Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 Bozor Davlat va Bozor


Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish


Download 22.5 Kb.
bet4/7
Sana24.03.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1293013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
иқтисод реферат

3. Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.
Davlat monopoliyani cheklash va raqobat muxitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga qarshi konunlarga tayanilgan xolda olib boriladi. O`zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chikarish rakobat va tadbirkorlikni ko`llab kuvvatlash Davlat ko`mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga qarshi kurash maqsadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya xisoblanmagan korxonalarga bo`linadi. Tabiiy monopol bo`lmagan korxonalarni monopoliyadan chiqarish chora- tadbirlari ko`riladi.
Tabiiy monopoliyalar ob`ektiv shart-sharoitlarga ko`ra monopol bo`lishi zarur, yoki monopoliyadan chiqarish ilojsiz bo`lgan korxona yoki tarmoqlardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o`z mavke`laridan foydalanib maxsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko`tarib yuborishlariga yo`l qo`ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari qo`llaniladi.
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo`lsin. Korxona maxsuloti tannarxi 10000 so`m bo`lgani xolda uni 13000 so`mga sotsa belgilangan ma`yoriy chegarani buzgan xisoblanadi. Chunki korxona 20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. Shu sababli ortikcha xisoblangan 1000 so`m (13000-12000) davlat ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga ko`shimcha moliyaviy jazo xam qo`llaniladi.
Davlat bu yo`l bilan iste`molchilar xukuklarini ximoya kiladi. Agar maxsulot baxosi korxonaga boglik bo`lmagan sabablarga ko`ra oshib ketgan bo`lsa va bu isbotlansa qonun talablari buzilmagan xisoblanadi.
Raqobat muxitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo`llab kuvvatlash maqsadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Davlat Mulk qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kitritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, bosqichma bosqich baxosini tushirib sotish, aktsionerlashtirish kabi usullar qo`llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki bosqichida uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat ob`ektlari va maxalliy sanort korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo`lsa, keyingi bosqichda o`rta va yirikroq korxonalarni aktsionerlashtirish yo`li bilan davlat tasarrufidan chiqarishga kirishildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab quvvatlash, shuningdek ularning xukuklarini ximoya qilish orqali xam amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrda imzolangan «Tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`grisida» gi Farmoni nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatiga aralashuvini cheklash, ularning xuquqlarini davlat tomonidan qonuniy kafolatlashni kuchaytirishga bir misol bo`ladi.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling