Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 Bozor Davlat va Bozor


Davlatning asosiy iqtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi


Download 22.5 Kb.
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1293013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
иқтисод реферат

Davlatning asosiy iqtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya qilish.
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida resurslarni qayta taqsimlash;
4. atrof muxitni ximoya qilish;
5. daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
6. Iqtisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iqtisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat qilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xuquqiy bazani ta`minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat qilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. Tashqi savdoni tartibga solish vositalari orqali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya qiladi(bu masalalar o`quv qo`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chiqiladi).
2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Ixtisodiyot davlat tomonidan ma`muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi.
Ma`muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o`rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub`ektlarini ro`yxatga olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta`minoti, minimal ish xaqini o`rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi.
Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to`gridan-to`g’ri usullarni va byudjet-soliq xamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o`z ichiga oladi..
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) ko`paytirish yoki qiskartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta`minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko`rsatish, baxolar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat axolisini ximoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko`rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subventsiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling