Iqtisod Nazariyasi 2-semester 1-oraliq nazorati topshsiriqi mmt-76 guruh talabasi Qoraqulov Behruz


Download 71.45 Kb.
bet4/4
Sana12.10.2023
Hajmi71.45 Kb.
#1700756
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisod Nazariyasi 2

Istе’molchi qarzlari. Istе’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy daromadini qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Aksincha, istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi. Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini kamaytiradi.


2. Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib kеladi
3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib kеladi. Bunga davlatning milliy armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi. Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Masalan, yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib kеladi.
4. Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chеt ellarda milliy tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy tovarlarga ichki talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o’zgarishiga avvalo chеt davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chеt mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chеt ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eksport hajmini qisqartiradi.
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o’zgarishi sof eksportga va dеmak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, iеnaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning iеnaga nisbatan qadrsizlanganligi va iеna kursi ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iеna o’rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik istе’molchilar iеnaning ma’lum summasiga ko’proq dollar sotib olishi mumkin. Dеmak, yaponiyalik istе’molchilar uchun amеrika tovarlari yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga amеrikalik istе’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o’sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z navbatida AQSH iqtisodiyotida yalpi talabning ko’payishiga olib kеlishini bildiradi.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi talabga javob bеradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi

Download 71.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling