14-modul. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash 26-mavzu. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash usullari ma’ruza rejasi


Download 0.51 Mb.
bet1/6
Sana06.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1170306
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-26




14-modul. ZAMIN GRUNTLARINI SUN’IY MUSTAHKAMLASH


26-mavzu. ZAMIN GRUNTLARINI SUN’IY MUSTAHKAMLASH USULLARI
Ma’ruza rejasi:

    1. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash usullari.

    2. Bo‘sh gruntlarni almashtirish.

    3. Gruntlarni zichlash usullari. Gruntlarning qurilish xususiyatlarini yaxshilash.

    4. Gruntlarni qotirish usullari. Gruntli yostiqlar va bo‘sh zaminlarni armirlash.

26.5. O‘ta cho‘kuvchan gruntlardagi poydevorlar. Lyossli gruntlarning cho'kuvchanligi. Gruntlarning o‘ta cho‘kuvchanlik ko‘rsatkichlari. Lyossli cho’kuvchan gruntlarining asosiy xususiyatlari.
26.6. Maydonning gruntli sharoitlari turlari. Lyossli gruntlarning cho'kuvchanlik xususiyatlarini yo'qotish.
26.7. O‘ta cho‘kuvchan gruntlarda poydevor barpo etish.


Tayanch so`zlar va iboralar: bo`sh grunt, zichlaish, gruntni sun’iy qotirish, gruntlarni shibbalash, gruntli yostiqlar, o‘ta cho‘kuvchan gruntlar, lyossli gruntlar, cho‘kuvchanlik ko‘rsatkichlari.



    1. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash usullari

Poydevorning asos o‘lchamlari gruntning hisobiy qarshiligiga javob bermagan taqdirda, ularning asosiy o‘lchamlarini poydevorni kengaytirish (qo‘yilish chuqurligini oshirish) yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Biroq yana boshqa yo‘li ham bor: poydevor o‘lchamlarini oshirish o‘rniga bo‘sh gruntni biror qurilish tadbir choralariki kullab uning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish va mustahkam grunt bilan almashtirish mumkin.
Gruntlarni sun’iy mustahkamlash usullarining hammasi 3 guruhga bo‘linadi:
a) bo`sh gruntlarni ancha mustahkam gruntlar bilan almashtirish;
b) gruntlarni shibbalash (zichlaish);
v) gruntni sun’iy qotirish.



    1. Bo‘sh gruntlarni almashtirish

Bo‘sh gruntlarga poydevor qurishda uning tag yuzasi ostidagi bo‘sh grunt olib tashlanib, o`rtacha va yirik donli qum to`ldiriladi. Qum to‘shama quyidagi usul bilan to‘ldiriladi: 20sm qalinlikda qum to`shalib, suv sepilgach, maxsus gurzilar yoki titratkichlar yordamida shibbalanadi.
(26.1)
bunda d - qum to‘shama qalinligi;
N - zaminga o‘zatiluvchi yuk
b - poydevor kengligi, m;
- qumning ichki ishqalanish burchagi;
n - yostiqning bikirlik burchagi.
Ba’zan yostiqning enini qisqartirish maksadida uning atrofiga sun’iy to`shama qilinadi. Uning vazifasi yostiqdan gruntning yon tomonga siljishiga yo‘l qo‘ymay, uni cho`kish qiymatini kamaytirishdan iborat (26.1-rasm).

26.1-rasm. Qumli yostiqning hisobiy chizmasi:
-bosimning tarqalish burchagi, 30…40o ga teng




    1. Download 0.51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling