Ишнинг умумий тавсифи
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB
QISQA XULOSALAR
1. Mirtemir she’riyati uchun grammatik takrorning tashobehul-atrof, halqa, tardi aks, misra va band takrori kabi turlari xarakterli bo‘lib, shoir bu kabi takror usullaridan unumli foydalangan. 2. Shoir Mirtemir badiiy takrorning tashobehul-atrof usulini keng qo‘llagan bo‘lib, uning asosini she’riy misrada so‘z va so‘z birikmasi takrori tashkil qilgan. Shoir she’rlarida bu usul misra va bandlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yuzaga keltirgan. 3. Mirtemir she’rlarida halqa takrori ko‘p uchraydi. Halqa takrorida she’r boshida kelgan misra yoki band she’r oxirida takrorlanadi va matnda halqa hosil qiladi. Bu usul Mirtemir she’rlarida mohirlik bilan qo‘llangan hamda ma’lum uslubiy vazifa bajargan, ya’ni she’rning umumiy g‘oyasini bir butunlik tarzida o‘rab, mantiqiy yaxlitlikni ta’minlagan. Bu birinchi takror misraning o‘zidan oldingi misralarni o‘ziga tortishi, jalb qilishi, o‘zidan oldingi misralar ma’nosining umumlashmasi, hosilasi tarzida namoyon bo‘lgan. 4. Shoir she’rlarining ta’sirchanligi va emotsionalligini ta’minlash maqsadida tardi aks san’ati takroridan ham unumli foydalangan. Takrorning misra va band holidagi qaytarilishi Mirtemir she’rlarida ko‘p uchraydi. Bizning kuzatishimiz tadqiqqa tortilgan she’rlarda ushbu usulning 13 dan ortiq ko‘rinishi mavjudligini ko‘rsatdi va ular she’riy misralarga ta’sirchanlik, fikran qat’iylik, mantiqiy urg‘u bergan. Shoir fikrining mazmuniy o‘zagini ta’kidlashga xizmat qilgan. 5. Adib she’rlaridagi misra va band takrori takrorning boshqa turlaridan matnda qat’iy qo‘llanish o‘rniga egaligi, asar g‘oyasini o‘zida mujassam etishi bilan farqlanib turadi. 6. Mirtemir she’rlaridagi badiiy takrorlarni tadqiq qilish shuni ko‘rsatdiki, shoir she’rlarida sintaktik takror usuli ko‘proq bo‘lib, u asar mazmun va g‘oyasining o‘quvchi ongiga talab darajasida yetib borishiga xizmat qilgan. III BOBMIRTEMIR ShE’RIYaTIDA LEKSIK VA LEKSIK-SINTAKTIK TAKRORLARTakrorning barcha turlari, ko‘rinishlari singari leksik takrorlar ham o‘z ifoda shakliga va tasvir usuliga ega. Badiiy matnda, xususan, poetik nutqda leksik birliklar turli shakllarda namoyon bo‘ladi va fikr talabiga ko‘ra xilma-xil vazifalarni ado etadi. U.To‘ychiev so‘z takrorini she’r tuzilishi elementi sifatida talqin qilib, shunday yozadi: “Vazn, qofiya va band she’r tuzilishining doimo ishlatiladigan elementidir. She’r tuzilishining ba’zan ishlatiladigan elementlari ham bor, ular so‘z takrorlari va tajnis (omonim)dir. Demak, she’r tuzilishi elementlari beshta, ular: vazn, qofiya, band, so‘z takrori va tajnisdir”1. “Lug‘aviy birliklar badiiy tasvirning muhim vositasidir. Ammo ularning badiiy matnda qo‘llanish darajasi, badiiylikni ifodalash imkoniyatlari turli-tuman”2. Ayniqsa, poetik nutqda leksik takrorlar turli shakllarda badiiy-uslubiy vazifa bajarishga xizmat qiladi. Mirtemir she’riyatining jozibasi va o‘ziga xosligi ham shoirning tildan foydalanish mahoratida yorqin ko‘rinadi. Ruvim Moranning yozishicha: “Mirtemir she’rlarining go‘zalligi, ohanrabosi uning betakror tilida. Mirtemir eng sodda fikrlarni ifodalash uchun ona tili xazinasidan yagona, ohorli so‘zlar topa oldi”3. Bunday so‘zlar shoir she’riyatida badiiy tasviriy vositalar orqali o‘ziga xos jilolandi. Ayniqsa, shoir she’rlaridagi badiiy takrorlar vositasida fikr teranroq ifodalangan, she’r g‘oyasi va shakli o‘rtasidagi mutanosiblik ta’minlangan. Ifodalanayotgan tushunchalar takror so‘zlar vositasida obrazli qiyofa aks etgan va she’rdagi ohangdorlik ta’minlanishiga xizmat qilgan hamda musiqiylik o‘zgacha namoyon bo‘lgan. Takror birliklar she’r ta’sirchanligini ta’minlagan. Bunday ta’sirchanlik shoir she’rlarida anafora, mukarrar, takrir, epifora takrorlari vositasida namoyon bo‘lgan. Ayniqsa, anafora Mirtemir she’riyatida eng ko‘p qo‘llangan takror bo‘lib, bunda misralar boshidagi takrorlar muayyan uslubiy vazifa bajarishga xizmat qilgan. Bunday takrorlarda, asosan, so‘zlar vositasida ifodaviylik o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘lgan. Takrorning bu kabi shakllarida faqat leksik birlik takrorlanmasdan, o‘rni bilan sintaktik birliklarning takrorlanishi ham kuzatiladi. Bu holat Mirtemir she’riyati uchun ham xos xususiyatdir. Aslida takror birliklarning barchasida, ya’ni tovushdan to gap yoki matn shaklidagi yirik til birliklarida ham o‘zaro mazmuniy, ma’noviy uyg‘unlik mavjud bo‘ladi. Shu ma’noda leksik birlik sifatida tahlil etayotganimiz anafora, takrir, epifora kabilarda so‘z birikmalarining takrorlanishini ham uchratamiz. Shu sababli bunday takrorlarni leksik va leksik-sintaktik takror shaklida o‘rganishni lozim topdik. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling