Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 Bozor Davlat va Bozor


Download 22.5 Kb.
bet3/7
Sana24.03.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1293013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
иқтисод реферат

Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo`yilmalar, ilmiy tadkikotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat axolini davlat transfertlari ko`rinishida ximoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Axoli davlat byudjetiga xar oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to`laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to`laydilar. Shu kabi juda ko`p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatadi. Soliqlarni o`zgartirish orqali investitsiyalar va jamgarmalar ragbatlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga qaratilgan va uning asosiy vazifasi baxolar va real milliy ishlab chiqarish xajmining o`sishiga mos keladigan pul massasini ta`minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan xisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zaxiralari normasini o`zgartirish, qimmatli qog’ozlar bo`yicha ochik bozordagi operatsiyalarni yo`lga ko`yish va shuningdek, boshqa tadbirlardir.
Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish xamda xayotga tatbiq etish xisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzoq va qisqa muddatlarga mo`ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor xajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab chiqarish tarkibidagi o`zgarishlar, matematik modellar asosida xisob-kitob qilinadi va iqtisodiyotning qaysi yo`nalishda rivojlanishi aniqlanadi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling