Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 Bozor Davlat va Bozor
Download 22.5 Kb.
|
иқтисод реферат
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funktsiyalari.
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI III-KURS I-82-2-GURUH TALABASI XO’JAMOV TO’XTASINNING IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI TOSHKENT-2023 Bozor Davlat va Bozor Reja: Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari. Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash. Resurslarni qayta taqsimlash. 1. Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funktsiyalari. Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot o`zini- o`zi samarali boshqara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas. Bozor iqtisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar: bozorni monopollashuvi xavfi; jamiyat infratuzilmasini (transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi; atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi; ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi; resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi; iqtisodiyotning bekaror rivojlanishi, iqtisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k. Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti xam, sof davlat iqtisodiyoti xam emas. «Iqtisodiyotni barkaror amal qilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir»* Ilgor davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi. Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko`p va xilma-xildir. Shuning uchun taxlilimizda davlatning asosiy iqtisodiy funktsiyalarinigina ko`rib chiqamiz. Download 22.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling