1. Quyidagilardan qaysi biri davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridanto‘g‘ri aralashuvini ifodalamaydi:
A.) amortizatsiya siyosatini yuritish;
B) huquqiy normativlar ishlab chiqish;
C) ma’muriy tartibga solish;
D) iqtisodiy sektorda faoliyat yuritish;
E) qonunlar qabul qilish.
3. «Monetar qoida»ga muvofiq:
A) davlat yalpi talab bilan yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashi kerak;
B.) davlat doimo real YaMMning potensial o‘sish sur’atiga mos ravishda pul taklifining o‘sish sur’atini qo‘llashi va u amal qilayotgan qonunchilikda o‘z ifodasini topishi kerak;
C) davlat budjetining xarajat va daromadlarini muvofiqlashtirishni ta’minlash kerak;
D) davlat naqd va naqd bo‘lmagan pullar o‘rtasidagi doimiy nisbatlarni ushlab turishi kerak;
E) davlat inflatsiyani nol darajada ushlab turishga mas’ul.
4. Sof ijtimoiy tovar-xizmatlar shunday tovarlarki,
A) ular faqat davlat tomonidan ishlab chiqariladi;
B) ulardan bir iste’molchi foydalanishi bilan boshqalar uchun kamayib qolmaydi;
C) iste’mol qilishni faqat bu tovarlarga pul to‘laganlar bilan cheklab bo‘lmaydi;
D) B va C javob to‘g‘ri:
E.) A va B javob to‘g‘ri.
5. Aralash ijtimoiy ne’matlar bu – …
A) raqobatbardoshligi past, ya’ni qo‘shimcha iste’molchi foydalanish bilan bu tovar boshqalar uchun kamayib qolmaydi;
B) iste’moldan istisno qilish mumkin, shuning uchun narx belgilash oson;
C) iste’moldan istisno qilish mumkin emas, ya’ni pul to‘lamaydiganlarni to‘laganlardan ajratish qiyin;
D) B va C javob to‘g‘ri.
E.) A va B javob to‘g‘ri.
6. Davlat qarzi nima:
A) davlatning xorijiy davlatlardan qarzi;
B) davlatning sof eksportdagi ulushining qisqarishi;
C) davlat budjetidagi taqchillikning o‘sishi;
D) davlatning o‘z fuqarolari, banklar, korxonalar, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan qarzi;
E.) yuqoridagilarning barchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |