Iqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi toshkent-2023 Bozor Davlat va Bozor


Download 22.5 Kb.
bet6/7
Sana24.03.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1293013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
иқтисод реферат

5. Resurslarni qayta taqsimlash.
Mamlakat xududlari va iqtisodiyot tarmoklari o`rtasida umumdavlat manfaatlarini xisobga olgan xolda resurslarni qayta taqsimlash davlatning muxim funktsiyalaridan biridir.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy axamiyatli, ammo foyda ko`rib ishlamaydigan tarmoq yoki korxonalarni qo`llab kuvvatlash maqsadlari davlat byudjeti orqali daromadlar va resurslarni tarmoqlar orasida qayta taqsimlash zaruriyatini tugdiradi.
Bu vazifa barcha tarmoqlardan olingan soliq tushumlari xisobiga moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablaglarini ustivor tarmoqlarga yo`naltirish, shu tarmoklarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish orqali amalga oshiriladi.
Kommunal xo`jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi soxalar iqtisodiyot tarmoqlarining samarali ishlashi, normal xayotiy faoliyatni yo`lga qo`yish uchun zarur xizmatlarni ko`rsatgani xolda rentabelli soxalar bo`lmagani uchun xam davlat byudjetidan dotatsiya oladilar.
Mamlakat xududlarining resurs saloxiyati bir xil emasligi, axoli zichligi, sanoat tarmoklarining rivojlanishi darajalaridagi farqlar tufayli axoli jon boshiga to`gri keladigan YAIM, sanoat maxsuloti, pullik xizmatlar, pullik daromadlar kabi ko`rsatkichlar xududlararo farq qiladi. Bu farqlarning chuqurlashuvi, o`z navbatida milliy iqtisodiyot samaradorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, shunday xam rivojlanish darojasi past xududlardan kapital kochishi xolatlari ro`y berishi mumkin. Bu esa turli xududlar o`rtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo`lgan farqni yanada chukurlashtiradi.
Davlat byudjet-soliq va pul kredit siyosati vositalaridan foydalangan xolda iqtisodiy ko`rsatkichlar darajasidagi xududiy tengsizlik darajasini yumshatish uchun resurslarni qayta taksimlaydi. Resurslarga boy, sanoati rivojlangan xududlarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi yukori bo`lgani xolda byudjet mablaglari xududlar o`rtasida ijtimoiy extiyojlarni xisobga olgan xolda, kam rivojlangan xududlar riojlanishi darajasini jadallashtirish maqsadlarini ko`zlab taksimlanadi.
Markazlashgan byudjetga kelib tushadigan umumdavlat soliqlarining xududlar ixtiyorida qoldiriladigan ulushini ko`paytirish, ayrim xududlarga kiritiladigan investitsiyalar xisobiga ishlaydigan korxonalarga soliq imtiyozlarini berish, ularni imtiyozli kreditlar bilan ta`minlash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish davlat xududiy iqtisodiy siyosatining muxim elimentlaridan biridir.
Xozirgi zamon iqtisodiyotidagi davlatning muxim funktsiyalaridan biri barqarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funktsiyasi boshqa funktsiyalar bilan chambarchas bogliq bo`lgani xolda iqtisodiy o`sishni, inflyatsiya sur`atlarini cheklashni, ishsizlik darajasini me`yor darajasida ushlab turishni, davlat byudjeti va to`lov balansi mutanosibligini xamda milliy valyuta almashinuv kursi barqarorligini ta`minlash kabilarni o`z ichiga oladi. Bu masalalar o`quv ko`llanmamizning tegishli mavzularida atroflicha ko`rib chiqilishi tufayli bu savolda ularga to`xtalmaymiz.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling