Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 Bozor Davlat va Bozor


Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash


Download 22.5 Kb.
bet5/7
Sana24.03.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1293013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
иқтисод реферат

4. Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat axolisi oladigan daromadlar va qiladigan xarajatlar o`rtasida nomutanosibliklar paydo bo`ladi. Bu kabi muammolarni xal qilishda davlat asosiy axamiyatga ega. Yani, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi..
Birinchidan, transfert to`lovlari orqali yordamga muxtoj, boqimanda, nogiron va ishsizlarni nafaqalar bilan ta`minlaydi.
Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali daromadlar taqsimlanishini o`zgartiradi. Fermerlar maxsulotini kafolatlangan baxolarda sotib olish va minimal ish xaqi to`grisidagi qonunchilik davlat axolining ayrim guruxlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida baxoni tartibga solib turishiga misol bo`la oladi. Bundan tashqari axolidan olinadigan daromad soliqlarining foizlar bo`yicha tabaqalanishi xam kam ta`minlangan axolini qo`llab-quvvatlash maqsadida oli borilayotgan tadbirlaridan biridir.
Davlat daromadlarni axoli o`rtasida quyidagicha qayta taqsimlaydi.
Birinchidan, daromadlar axolining turlicha daromad oladigan qatlamlari orasida qayta taksimlanadi. qo`llaniladigan progressiv soliq stavkasi bunga imkon beradi. Masalan, O`zbekistonda axoli daromadlari progressiv soliq stavkasi bilan soliqqa tortiladi. 2005 yildr o`rnatilgan shkalaga ko`ra dastlabki o`rnatilgan 5 minimal ish xaqiga teng bo`lgan daromaddan 13 %, bundan ortik bo`lgan keyingi 5 minimal ish xakiga teng bo`lgan daromaddan 21 %, daromadning 10 minimal ish xakidan ortgan kismidan esa 30 % stavka bilan soliq undiriladi. O`rnatilgan shkala kam daromad oluvchilardan kamroq soliq undirish, ko`p daromad oluvchilardan esa ko`proq soliq undirish imkonini beradi. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan turli ijtimoiy yordam to`lovlari esa aynan kam daromadga ega oilalarga ko`rsatiladi.
Shuningdek, davlat Pensiya jamgarmasi, Bandlik jamgarmasi, Kasaba uyushmasi jamgarmalariga ijtimoiy sugurta ajratmasi to`lovlarini ish beruvchilar (korxonalar)dan va ishlovchilardan undiradi. O`zbekistonda korxonalar 2005 yil xolatiga ko`ra sof tushumning 0,7 %i va ish xaqi fondining 31 %i miqdorida, ishlovchilar esa ish xakining 2,5 % i miqdorida ijtimoiy sugurta to`lovlarini amalga oshiradi. Bu mablaglar pensiya ta`minoti, vaqtincha ishga layoqatsizlik bo`yicha kasallik varaqasi, ishsizlik nafakasi, ishsizlarni mexnat birjalari orqali kasbga tayyorlash xarajatlarini qoplash kabi tadbirlarni moliyalashtirishga sarflanadi. Ya`ni sanab o`tilgan yo`nalishlar bo`yicha xam davlatning daromadlarni qayta taqsimlash funktsiyasi namoyon bo`ladi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling