O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA YO’NALISHI
GEOMORFOLOGIYA FANIDAN
AMALIY ISH
MAVZU: FLYUVIAL JARAYONLAR CHIZMALARINI CHIZISH
BAJARDI: MAMARAYIMOV U.
QABUL QILDI: HAKIMOV K.
NAVOIY 2020
Flyuvial jarayonlar hosil qilgan relyef shakllari ikki guruhga bo‘lanadi. Birinchisi, vaqtinchalik oqar suvlar hosil qilgan relyef shakllari bo‘lsa, ikkinchisi, doimiy oqar suvlar hosil qilgan relyef shakllaridir.
Vaqtincha oqar suvlar oqimlari (soylar) hosil qilgan relyef shakllariga mavsumiy daryolar, ya’ni bahor faslida to‘lib-toshib oqadigan, yozda qurib qoladigan daryo (soy)larni tushunamiz. Arid iqlimli o‘lkalar uchun xos bo‘lgan bu daryolarning havzasini uchta geomorfologik zonaga bo‘lish mumkin. 1. Suv yig‘ilish voronkasi. 2. Oqim kanali. 3. Yoyilmasi.
Suv yig‘ilish voronkasida kichik o‘yiq jo‘yaklar, jarlar, vodiy yuqori darajali kichik irmoq havzalari tarkib topadi. O‘zanning bo‘ylama kesmasi tog‘li o‘lkalarda ancha tik bo‘lsa, past tog‘ va qir-adir mintaqasida biroz yassilanadi. Soylarning manbai qismida ko‘p holatlarda (agar cho‘kindi jinslar bilan tuzilgan bo‘lsa) o‘yiq joylar, jo‘yaklar va jarlar uchraydi. Suv ayirg‘ich yassi bo‘lsa, suv oqimi quyidagi bosqichlarni o‘z boshidan kechiradi: sidirg‘asiga qoplama oqim, juda mayda o‘yiqchalar, kichik jo‘yakchalar, jarlar, irmoq yoki mustaqil soy vodiysi, havza. Mayda o‘yiqchalar va kichik jo‘yakchalarda mustaqil o‘zan bo‘lmaydi. Chunki ular denudatsiya natijasida tekislanib ketishi ham mumkin. Jarlar – soylarning birinchi bosqichi. Shu bois ularda turg‘un o‘zanlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |