Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Xulosa 
 
*Bozor iqtisodiyotida talab va taklif asosiy, fundamental kategoriya. Bozordagi talab va 
taklif va uning nisbatiga ko’ra resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. 
Talab xaridorning bozordagi narga ko’ra tovarni xarid qilishga tayyorligi, uning ehtiyojini 
pul Bilan ta’minlangan holda bozorda namoyon bo’lishidir. Taklif esa muayyan narx darajasida 
tovarni sotish uchun bozorga chiqarilishidir. 
*Talab va taklif qonuni – bozor qonuni. Unga muvofiq talab narxga teskari 
mutanosiblikda, taklif esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. Talab va taklif o’zgarishiga juda 
ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularni ikkiga narx va narxdan boshqa omillarga ajratiladi.
*Talab va taklif qonuni talab va taklifni narx o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgarishini 
ko’rsatadi, lekin qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. Bu vazifani talab va taklif elastikligi 
ko’rsatkichlari bajaradi va elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Bu koeffitsient 1dan katta 
bo’lsa,talab va taklif elastik, 1ga teng bo’lsa yagona elastik, birdan kichik bo’lsa nolastik bo’ladi. 
Elastiklik koeffitsienti narxga nisbatan hisoblangandan tashqari daromadga qarab ham 
aniqlanadi.Undan tashqari bilvosita talab koeffitsienti ham hisoblanadi.Bunda biz tovarlarni 
mustaqil tovarlar, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini to’ldiruvchi tovarlarga bo’lib 
o’rganamiz.
*Elastiklik koeffitsientini aniqlash iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra 
firma, uy xo’jaligi, davlat narxni o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq 
ravishda chora-tadbirlar belgilaydi.
*Talab xaridor uchun tovarning qadr-qimmatini ham belgilaydi. Bunda har bir xaridor 
o’zi tovarning nafliligini uning narxi bilan taqqoslaydi. Naflilik har bir xaridor uchun sub’ektiv 
bo’lib, unga ko’ra xaridor tanlovi amalga oshadi. U nimani afzal ko’rsa shuni sotib oladi. 
Iqtisodiyotda me’yoriy naflilik qonuni amal qiladiki, uning amal qilishiga ko’ra xaridorning 
ehtiyoji qondirilgani sari uning uchun ko’shimcha tovarning nafliligi pasayib boradi. Demak 
bozorni o’rgangan holda chora-tadbirlar elgilash talab qilinadi. 
*Bozorda talab va taklif muvozanati asosida tovar va xizmaitlarning narxi belgilanadi. 
Alohida tovar-xizmatlarga bo’lgan talab va taklif muvozanati juz’iy muvozanat, bozordagi 
barcha tovar, xizmatlar tarkibi va miqdori jihatidan talab va taklifni bir-biriga muvofiq kelishi 
bozor muvozanatini ifodalaydi.


*Bozor muvozanati mutloq va abadiy emas, u o’zgarib turadi. Bozorda dinamik 
muvozanatga: narxlar o’zgarishi, talab va taklif nisbatini o’zgarishi, raqobat kurashi orqali 
erishiladi. Bozorda muvozanatning
davomiyligi sotuvchi uchun xam xaridor uchun ham ayni muddao. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling