Amaliy mashg‘ulot. Bozor iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli reja: Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar
Download 115 Kb.
|
38 Amaliy mashg‘ulot Bozor iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
- Davlatning faoliyat turi Bozor iqtisodiyotida davlatning funksiyalari
- Asosiy tayanch tushunchalar
- Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang
Amaliy mashg‘ulot. Bozor iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli REJA: 1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar 2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari 3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari №1. Topshiriq Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llari va usullari o‘rtasida to‘g‘ri munosabatni o‘rnating.
1) Bevosita 2) Bilvosita №2. Topshiriq Quyidagi keltirilgan ro‘yxatda davlat tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish moliyaviy- iqtisodiy dastaklarini ko‘rsating. Barcha to‘g‘ri javoblarni aniqlang.
№3. Topshiriq Davlat tomonidan majburiy bozor narxlaridan past narxlarni qo‘llash oqibatida nimalarga olib kelishini tahlil qiling. Misol keltiring. №4. Topshiriq Nima sababdan davlat iqtisodiyotga aralashishi lozim?
№5. Topshiriq Davlat jamiyatning iqtisodiy hayotida turli vazifalarni bajaradi. Quyidagi javoblarning qaysilarida davlat ijtimoiy ishlab chiqaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi?
№6. Topshiriq Davlatning iqtisodiyotdagi roli sifatida quyidagi fikrlar to‘g‘rimi? a) Bozor mexanizmi davlat ko‘magisiz mamlakatning mustahkam va samarali mudofaasini tashkil qila olmaydi. b) Davlat fundamental ilm-fanni moliyalashtiradi.
№7. Topshiriq Davlatning iqtisodiyotga bevosita ta’sir etish usullariga qaysi javoblar tegishli?
№8. Topshiriq Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning faoliyat turi va davlatning vazifalari o‘rtasida muvofiqlikni o‘rnating.
1) aholi ijtimoiy ta’minoti 2) ijtimoiy ishlab chiqarish № 9. Topshiriq Davlat quyidagi dastaklar orqali iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
№ 10. Topshiriq Asosiy tayanch tushunchalar 1. Iqtisodiyotni tartiblash 2. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 3. Milliy iqtisodiyot mustaqilligini ta’minlash 4. Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik nazariyasi 5. Iqtisodiyotni tartibga solishning keynscha modeli 6. Iqtisodiyotni tartibga solishning monetar modeli 7. Кouz teoremasi (couse teorem) 8. Ratsional kutish nazariyasi 9. Monetar qoida 10. Iqtisodiyotni tartiblashning bevosita usullari Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang: a) Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlash bozor bajara olmaydigan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirish; b) iqtisodiyot o‘zini-o‘zi bozor mexanizmi va bozor regulatorlari asosida tartibga soladi, ular yordamida mamlakatdagi resurslar to‘la ishga solinadi; c) iqtisodiyotni chet elga qaram bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, buning uchun chora-tad-birlar belgilash, milliy manfaatlarni himoya qilish; d) bozor o‘z-o‘zicha iqtisodiyotni samarali tartibga sola olmaydi, resurslardan to‘la foydalanishni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun davlatning iqtisodiyotga fiskal va pul-kredit siyosati orqali faol aralashuvi qo‘yilgan maqsadga erishish mumkinligi to‘g‘risidagi konsepsiya; e) makroiqtisodiy nisbatlarning bir-biriga mos holda rivojlanib borishi, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini bir-biriga bog‘liq holda muvozanatlashuviga erishish; f) monetarizm tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan. Unga ko‘ra muomaladagi pul massasi yiliga real YaIM o‘sishining potensial sur’ati darajasiga teng miqdorda o‘sishi kerak. Pul massasi barqaror 3-5% o‘sishi zarur; g) ijobiy yoki salbiy effektlar1 ta’sirida kelib chiqadigan muammolarning ma’lum bir qismini davlat aralashmay yechish mumkinligini e’tirof etuvchi konsepsiya. Unga muvofiq tashqi effektning ma’lum qismi manfaatdor tomonlar o‘rtasida ovoza qilinmaydigan «kishi bilmas» individual bitimlar orqali yechish mumkin bo‘lgan muammolardir; h) keynschilikka muqobil, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimum darajada muomaladagi pul miqdorini tartibga solish doirasidagina bo‘lishi zarurligini asoslovchi konsepsiya. Unga ko‘ra narx darajasi muomaladagi pul miqdoriga bog‘liq, shuning uchun monetar qoidaga rioya qilish kerak; i) gipoteza, unga muvofiq firmalar va uy xo‘jaliklari davlat pul-kredit va budjet siyosati orqali iqtisodiyotga ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi deya kutishadi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bu siyosatni samarasiz qilib qo‘yadigan turli chora-tadbir-lar qo‘llashadi; j) iqtisodiyotni davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuviga asoslangan vosita va dasturlar orqali tartibga solish. № 11. Topshiriq Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling