Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

«Janubiy Koreya modeli». Bu model shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa 
muddat ichida qoloq mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962 yili 
iqtisodiy islohotlar boshlanayotgan paytda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad 82 
dollarga teng bo’lgan bo’lsa, 1988 yilga kelib 4,04 ming dollarga, 1996 yilga kelib 10,6 ming 
dollarga etdi yoki 129 martadan ortiq ko’paydi. 
Janubiy Koreya modelining farqlanuvchi xususiyati shundaki, davlatning iqtisodiyotni 
tartibga soluvchi ta’siri nihoyatda kuchli. U quyidagi dastaklarni o’z ichiga oladi: 
— Iqtisodiy o’sishni rejalashtirish. U bilan davlat organi —iqtisodiy rejalashtirish 
Kengashi shug’ullanadi. 1962 yildan buyon 5 yillik rejalarni ishlab chiqadi, yirik investitsion 
loyihalarni ma’qullash huquqiga ega, byudjet mablag’larini moliyalashtirish masalalarini hal 
qiladi. 70- yillarga qadar rejalashtirish direktiv xarakterga ega bo’lgan. Xususiy biznes 


rivojlanishiga qarab indikativ rejalashtirishga o’tildi. Ayrim yirik investitsion loyi-halar ba’zan 
XVF va Jahon banki tavsiyalariga rioya qilmay amalga oshirilgan. Xususan, shunday tarzda yirik 
po’lat quyish kompaniyasi yaratildiki, hozirgi paytda yiliga 200 mln tonnadan ortiq po’lat 
tayyorlaydi. 
— Janubiy Koreyada uzoq vaqt kredit-moliya sohasida davlat monopoliyasi hukm 
surgan. Xususiy bank-kredit institutlari 80- yillarning birinchi yarmidan boshlab vujudga kela 
boshladi. Bunday siyosat davlatga o’z qo’lida moliya va valyuta resurslarini to’plash va undan 
ustun tarmoqlarni rivojlantirish uchun samarali foydalanish imkonini beradi. 
— Tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish eksportni rag’batlantirish, importni 
cheklashga qaratilgan bo’lib, bu bilan milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish qo’llab-
quvvatlanadi. 
Eksport muammosi alohida nazorat ostida bo’lib, Prezident har oy eng yirik eksportchilar 
ishtirokida kengash o’tkazgan. Alohida tarmoqlar bo’yicha eksport vazifalari rejalashtirilgan. Bu 
reja yillik bo’lib, kvartal va oylarga bo’lingan, zarur bo’lganda tuzatishlar kiritilgan. 
Besh yillikda (1987—1991 yillar) iqtisodiyotni «jonlantirilgach» hukumat ijtimoiy 
dasturlarni amalga oshirishga kirishdi. Narxlarni barqarorlashtirish fondi tashkil qilindi. Yangi 
ish o’rinlari yaratildi. Ishsizlik qisqardi, ish haqi yiliga 29% ga o’sdi. Ish haqining o’sishi kasaba 
uyushmalari talabi bilan yuz berdi. Natijada inflyatsiya o’sdi. Navbatdagi besh yillikda (1992—
1996 yillar) hukumat inflyatsiyani jilovlashga harakat qildi. Daromad soliqlari oshirildi, davlat 
xarajatlari kamaytirildi. 
Markazlashtirilgan tarzda o’rta va uzoq muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularda 
ishlab chiqarish topshiriqlari hamda bajarish muddatlarining belgilanishi, xo’jalik yuritishda 
bozor uslublarini qo’shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan 
mamlakatlar safiga qo’shilib, jahon tsivilizatsiyasida o’ziga xos munosib o’rin egallash imkonini 
berdi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling