Iqtisodiy tahlil va audit


Download 131.22 Kb.
bet2/12
Sana21.06.2023
Hajmi131.22 Kb.
#1643498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Davlat byudjeti

  • davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag'larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub'ektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o'zaro bog'langan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.

2. Davlat byudjetining daromadlari

  • Davlat byudjetining daromadlari o'z manbalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
  • soliqli daromadlar;
  • soliqsiz daromadlar;
  • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o'tkaziladigan pul mablag'lari.

Soliqli daromlar

  • Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig'imlari, mahalliy soliqlar va yig'imlar, bojxona bojlari, boj yig'imlari va boshqa boj to'lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.

Soliqsiz daromadlar

  • davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
  • byudjet tashkilotlari tomonidan ko'rsatilgan to'lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig'imlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq to'langan soliq va yig'imlardan so'ng);
  • fuqarolik-huquqiy, ma'muriy va jinoiy choralarni qo'llash natijasida olingan mablag'lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to'lashlar va davlat sub'ektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo'yicha olingan mablag'lar hamda majburiy undirilgan boshqa mablag'lar;
  • moliyaviy yordam ko'rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari);
  • boshqa soliqsiz daromadlar.

Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiyalanadi:

  • 1. To'g'ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to'lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar;
  • yagona soliq to'lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) Davlat byudjetiga ajratmalar;
  • jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat'iy soliqlar kiradi.

Download 131.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling