlab  ketishga  rak  intoksikatsiyasi  va  bemorlarda  ishtaha 

pasayib ketishi sabab bo’ladi. 

Qizilo’ngachni  rentgenologik  tekshirish  usullari.  U  har  xil  holatlarda 

rentgenoskopiya  va  rentgenografiya  qilishdan,  qator  hollarda  esa  qo’shimcha 

tekshirish 

usullari: 

rentgenokimografiya, 

tomografiya, 

qizilo’ngachni 

kontrastlash bilan pnevmomediastinografiya qilishdan iborat. 



 

256 


Kontrast  aralashma  bilan  to’ldirilgan  qizilo’ngachni  bemorni  qiya 

vaziyatlarda  tekshirishdan  boshlanadi,  chunki  to’g’ri  vaziyatda  rentgen  nurlari 

sagittal  yo’nalganda  qizilo’ngach  umurtqa  pog’onasi,  to’sh  suyagi  va  yurak-

tomirlar dastasi soyasi orqasida yashiringan bo’ladi (60, 61-rasmlar). 

 

 

60-rasm.  Barret  qizilo’ngachi.  Qizilo’ngachning  me’da  o’tish  qismidagi 



striktura va u bilan bog’liq katta yara. 

 

 



 

 

257 


61-rasm. 

Qizilo’ngachning 

kontrast 

modda 


bilan 

yonlama 


proektsiyasidagi diafragma qizilo’ngach teshigining churrasi. 

 

Qizilo’ngach  shilliq  pardasi  pnevmorelefi  manzarasini  olish  uchun  bemor 



bariy  aralashmasini  kichik-kichik  qultumlar  bilan  to’xtamasdan  ichishi  kerak. 

Bariy  aralashmasi  bilan  u  ko’p  miqdorda  havo  yutadi  va  shilliq  pardaning 

qo’shaloq kontrastli manzarasi vujudga keladi. 

Ezofagoskopiya  qizilo’ngach  devorini  ko’zdan  kechirishga  imkon 

beradigan  juda  qimmatli  usul  hisoblanadi,  u  ko’rsatmalar  bo’lganda  esa 

gistologik  tekshirish  uchun  to’qima  bo’lakchasini  olish  (biopsiya)  va  ayrim 

zarur xirurgik operatsiyalarni bajarishga sharoit hozirlaydi. 

Zamonaviy  ezofagoskop  yoki  bronxoezofagoskop  qizilo’ngach    va  nafas 

yo’llarini  ko’zdan  kechirish  uchun  chiqariladigan  asboblar  (bir-biriga 

o’xshashligidan odatda bronxoezofagoskop nomi ostida birlashgan komplekslar 

chiqariladi). Metalldan yasalgan ko’rish nayi, yoritgich moslamasi va operatsion 

asboblar  yig’indisi  (yot  jismlarni  olib  tashlash  va  biopsiya  uchun  har  xil 

omburlar,  zondlar,  operatsion  qovuzloqlar,  elektr  koagulyatorlar,  metall  yot 

jismlarni  chiqarish  uchun  maxsus  elektr  magnitlar  va  boshqalar)  dan  tashkil 

topgan. 

So’nggi  yillarda  egiluvchan  ezofagoskop  –  fibroskoplarning  yangi 

modellari  ishlab  chiqilmoqda.  Fibroskoplar  diagnostik  ezofagoskopiya 

o’tkazishni  engillashtiradi  va  qizilo’ngachga  egilmaydigan  uzun  metall  naycha 

kiritish bilan borliq xavf-xatarni ma’lum darajada bartaraf etishga imkon beradi. 

Biopsiya –  gistologik  tekshirish  uchun  to’qima  bo’lakchalarini  kesib  olish 

–  odatda  ezofagoskopiya  vaqtida  qizilo’ngach  rakiga  gumon  qilingan  hollarda 

o’tkaziladi. Qizilo’ngach rakini aniqlashda qizilo’ngach yuvindisi  yoki qirmasi 

va shubhali qismini tsitologik tekshirish katta yordam ko’rsatadi. Bu usul etarli 

darajada  aniq  ma’lumotlar  beradi.  Turli  mualliflarning  fikricha,  tekshirishning 

ijobiy  natijalari qizilo’ngach  raki bilan  kasallangan bemorlarning 70-95  foizida 



 

258 


qayd  qilinadi.  Tsitologik  tekshirish  uchun  material  olish  texnikasi  oddiy  va 

bemor uchun hech qanday xavf-xatar tug’dirmaydi. 



Ezofagotonokimografik  tekshirish.  Qizilo’ngach  qisqarishlarini,  uning 

ichki  bosimini  va  devori  tonusini  yozib  olish  –  ezofagotonokimografiya 

deyiladi,  bunda  olinadigan  egri  chiziqlar  esa  ezofagotonokimogramma  deb 

ataladi. 

Ko’pincha  ezofagotonokimografiyani  uchiga  mo’’jazgina  ballonchalar 

mahkamlab  qo’yilgan  ko’p  kanalli  zond  yordamida  o’tkaziladi.  Zondni 

qizilo’ngachga  yuboriladi,  uning  erkin  uchini  qayd  qiladigan  apparaturaga 

ulanadi. 

Qizilo’ngach  funktsional  holatining  eng  muhim  ko’rsatkichlaridan  biri 

qizilo’ngach  ichidagi  «tinchlik  bosimi»,  ya’ni  unda  aktiv  qisqarishlar  yo’qligi 

hisoblanadi.  Normada  halqumdagi  bosim  taxminan  atmosfera  bosimiga  teng, 

halqum  bilan  qizilo’ngach  chegarasida  (halqum-qizilo’ngach  sfinkteriga  mos 

keladi)  turli-tuman  ma’lumotlarga  ko’pa  atmosfera  bosimidan  simob  ustuni 

hisobida 30-80 mm oshadi (bu qizilo’ngachdagi oshgan bosimning yuqori sohasi 

nomini  olgan),  qizilo’ngachning  o’zida,  ayniqsa,  uning  ko’krak  bo’limida  sust 

manfiy  (simob  ustuni  hisobida  2  dan  10  mm  gacha),  qizilo’ngach  –  me’da 

(kardial)  fiziologik  sfinkteri  sohasida  esa  u  yana  oshgan  va  simob  ustuni 

hisobida 8-35 mm ga etadi – bu oshgan bosimning quyi sohasi deyiladi. 



Farmakodiagnostika.  Qizilo’ngach  kasalligi  –  diagnostikada  nisbatan 

yangi,  biroq  istiqbolli  yo’nalish  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  qizilo’ngach 

kasalliklarini  aniqlash  uchun  nitratlar  (preparatlar)  va  xolinomimetiklar  bilan 

sinamalar 

qo’llaniladi. 

Nitropreparatlar 

(nitroglitserin, 

amilnitrit) 

qizilo’ngachning  funktsional  va  organik  stenozlari,  birinchi  navbatda  kardiya 

axalaziyasi  va  kardioezofagial  rakni  differentsial  diagnostika  qilish  uchun 

ishlatiladi. 

Bemorni  rentgen  ekrani  orqasida  tekshirish  vaqtida  qizilo’ngachda  bariy 

aralashmasi  tutilib  qolishi  bilan  o’tadigan  qizilo’ngach  kardial  segmentining 

barqaror  torayganligini  aniqlangandan  keyin  bemorga  til  ostiga  1-2  tabletka 



 

259 


nitroglitserin  tashlash  va  ularni  shimish  yoki  doka  salfetkada  sindirilgan 

ampuladagi  amilnitrit  bug’larini  bir  necha  sekund  ichida  nafasga  olish  taklif 

qilinadi.  Qizilo’ngach  bu  preparatlar  ta’siri  ostida  funktsional  torayganda 

toraygan  qismlar  tonusi  pasayadi  va  qizilo’ngach  o’tkazuvchanligi  to’liq  yoki 

qisman tiklanadi. Organik stenozda bunday natija kuzatilmaydi. 

Radioizotop  tekshirish.  Turli  to’qimalarning  ko’payadigan  xujayralarida 

fosforning  jadal  yig’ilib  borishini  birinchi  marta  Marshak  (1940)  va  Jones 

(1940)  qayd  qilganlar.  Radioizotop  diagnostika  usullarining  ishlab  chiqilishi 

munosabati  bilan  bu  maqsadlar  uchun  radioaktiv  fosfordan  ham  foydalanishga 

urinishlar qilib ko’rilgan. 

Izotop P


32

 xavfli o’smalarning xujayralarida tanlab yig’iladi, o’z kimyoviy 

xossalari  bo’yicha  barqaror  elementdan  farq  qilmaydi,  toksinli  emas,  biroq 

zarrachalari ozroq bo’lsa-da (4-5 mm), kirish qobiliyatiga ega, ko’pincha undan 

yuzaki joylashgan o’smalarnigina diagnostika qilishda foydalanish mumkin. 

Me’da-qizilo’ngach reflyuksini zondlash yo’li bilan aniklash: 

1.  Metilen  ko’ki  bilan  sinama  o’tkazish.  Me’daga  duodenal  zond  orqali 

metilen ko’ki eritmasi yuboriladi (uy haroratidagi 300 ml qaynagan suvga 2% li 

eritmasidan 3 tomchi). So’ngra zond tortib olinadi va uning distal uchi kardiya 

yuqorisida  turadigan  holatda  o’rnatiladi  va  ehtiyot  choralar  ostida  shprits  bilan 

zond  orqali  qizilo’ngach  suyuqligini  tortib  olinadi.  Bunda  bo’yalgan 

suyuqlikning paydo bo’lishi reflyuks borligidan dalolat beradi.  

2.  Qizilo’ngach  suyukligida  pHni  aniqlash.  Flooy  va  hammualliflari 

qizilo’ngachdan aspiratsiya qilinadigan suyuqlikda ozod xlorid kislota miqdorini 

aniqlaganlar. Uning borligi reflyuksni tasdiqlash imkonini beradi. 



 

Qizilo’ngachning kuyishi 

Qizilo’ngach  kuyishi  (Oesophagitis  corrosiva)  o’z  joniga  suiqasd  qilish 

hollarida yuz beradi. F.N. Doronin kuzatuvlarida qizilo’ngachi kuygan 217 nafar 

bemordan  116  nafari  5  yoshgacha  bo’lgan.  Qizilo’ngachning  o’yuvchi  ishqor, 

kuchli kislota, kamroq fenol, lizol, yod, sulema va boshqa ba’zi bir moddalardan 


 

260 


kuyib  qolish  hollari  ko’proq  uchraydi.  So’nggi  vaqtlarda  xonadonlarda  kaustik 

soda  kam  ishlatila  boshlangani  munosabati  bilan  bu  moddadan  tasodifan 

kuyishlar  soni  kamayib  ketdi,  biroq  ayrim  joylarda  u  hali  ham  uchrab  turadi. 

Chunonchi,  A.I.  Serjanin  kuzatuvlariga  ko’ra  qizilo’ngach  kuyishidan 

davolangan  115  nafar  odamdan  85  foizida  u  kaustik  sodani  palapartish  holda 

saqlash  (vinodan  bo’shagan  shishalarda,  piyola  va  stakanlarda)  oqibatida  uni 

ichib qo’yish sababli kuyish sodir bo’lgan.  

Ko’pgina 

mualliflarning 

ma’lumotlari 

bo’yicha 

so’nggi 


yillarda 

qizilo’ngachning  sirka  kislotadan  (essentsiya)  kuyib  qolish  soni  birmuncha 

ko’paydi. Kuchli kislota ichib qo’yilganda eng ko’p o’zgarishlar qizilo’ngachda, 

o’yuvchi ishqor ichib qo’yilganda esa me’dada ozroq o’zgarishlar paydo bo’ladi 

deb  hisoblanadi  (chunki  meda  shilliq  pardasi  kislotalar  ta’siriga  ma’lum 

darajada  chidamli  bo’ladi).  Boshqa  omillarning  ham  ahamiyati  bor:  ichilgan 

kimyoviy  modda  miqdori,  me’dada  ovqat  borligi  va  x.k.  Odatda  kuyishdan 

keyin  stenozlar  qolgan  bemorlarda  og’iz  va  xalqum  shilliq,  pardasida  ham 

tegishli o’zgarishlar kuzatiladi. 

Qizilo’ngach  kardial  sfinkteri  ustidagi  distal  bo’lim,  halqum-qizilo’ngach 

birikkan  sohadagi  proksimal  bo’lim,  shuningdek  bifurkatsiya  sathi  eng  qattiq 

zarar  ko’radi.  qizilungach  shilliq  pardasidagi  qattiq  ta’sirotga  javoban 

qizilo’ngach  devorlari  spazmga  uchrashi  natijasida  o’yuvchi  moddaning  turib 

qolishi  qizilo’ngach  distal  bo’limining  birmuncha  jiddiy  zararlanishiga  olib 

keladi.  

Ishqorlardan  zaharlanishda  qizilo’ngachda  eng  og’ir  o’zgarishlar  yuz 

beradi, deb hisoblaydilar, chunki bularda kislotalardan kuyishdan farqli ravishda 

qoraqo’tirning erib ketishi sodir bo’ladi. 



Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling