Mavzu: flyuvial jarayonlar chizmalarini chizish bajardi: mamarayimov u. Qabul qildi: hakimov k
Download 0.66 Mb.
|
geomorfologiya flyuvial jarayonlar.
Vaqtincha oqar daryolarning vodiysi geografik o‘rni, tog‘ jinslari va qaysi relyef shakli hamda iqlim mintaqasida joylashganligiga bog‘liq holda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Arid iqlimli o‘lkalarning tekisligi yassi, tog‘orasimon ko‘rinishda bo‘lib, ko‘pincha ikkilamchi jarliklar vodiyning tag qismida tarkib topadi. Masalan, Toshkent shahridan oqib o‘tadigan Qoraqamish kanalining vodiysidan ko‘ndalang kesma o‘tkazsak, vodiy yassi shaklida, lekin tag qismi jarlar bilan qiymalangan, o‘zan 10-15 m chuqurlikdagi va kengligi 30-100 m atrofida bo‘lgan “kanyon”dan oqadi.
Oqim kanali geomorfologik zonasi havzaning eng qisqa va eng tor joyi. Odatda, bu yerda irmoqlar bo‘lmaydi hisobi. Vodiy yonbag‘irlari tik bo‘lib, suv toshqin paytlari ana shu “kanal”dan shiddat bilan kuchli tezlikda oqib chiqadi. Sel hodisasi deb ataladigan bu oqim o‘zi bilan katta-kichik xarsang toshlar, qum loyqalarni aralash-quralash holatda oqizib ketadi. Ba’zan daraxt, binolar qoldig‘i, ko‘prik parchalari bilan yoyilmaga chiqishi bilan oqim tezligi kamaya boradi va qorishma tarzidagi yotqiziqlarni to‘shaydi. Yoyilmadagi yotqiziqlar qonuniy to‘shaladi. Yoyilmaning tepa qismi (oqim kanaliga tutash joylari) yirik xarsangtoshlar uyumi bilan qoplangan bo‘lsa, yoyilmaning chekkasi tomon qiyalik yassilanib shag‘altoshlar maydalashib boradi-da, qum va loyqa jinslar bilan tugaydi. Bir nechta soylarning yoyilmalari bir-biriga ulanib, tog‘ etagidagi (yoki tog‘oldi) tekisliklarini barpo etadi. Ular kelib chiqishiga ko‘ra, prolyuvial tekislik deb ataladi.
Jar, asosan, yumshoq jinslar (lyoss, lyossimon qumoq)dan tuzilgan baland tekisliklarda, tog‘ etagi qiyaliklarida ko‘p uchraydi. Jarlarning paydo bo‘lishi va yanada o‘sishiga tabiiy omillar ham, insonning xo‘jalik faoliyati ham sabab bo‘ladi. Tabiiy omillarga quyidagilar kiradi: 1) balandlik relyefi, buning natajasida suv oqimining qiyaligi va kuchi ortadi; 2) yozgi yomg‘irlarning jala tarzida yog‘ishi va qorning bahorda jadal erishi. Buning natijasida kuchli suv oqimlari vujudga kelib, o‘yiqlarni yanada kuchli chuqurlashtiradi; 3) joylarning oson yuviluvchi, ayni vaqtda, tik jarlik hosil qiluvchi tog‘ jinslaridan (lyosslar va lyossimon qumoqlardan) tarkib topganligi. Sun’iy omillarga quyidagilar kiradi: 1) oqova va tashlama suvni oqizib qo‘yish; 2) o‘rmonlarni kesib yuborish, 3) agrotexnika qoidalariga xilof Yer haydash, 4) tartibsiz mol boqish natijasida ham vujudga keladi. Jarning uzunligi bir nechta o‘n km. gacha, kengligi va chuqurligi bir nechta o‘n m gacha bo‘ladi. Jarlar, odatda, yuqori qismining o‘yilishi hisobiga o‘sadi, tagi Yer osti suviga yetgandan keyin chuqurlashishdan to‘xtaydi. Denudatsiya jarayonlari kuchayib, jar yonbag‘rining tikligi kamaya boradi. Jar balkaga ‒ yassi jarga aylanadi. Jarlar O‘rta Osiyoda (Farg‘ona vodiysi), Volgabo‘yining o‘rmon-dasht va dasht zonalarida, Xitoyning lyossli viloyatlarida, AQSH va tropik mamlakatlarda ko‘proq tarqalgan. Ular ekinzorlarni parchalab katta zarar keltiradi. Jar ko‘payib ketmasligi uchun daraxtlar o‘tqaziladi, to‘g‘on va to‘siqlar, tarnovlar, suv omborlari quriladi. Doimiy oqar suv oqimlari (daryolar) hosil qilgan relyef shakl-lariga: o‘zan, qayir, daryo terrasalari, yonbag‘ir, vodiy, suvayirg‘ich, delta, allyuvial va allyuvial-prolyuvial tekislik va boshqalarni misol qilish mumkin. Daryo o‘zani deganda, uning eng past, suv oqib turadigan qismi tushuniladi. Katta daryolar o‘zanining eni yuzlab metrdan bir nechta km. gacha yetishi mumkin. Tog‘larda o‘zan ko‘pincha to‘g‘ri, qirg‘oqlari tik, tekisliklarda esa ilon izi shaklida bo‘ladi. O‘zanlarda doimo suv oqimi bo‘lmasligi ham mumkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling