Iqtisod moliya


iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

iste’molchilarning bog’lanishi, hamkorligini tashkil etish, tartibga solish, boshqarish tizimi 
tushuniladi. 
 Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub’ektlari bo’ladi. Ular jismoniy shaxslar 
yoki yuridik shaxslar vakolatini olganlar bo’lib, alohida kishidan tortib to ayrim olingan 
davlatlargacha bo’lishi mumkin. 
Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob’ektlari bo’ladi. Bozor ob’ektining 
xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Hozirgi 
payt-da rivojlangan mamlakatlarda 25 mingdan ortiq tovar va xizmatlar turi mavjud. 
Bozor aloqalari bevosita va bilvosita amalga oshadi. Bevosita bozor aloqasi yuz berganda 
tovar ishlab chiqaruvchi yoki uning vakili iste’molchi yoki xaridorning o’zi bilan to’g’ridan-
to’g’ri oldi-sotdi ishlarini olib boradi. Bunga asosan kichik korxona va firmalarni misol qilib 
olish mumkin. Chunki, ular etishtirgan mahsulot kam, tor doirada bo’lganligi uchun ham hech 
qanday vositasiz bozorda o’z tovarlarini sotishi mumkin. Yana shunday munosabatlar borki, biz 
uni bilvosita bozor aloqasi deb belgilaymiz. O’z-o’zidan ko’rinadiki, u aloqada sotuvchi bilan 
xaridor va ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida munosabatni tezlashtirish —yaxshilash, 
xarajatlarni kamaytirish maqsadida vositachi ahli maydonga keladi-da, ularning mushkulini 
osonlashtiradi. U qanday amalga oshadi? Bu savolga javob shuki, agarda men katta bir firma 
yoki ishlab chiqarishni tashkil etuvchisi bo’lsam men uchun o’sha etishtirgan mahsulotimni 
o’zim sotgandan ko’ra o’rtadagi vositachilarga arzonroq narxda sotganim afzal. Chunki, men 
tovarlarni qanchalik tez sotsam, undan tushgan pulni ishlab chiqarishga tezroq sarflab, yanada 
ko’proq foyda olishimni ko’zda tutgan bo’laman. Agar jahon tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, 
rivojlangan mamlakatlarning bozorida bilvosita bozor aloqalari ustundir. Chunki, bozor 
rivojlangan sari uning sir-asrorlarini bilish, oldi-berdi operatsiyasini o’tkazish maxsus 
tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. Bu ishlarni ixtisoslashgan tijorat firmalari, savdo-sotiq 
agentlari, broker, makler va dilerlar kabi vositachilar o’z zimmasiga oladi. Vositachilar ishlab 
chiqaruvchilarning vaqtlarini tejab, tovarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo’lgan 
harakatini tezlashtiradi. 
Ishlab chiqaruvchi uchun bozor hajmi muhim ko’rsatkich, chunki u bozorda tovarni 
sotilish miqdori bo’lib har bir tovarning narxiga bog’liq bo’ladi. Bozor hajmi nafaqat ishlab 
chiqarish miqyosiga, balki uning ixtisoslashuviga ham bog’liq. Ixtisoslashuv qanchalik 
chuqurlashsa mahsulotlarning tovarlik darajasi shunchalik oshadi, shunchalik ko’p tovarni 
bozorda ayirboshlash zarurati kelib chiqadi. 1996 yilda AQShning ichki bozor hajmi 7,4 trln 
dollarlik tovar muomalasi bilan ifodalangandi. Odatda, bozor hajmi yalpi milliy mahsulot 
hajmiga nisbatan to’g’ri proportsional o’zgaradi. 
Bozorning hajmi qay darajadaligini tovar oboroti ko’rsatadi. U avvalo tovarlar va 
xizmatlar hajmiga bog’liq. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling