Iqtisod moliya


Iqtisodiyotni tartibga solish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

3.Iqtisodiyotni tartibga solish. Bozordagi talab va takliflarning nisbati, elastikligi 
darajasiga ko’ra bozorda narx o’zgarishi orqali talab va taklif bir-biriga moslashtiriladi. Unga 
muvofiq ravishda barcha resurslar mikro miqyosdan, ya’ni firma korxonalardan tortib makro 
miqyos — mamlakat miqyosigacha taqsimlanadi. Bozor yordamida iqtisodiyotdagi asosiy 
nisbatlar belgilanadi. 
4.Nazorat qilish. Ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) na-qadar sifatli, iste’molchi 
talabiga javob bera olishini bozor aniqlaydi. Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni 
ham nazorat qilishda bozorning oldiga tushadigani yo’q. 
5.Rag’batlantirish. Bozor talab va taklif nisbati asosida belgilanadigan narxlar orqali 
taqchil, yaxshi... sifatli tovar ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, aksincha serob, yomon... sifatsiz 
yoki ortiqcha xarajat qilib tayyorlangan tovarlarni kasodga uchratib, ularni ishlab chiqarishni 
keskin kamaytiradi yoki to’xtatadi. 
6.Axborot berish. Qanday tovarni ishlab chiqarish zarurligi bozorda namoyon bo’ladi. U 
narx va talab elastikligida ifodalanadi hamda ular ishlab chiqaruvchilarga etkaziladi. 
7.Bozor sub’ektlarining manfaatlarini realizatsiya qilish ham aynan bozor orqali 
amalga oshiriladi. U qanday darajada amalga oshishiga ko’ra ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar 
tabaqalanishi yuz beradi. 
8.Bozor resurslarni tejashga, iqtisod qilishga undaydi. Bozor qilingan xarajatlarni 
naqadar o’rinli ekanligini aniqlaydi. Qilingan xarajatlarni qoplash zarurati harakatlarni 
pasaytirishga undaydi. Shuning uchun yangi texnika-texnologiyani qo’llaydi. Mehnatni tashkil 
etishning yangi samarali usullarini qidiradi. Xullas xarajatlarni kamaytirishni yangi yo’llarini 
topishga harakat qiladi. 
Bozorning vazifalari hammasi bir-biri bilan uzviy bog’liq hamda birgalikda amal qiladi. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling