Iqtisodiy samaradorligini belgilaydigan asosiy sifat kursatgichlaridan


AEROPORTNING TURLI VAZIYATLARGA MO‘LJALLANGAN REJASI


Download 317.77 Kb.
bet4/11
Sana02.05.2023
Hajmi317.77 Kb.
#1421015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xalikov

AEROPORTNING TURLI VAZIYATLARGA MO‘LJALLANGAN REJASI
Aerodromga yaqin hudud ichida xavfsiz manyovrlarni va yo‘lovchilarni shaharlar va aeroport orasida qulay tashish-aloqalarini ta’minlash, eltuvchi avtomobil va temir yo‘llar, asosiy muxandislik kommunikatsiyalarini loyihalash maqsadida, shuningdek, aeroportni kelajakda rivojlantirish uchun hududni zaxira qilib qo‘yish maqsadida aeroportning bosh rejasi joyning turli vaziyatlarga mo‘ljallangan rejasi asosida hal etiladi.
Aeroportning turli vaziyatlarga mo‘ljallangan rejasi 1:200000 masshtabda ishlab chiqiladi. Unga quyidagilar qayd etiladi: aeroport rayonidagi joyning vaziyati (ajratilgan hudud chegaralari, relef, o‘simliklar, qishloq xo‘jalik er-mulklari, alohida turadigan inshootlar va ularning balandligi, mavjud avtomobil va temir yo‘llari, elektr uzatish liniyalari va b.); uchish tasmasi va texnik xizmat ko‘rsatish hududi chegaralari; aerodrom yaqinidagi hududning, havodan kelib qo‘nadigan yo‘llarning chegaralari, havoda xarakatlanishni boshqarish, radionavigatsiiya va qo‘nish ob’ektlari, loyihalangan avtomobil va temir yo‘llar va ularning boshqa yo‘llarga tutashadigan joylari, mavjud va loyihalanayotgan suv olish va chiqarish inshootlari, oqova suvlar chiqarib yuboriladigan, tozalash inshootlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya joylari, eelektr ta’minoti inshootlari, issiqlik va gaz ta’minoti trassalari, elektr uzatish liniyalari joylashgan joylar, himoya-sanitariya zonalari, aeroportni rivojlanishi uchun uning zaxira hududlari.
Turli vaziyatlarga mo‘ljallangan reja aeroportning barcha tashkil etuvchi elementlarining mavjud hudud va havodan kelib qo‘nadigan yo‘llarga nisbatan joylashuvini aniqlaydi. Bunday rejaga asosiy SUQTning joylashishi yo‘nalishini aniqlaydigan, shamollar yo‘nalishini ko‘rsatadigan sxema kiritiladi. Aeroportning turli vaziyatlarga mo‘ljallangan sxemasi namunasi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Aeroportning vaziyatlar rejasi.
1-loyihalanayotgan elektr uzatish liniyasi (EUL), 2-uzoq masofalarga mo‘ljallangan radionavigatsiya qurilmalari, 3-kaBel orqali o‘tkazilgan EUL, 4-avtomobil yo‘li, 5-yaqin masofalarga mo‘ljallangan radinavigatsiya qurilmalari, 6temir yo‘l, 7-aerodrom, 8-texnik xizmat ko‘rsatish hududi, 9-zavod quvuri (to‘siq), 10havodan keli qo‘nadigan yo‘llar rejasi, 11-joyning gorizontal chizig‘i vaBalandligi, 12o‘rmon xududi, 13-Butazor, 14-turar joy hududi. Turli vaziyatlarga mo‘ljallangan reja sxemasi kurs ishining variantiBo‘yicha ishlaB chiqilsin, aeroportning joylashishi Bo‘yicha xulosa chiqarish.

Download 317.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling