14-modul. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash 26-mavzu. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash usullari ma’ruza rejasi
Download 0.51 Mb.
|
Ma\'ruza-26
26.7. O‘ta cho‘kuvchan gruntlarda poydevor barpo etish
Agar yuqoridagi hisoblar natijasida aniklangan o‘ta cho‘quvchanlik qiymati loyhadagi inshoot turg`unligiga zararli ta’sir ko`rsatsa, maxsus tadbirlar qo`llash tavsiya etiladi. Bu tadbirlar o‘ta chukishning turiga bog`liq bo‘lib, suv ta’siridan himoyalash, o‘ta cho‘quvchanlikni yo‘qotish, maxsus qurilmalar qo‘llash va hakozolarga bo‘linadi. I turga xos o‘ta cho‘quvchan gruntlarning qalinligi 5-6 metrdan oshmasa, quyidagi chora-tadbirlar qo‘llash tavsiya etiladi: a) mahalliy gruntlarni zichlash orqali poydevor osti yostiqg`ini o‘rnatish; b) gurzilar yordamida zichlash. Bu usul amalda keng qo‘llaniladi. Agar 5-6 metrli o‘ta cho‘quvchan qatlamdan 1-2 metr poydevor uchun quvur qazilgan bo`lsa, qolgan 3-4 metri gurzi yordamida mo`ljallangan qiymatgacha zichlashtiriladi. v) o‘ta cho‘quvchan qatlamni kesib o`tuvchi ustun qoziqlar qo‘llash; g) portlashtish yordamida gruntni o‘ta cho‘quvchanlik xususiyatini yo‘qotish. Bunda suv osti portlatish usullari, ko`pincha qo`l keladi. II turdagi o‘ta cho‘quvchan gruntlarda quyidai tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi: a) agar o‘ta cho‘quvchan qatlam qalinligi chuqur bo‘lmasa, uni butunlay kesib o‘tuvchi qoziq qo‘llash; b) aralash usullar yordamida grunt qatlamini zichlash; v) suyultirilgan shisha (silikat) yordamida qotiriladi; g) issiqlik ta’sirida qotiriladi. O‘ta cho‘quvchanlikni kamaytirish yoki uni butunlay bartaraf etish tadbirini tanlashda ularning bir necha turlarini texnik-iqtisodiy nuqtai nazardan taqqoslab yakuniy to`xtamga kelinadi, shuningdek mazkur masalani xal etishda inshoot zaminini suvdan himoyalash va maxsus qurilmalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Inshoot atrofida suvdan himoya qiluvchi yo‘lkalar o‘rnatiladi. Ular poydevor chuqurligi chegarasidan 0,5 metr yenliroq bo‘lib, imoratdan 0,03 qyalik ostida joylashtiriladi. Bunday yo‘lkalarning eni 1,2 metrdan kam bo`lmasligi kerak. Inshoot zaminlarining ba’zan kutilmagan holatlarida namlanish natijasida yuz beruvchi o‘ta cho`kishdan himoyalash maqsadida qurilmalarda ham tadbirlar belgilanadi. Masalan, murakkab shakldagi binolarni cho`kma yoriqlap yordamida oddiy shakldagi alohida mustahkam bo`laklarga bo‘lish yuk ko‘taruvchi devorlar orasida temir o‘zaklar o`rnatish; poydevorlar tag yuzasini kengaytirish va h. Mustahkam va bikir qurilmali inshootlar (suv ko‘taruvchi minoralar, temir-beton qurilmalar, temir erituvchi yoqilgi xonalar va boshqalar) odatda notekis cho`kishlarni kam sezadi. Shuning uchun ulardan foydalanishda ma’lum darajada cho`kishga yo‘l qo`yish mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling