14-modul. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash 26-mavzu. Zamin gruntlarini sun’iy mustahkamlash usullari ma’ruza rejasi


Gruntlarni qotirish usullari. Gruntli yostiqlar va bo‘sh zaminlarni armirlash


Download 0.51 Mb.
bet3/6
Sana06.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1170306
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza-26

Gruntlarni qotirish usullari. Gruntli yostiqlar va bo‘sh zaminlarni armirlash.

Agar poydevor tovoni ostidagi grunt past hisobiy qarshilikka ega bo‘lsa, poydevor tovoni kengligini (yoki yuzasini) sezilarli darajada oshirish zarur. Bunda poydevorning narxi sezilarli darajada ortib ketadi. Bunday hollarda tabiiy gruntning bir qismini yuqori qarshilikka ega bo‘lgan to‘kma grunt bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir.
Poydevor tovoni ostidagi almashtirilgan gruntga yostiq deyiladi. Tabiiy grunt qanday grunt bilan almashtirilganiga qarab yostiq quyidagicha ataladi: qumli, chaqiqtoshli, shag‘alli va b. YOstiqni odatda ikki qatlamli asosning ustki qatlami sifatida qaraladi, uning to‘shama qatlami maxalliy gruntdan iborat.
Loyihalashda gruntli yostiqning tarhdagi va vertikal yo‘nalish bo‘yicha o‘chamlarini aniqlash zarur. Amaldagi tajribalardan kelib chiqqan holda yostiqning qalinligi 1,0-3,0 m, qabul qilinadi, ushbu o‘lcham doirasida bo‘sh grunt almashtiriladi. Gruntli yostiqlar past siqiluchanlikka, siljishga yuqori qarshilikka, grunt suvlari xarakat qilgan paytda skeletining turg‘unligiga ega bo‘lishi kerak.
Gruntli yostiqlarni loyihalashda va o‘rnatishda qo‘yiladigan talab, bu ularni yig‘indi yuk N va yostiq ostidagi gruntli yostiqning og‘irligidan hosil bo‘ladigan deformatsiyani tekshirishdan iborat.
Agar gruntli yostiq vua gruntning to‘shama qatlamlarining birgalikdagi deformatsiyasi mazkur inshootning ruxsat etilgan qiymati Su dan katta bo‘lsa, u holda gruntli yostiqning qalinligi hn ni to


S Su (26.2)

shart bajarilgunga qadar orttirish zarur.


Gruntli yostiqlarni o‘rnatishda imkon boricha zichlanishga moyil bo‘lgan mahalliy grunt materiallarini ishlatish zarur (qum, supes, soztuproq va giltuproq. Bunda albatta ishlarni bajarish jarayonida gruntni zichlash sifatini, uning namliging optimal namlik wo ga va optimal zichlikka (16,5 - 17,5 kN/m3) mosligini majburiy ravishda nazorat qilish kerak.
Tasmali poydevorlarni o‘rnatishda gruntning har bir qatlami (15-20 sm) katoklar yordamida zichlanadi, alohida turuvchi poydevorlar uchun esa zichlash vibroplitalar, pnevmo- yoki vibrozichlagichlar orqali bajariladi.



26.2 –rasm. SHpuntli to‘siq o‘rnatish yo‘li bilan gruntli asosni kuchaytirish; 1 - poydevor; 2 – bo‘sh grunt; 3 – shpuntli to‘siq; 4 – zich grunt; 5 – qumli qatlam

Asos sifatida etarlicha zichlanmagan mayda qum qatlami ishlatilganda uni metalldan, temirbeton yoki yog‘ochdan tayyorlangan shpuntlar yordamida to‘siladi (26.2-rasm). SHpunt qattiq qatlamga tushiriladi va poydevor, shpunt va qumli qatlamdan iborat konstruksiya chratiladi. Bunday to‘siqlarda poydevor tagidan gruntning yon tomonga bo‘rtib chiqish imkoni bartaraf etiladi, uning ko‘tarish qobiliyati ortadi, asosning deformatsiyalanish jarayonida gruntning yon tomon kenggayishi cheklanadi va cho‘kish sezilarli darajada kamayadi.


Asosdagi bo‘sh gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish usullaridan biri, bu ularni metalldan yoki plastikdan (geotekstil) tyyorlangan maxsus tasmalar bilan armirlashdir (26.3-rasm). Armirlovchi elementlar etarli mustahkamlikka, chirishga qarshi chidamlilikka va grunt bilan ilashishni ta’minlash uchun g‘adr-budir sirtga ega bo‘lishlari kerak. Metall to‘rni korroziyadan saqlash uchun sinchkovlik bilan izolyasiya qilinadi. Gruntli asosni armirlash urinma va gorizontal kuchlanishlarni qabul qilish hisobiga uning ko‘tarish qobiliyatini oshiradi: poydevorning cho‘kishini kamaytiradi.
Rossiya amaliyotida inshootlar asosini armirlash usuli texnogen yotqiziqlar mavjud zonalarda qo‘llaniladi (tashlandiq erlar – tashlanmalar, balchiqli, chirindilar ko‘milgan maydonlar va sh.o‘.).

26.3 – rasm. Poydevor ostidagi gruntli zaminni armirlash orqali kuchaytirish (a), ko‘tarmani o‘rnatishda (b), qayta ko‘mishda (v): 1 – poydevor; 2 – armirlovchi elementlar; 3 – qumli yostiq; 4 – ko‘tarma; 5 – tirkov devor; 6 – buzilish prizmasi (obrusheniya)

Bunday gruntlarni armirlash tajribasi quyidagilarni qayd etish imkonini beradi:


1. Armirlangan zaminlarda inshootlarning cho‘kishi grunt zichligining ortishi bilan pasayadi. Grunt qanchalik zich bo‘lsa, armirlash samarasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
2. Armirlovchi elementlar qanchalik mustahkam bo‘lsa, kuchlanishlarning tarqalish samarasi shunchalik baland bo‘ladi, ya’ni armirlangan qatlamda inshootning cho‘kishi kam bo‘ladi.
3. armirlash sohasidan tashqarida joylashgan gruntlarning zichlashishi uning gorizontal yo‘nalishdagi qobiliyatini orttiradi, shuning bilan birgalikdar inshootning cho‘kishini kamaytiradi.
4. To‘shama qatlamga ega ikki qatlamli asoslar uchun, ko‘taruvchi qatlamning ustki qatlamini armirlash ratsional hisoblanadi.
5. YOstiqning ustki armirlangan qismini egiluvchan poydevor plita sifatida qarash mumkin, armirlanmagan pastki qismi esa – zichlangan taqsimlovchi qatlam sifatida qarash mumkin.


26.5. O‘ta cho‘kuvchan gruntlardagi poydevorlar. Lyossli gruntlarning cho'kuvchanligi. Gruntlarning o‘ta cho‘kuvchanlik ko‘rsatkichlari. Lyossli cho’kuvchan gruntlarining asosiy xususiyatlari.

Cho’kuvchan (lyossli) gruntlari boshqa grunt turlaridan ajralib turadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Tashqi yuk yoki gruntning o'z vaznidan bosim ostida bo'lganida, namlik ma'lum darajadan oshganda, bunday gruntlar Cho’kuvchan deb ataladigan tez deformatsiyalanish qobiliyatiga ega. Nisbiy deformatsiyasi esl <0,01 bo'lgan cho’kuvchan gruntlar cho'kmaydigan hisoblanadi.


Lyossli cho'kuvchan gruntlarning namligi yuqoridan (tashqi manbalardan namlanganda) yoki pastdan (yer osti suvlari sathi ko'tarilganda) ko'payishi mumkin.
Cho’kuvchan gruntlarning namlik bo'yicha hisobiy holati uchun ularning to'liq suv bilan to'yinganligi (Sr > 0,8), agar ularni suvga emdirish mumkin bo'lsa yoki namlikning barqaror holatida agar emdirish mumkin bo'lmasa (nazariy jihatdan) olinadi.
O‘ta cho‘quvchan gruntlar deb ma’lum yuk ostida suv ta’sir ettirilganda loyssimon gruntlarda ro`y beradigan katta qiymatli cho`kish hodisasiga aytiladi.
O‘ta chukish oddiy siljish hodisasidan farq qiladi va grunt strukturasi butunlay buziladi. Bunday gruntlar tabiiy holatda kam namlikka ega bo‘lib (5-7%) etarli miqdorda yuk ko‘tarish qobiliyatiga egadir. Agar ularga suv ta’sir ettirilsa, zarrachalar orasidagi bog`lanish kuchlari erib ketishi natijasida grunt strukturasining buzilishi yuzaga keladi. Hozirgi zamon Qurilish Me’yorlari va qoidalarida o‘ta cho‘quvchan gruntlar toifasiga kirishi ulardagi namlik darajasi SR<0,6 bo‘lishi kerak.
O‘ta cho‘quvchanlik qiymatiga asoslanib loysimon gruntlar ikki turga bo‘linadilar.
I tur — ularga o‘ta cho‘quvchanlik qiymati 5 smdan kam bo‘lgan gruntlar kiritiladi.
II tur - o‘ta cho‘quvchanlik qiymati 5 smdan ortiq bo‘lgan gruntlar kiritiladi.
Yuqoridagi turlar asosan zaminlarning muxofaza tadbirlarini qo‘llashda ishlitiladi.
O‘ta cho‘quvchan gruntlar misoliga Markaziy Osiyoda keng tarqalgan lyoss va lyossimon gruntlarni keltirish mumkin.
Zamin bir qancha gruntlardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda nisbiy o‘ta cho‘quvchanlik qiymatidan foydalaniladi:

bu erda: sl - nisbiy o‘ta cho‘quvchanlik qiymati;
hi - i qatlam balandligi;
ksli - zaminning ishlash sharoiti koeffitsienti;
n - grunt qatlamlarining soni.
Cho’kuvchan lyossli gruntlarning asosiy xarakteristikalari:

  1. Nisbiyn cho'kuvchanlik esl, bu gruntlarning namlangandan keyin ma'lum bossim ostida nisbiy siqilishini anglatadi. Nisbiy cho'kish bazaviy chuqurlik bo'ylab va turli xil bosim oralig'ida har xil qiymatlarga ega. Uning qiymati formula bo'yicha yon tomonga kengayish imkoniyatisiz grunt namunalarini sinash natijalari bilan aniqlanadi




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling