Ишнинг умумий тавсифи
Qo‘shoq-qo‘shoq, qator-qator
Download 0.93 Mb.
|
2 5474308213891409179
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘-tog‘
Qo‘shoq-qo‘shoq, qator-qator.
Yondosh turib, jondosh turib, Yangrataylik: alyor! Alyor! (II. 329) Shoirning “Yorti asr qo‘shiqlaridan” she’rida takroriy so‘zlar shakliy va ma’noviy takrorlarni yuzaga keltirgan: Butun edim, Nochor bo‘ldim parcha-parcha, bo‘lak-bo‘lak. Durkun edim, Yuray desam na yo‘l qoldi, na-da yo‘lak. Sal qoldiki, Unut bo‘lsa mo‘l-ko‘lligim, o‘z chekligim, Sal qoldiki, Unut bo‘lsa o‘z-yo‘lligim, o‘z bekligim. (II. 287-288) Bandda qo‘llangan parcha-parcha, bo‘lak-bo‘lak so‘zlari sinonim takroriy so‘zlardir. She’rda lirik qahramonning kechagi kuni – o‘tmishidan norozi kayfiyati ifodalangan. Takroriy so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Bu inson qalbining “parcha-parcha” bo‘lishidan iborat. Bandning Nochor bo‘ldim parcha-parcha birikmasida parcha so‘zining takroriy qo‘llanishi natijasida ko‘plik ma’nosi ifodalangan. Bu takroriy so‘z ma’nosi majoziy ma’no bo‘lib, qalbning parchalanishiga ishora qilgan. Ushbu takroriy so‘z sinonim shaklining (bo‘lak-bo‘lak) yonma-yon kelishi uslubiy ma’no hosil qilgan, takroriy parcha-parcha so‘zi orqali ifodalangan ma’noning ta’sirchanligini oshirgan. Misraning turli o‘rinlarida takroriy so‘z qo‘llanib, uslubiy vazifa bajarishi “Cho‘l kechasi” she’rida quyidagicha namoyon bo‘lgan: Shunday kun keladi, uqdim chiroqdan, Qaldiroqday dovruq, bong taralgusi, Tog‘-tog‘ xirmonlarni lak-lak chanoqdan Faqat shu kemalar yig‘ib olgusi! (II. 62) Ko‘rinadiki, bir misrada ikki xil shakldagi takroriy so‘z qo‘llanib, bir-birining ma’nosini to‘ldirib kelgan. She’rdagi bunday takrorlar ma’noni ta’kidlab, yuz minglab chanoqlardan terilgan paxtadan tog‘day xirmonlar yaratilganiga ishora. Ushbu misralarda optimizm mavjud. Ma’lumki, paxtani qo‘lda terish mashaqqatli, og‘ir mehnat. Shoir mana shular haqida qayg‘uradi hamda mehnatni kelajakda texnika bajarishi mumkinligiga komil ishonch hosil qiladi. Demak, bu o‘rinda tog‘-tog‘ xirmon, lak-lak chanoq birikmalari, bir tomondan, mo‘l hosilni anglatsa, ikkinchi tomondan, kishilarning og‘ir mehnatiga sababchi bo‘luvchi ramziy obrazdir. “Qush” she’ridan olingan quyidagi bandning ikkinchi misrasidagi takroriy so‘zlar tabiatning bir holati – peyzajni real qilib tasvirlashga imkon bergan: Tong chog‘i turgan edim – odatim shunaqaroq, Oq bulut pag‘a-pag‘a, oq bulut baroq-baroq, Yog‘oloqmas shekilli. Yog‘adigan o‘xshamas, Sovur salqinida ham osmon nechun bo‘shamas. (II. 311) Banddagi takroriy sifatlar (pag‘a-pag‘a, baroq-baroq) osmon bulut bilan qoplanganini, bulutlar harakati va shaklining bahor faslida o‘zgacha, beqiyos ko‘rinishga ega bo‘lishini tasviriy ifodalagan. Shu bilan birga, bir misrada ikki marotaba takroriy so‘zning qo‘llanishi diqqatni bevosita shu misraga tortadi. Misrada oq bulut birikmasining takrori ham yuzaga kelgan. Bu birikmaning takror qo‘llanishi ham takroriy so‘zlar ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Bandda tabiatning tong paytidagi tasviri ifodalangan. Bu she’rning dastlabki bandi bo‘lib, she’rning keyingi bandlarida voqea rivojlangan. Shu tasvirdan kelib chiqqan holda voqelik ta’sirchan bir tus olgan. 2. Mirtemir she’riyatida takroriy so‘zlarning band doirasidagi takrori turli shakl va ko‘rinishga ega. Bunda, asosan, ketma-ket ikki misra doirasida yuzaga kelgan takrorlarning ko‘proq qo‘llanishi kuzatiladi. Bunday takrorlarda bir xil takroriy so‘z qaytarilib, takror hosil qilishi hamda turli takroriy so‘zning qo‘llanishi asosida mukarrar takrori hosil qilishi mavjud. Ular quyidagi shakllarda qo‘llanib, ma’lum uslubiy vazifa bajarishga xizmat qilgan. Bandning ketma-ket ikki misrasi boshida takrorning kelishi: Bu usul “Tun”, “Bobojon...”, “Ang‘iz”, “Yulduz”, “Baxt qo‘shig‘i”, “Ko‘l bo‘yida”, “Shudring”, “Yodgor” kabi she’rlarda, shuningdek, “Suv qizi” dostonida mavjud. Jumladan, “Tun” she’rida bunday takrorlar quyidagicha ifodalangan: Tun beun jilmakda go‘yo sizot suv Na chumchuq chirillar, na ko‘kda qiy-chuv. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling