Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

 
 
v) uzoq muddatli davr. Bunda firmalar bozordagi vaziyatga moslashishlari uchun vaqt 
etarli. Ayrim firmalar o’z quvvatini kengaytirishi, oshirishi, yangi firmalar tarmoq tarkibiga 
kirishi, ayrimlari chiqib ketishi mumkin. Misolimizdagi fermerimiz pomidor etishtirish uchun 
qo’shimcha er uchastkasi, mashina, uskuna va boshqalarni jalb qilib pomidor taklifini 
ko’paytiradi. Undan tashqari, boshqa fermerlar pomidor etishtirishni ko’paytiradi. U holda taklif 
yanada elastik bo’ladi.
 
 Uzok muddatli taklif davri Q 
Taklif elastikligiga vaqtdan tashqari tovarlarni u z o q s a q- l a sh mumkinligi hamda 
saqlash sarf-xarajatlari ta’sir qiladi. Uzoq muddat saqlab bo’lmaydigan tovarlarning taklif 
elastikligi past bo’ladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanmagan qishloq xo’jalik 
mahsulotlari. 
I sh l a b ch i q a r i sh j a r a yo n i x u s u s i ya t l a r i ham katta rol o’ynaydi. Agar 
korxona, firma, umuman tovar ishlab chiqaruvchilar narx ko’tarilishi bilan shu turdagi xaridorgir 
mollarni ishlab chiqarishni ko’paytirish, narx tushib ketsa boshqa mahsulot ishlab chiqarish 
imkoniyatiga ega bo’lsa, tovarlar taklifi elastik bo’ladi. Masalan, kostyum-shim deylik. Talab 
oshsa korxonada qo’shimcha ish smenasi tashkil etib, kostyum-shim tikishni ko’paytirish 
mumkin yoki aksincha. 
Taklif elastikligi ahamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. 
Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday 
o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi ham muhim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol 
o’ynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga hamma o’rganib bo’lgach, uzoq 
muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va 
taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning 
o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu bog’lanish talab va taklif qonunida 
ifodalanadi. 
Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi: 
— u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish rag’batlantiriladi; 
— mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab 
chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi; 
— tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi; 
— talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jihatidan ham bir-biriga 
moslashtiradi. 
Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning bog’lanishi 
narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muhim 
talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy o’sish yuz beradi. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling