Iqtisod moliya


Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

3.Kishilik jamiyati uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida erishgan iqtisodiyot — bu 
tsivilizatsiyalashgan (tartibga solinadigan) bozor iqtisodiyotidir. 
 Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotida davlat kutilmaganda yuz beradigan tangliklarni 
yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash orqali ta’sir ko’rsatadi. Albatta, bu chora-tadbirlar 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat erkinligini, ijodiy mehnat va tashabbuskorlikni cheklashga 
olib kelmasligi kerak. 
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotining ham o’ziga xos belgilari bor: 
1.Xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham mavjud bo’ladi. 
2.Ishlab chiqarish bozor talabini hisobga olgan holda olib boriladi. Marketing muhim rol 
o’ynaydi. Noma’lumlik kamayadi. 
3.Xalol raqobat asosiy o’ringa chiqadi, uning madaniy usullari qo’llaniladi. 
4.Iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida uzoq davrga mo’ljallangan doimiy aloqalar, o’zaro 
manfaatli sherikchilik munosabatlari qaror topadi. 
5.Davlat iqtisodiy hayotga aralashib, iqtisodiyotni tartiblashda qatnashishi tufayli chuqur 
iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi. Agarda ular yuz bersa ham undan tezda chiqib ketish chora-
tadbirlari belgilanadi. 
6.Iqtisodiyot yuksak darajaga erishganda jamiyat boy bo’ladi, shuning uchun tadbirkorlar 
faqat boy bo’lish uchun emas, balki obro’-e’tibor qozonish, hurmatga sazovor bo’lish uchun ham 
harakat qiladilar. 
7.Iqtisodiyot ijtimoiy yo’naltirilgan, kambag’allarga yordam berish, ommaviy 
farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 
8.Odamlarning iqtisodiy tabaqalanishi cheklanadi. Jamiyatda o’ziga to’q o’rta hol aholi 
asosiy qatlamni tashkil qiladi. 
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solish faqat bozorning salbiy 
oqibatlarini cheklashga qaratiladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida bozor, avvalo, o’zini-o’zi tartibga soladi, undan tashqari, davlat ham iqtisodiyotni 
tartibga solishga ta’sir ko’rsatadi. 
Bozorni boshqarishda iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va nihoyat, ijtimoiy-pxisologik 
usullar qo’llaniladi. 
Faqat, iqtisodchi V. Leontev ko’rsatganidek, eng muhimi bozorni o’zini-o’zi boshqarish 
bilan davlat tomonidan tartibga solishning optimal darajasini topishdir. Xozirgacha bu talabga 
ideal darajada javob beradigan davlat yo’q. 
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning haddan tashqari aralashuvi bozor 
iqtisodiyotining deformatsiyalashuviga olib keladi. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling