Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
2.1 – jadval
Ichki rejalashtirishning asosiy tamoyillari T/R Rejalashtirish tamoyillari Mazmuni 1. Zaruriylik Har bir sohada rejalardan majburiy tarzda foydalanish faoliyat samaradorligi asosi hisoblanadi. Harakat qilishdan avval nima istashi va bajarilishini bilish lozim. 2. Uzluksizlik Rejalashtirish jarayoni muntazam ravishda amalga oshirilishi uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: a) avvalgi davr rejalarining amal qilish davri tugashi bilan yangi rejalar tuzilishi lozim; b) reja davriniig ma’lum bir qismi o’tgach, shart – sharoitlarni e’tiborga olgan holda yangilangan rejalar tuzilishi lozim. 39 3. Moslashuvchanlik Dastlabki rejalarni o’zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashtirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi: a) asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha rejaviy rezervlarni shakllantirish; b) turli vaziyatlar uchun vaziyatli rejalarni tuzish; c) muhit o’zgarishining xisobini yuritish maqsadida Operativ rejalardan foydalanish; d) alternativ rejalardan foydalanish. 4. Yagonalik (umumiylik) va tizimlilik Tizimlilikka 3 asosiy usulda erishiladi: 1. Umumiy (yagona) iqtisodiy maqsadning mavjudligi va gorizontal hamda vertikal darajalar bo’yicha tuzilmaviy bo’linmalarning o’z aro aloqasini ta’minlash. 2. Barcha bo’linma va faoliyat sohalarining xususiy rejalari o’zaro bo g’liqlikda umumiy rejani tashkil etishi lozim. 3. Qaror qabul qilishda ahamiyatga ega bo’lgan barcha omillarni rejaga kiritish. 5. Aniqlilik 1. Har bir reja qo’yilgan maqsadga erishish uchun yetarli darajadagi aniqlikda tuzilishi lozim. 2. Operativ rejalardan uzoq muddatli rejalarga o’tilishi bilan aniqlilik darajasi pasayib borishi mumkin. 6. Ishtirok etish 1. Personalning rejalashtirish jarayonidagi aktiv ishtiroki uning ishga bo’lgan munosabatini o’zgartiradi. 2. O’zi uchun rejalashtirish psixologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq hisoblanadi. Komplekslilik tamoyili. Har bir korxona bo’linmalar iqtisodiy faoliyati natijalari texnika va texnologiyani rejalashtirish, ishlab chiqarishni taishkil etish darajasiga, xodimlarni boshqarish,, rag’batlantirish va mehnatga haq to’lash tizimiga, mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish, daromadlilik va to’lov qobiliyati ko’rsatkichlari darajasiga bog’liqdir. Sanab o’tilgan barcha omillar reja ko’rsatkichlar kom’leks tizimini tashkil etadi. Shu sababli, ulardan birortasidagi sifat va miqdor o’zgarishlari boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari ishlab chiqarishdagi har qanday reja qarorni nafaqat iqtisodiy natijalarga, balki ijtimoiy, texnik, tashkiliy natijalarga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli qabul qilinayotgan rejaviy va boshqaruv echimlari alohida olingan ob’ektlarda ham, korxona yakuniy natijalarida ham kompleks tarzda tashkil etilishi lozim. 40 Samaradorlik tamoyili ishlab chiqarishni yuqori samaradorlik keltiruvchi variantda tashkil etishni ko’zda tutadi. Har qanday rejalashtirilgan samara belgilangan natijaga erishilgan darajani ifodalaydi. Samarani baholashda rejalashtirish jarayonida kutilayotgan ko’rsatkichlarni oldindan tanlangan maqsad, belgilangan daromad normativlari va boshqa solishtirma ma’lumotlar bilan solishtirish amalga oshiriladi. Rejani tuzish bosqichida haqiqiy samarani baholash mumkin emas. Lekin shunga qaramay ularni rejalashtirish zarur. Har qanday samara yakuniy natijada birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan turli resurslarning iqtisodida ko’rinadi. Rejalashtirilgan samaraning eng boshlang’ich ko’rsatkichi kelishish hisoblanadi. Optimallik prinsipi rejalashtirishning barcha bosqichlarida bir nechta variantdan eng muqobilini tanlashni ko’zda tutadi. Turli rejalarning optimalligini belgilovchi chegaralar rejalashtirish jarayonida belgilanadigan mahsulot kam mehnat sig’imi, material sig’imi, mahsulot tannarxi, shuningdek, maksimal foyda bilan ifodalandi. Ishtirok etish prinsipi xodimlarning rejalashtirish jarayonida aktiv ishtirok etishlarini ko’zda tutadi. Chunki hech kim boshqalar uchun samarali rejalashtira olmaydi. Korxonaning har bir xodimi ichki shart sharoitlarni, o’z imkoniyatlarini shuningdek, o’z istak va maqsadlarini yaxshi bilganlari tufayli, yuqori sifatli rejalar tuzishga erishishlari mumkin. Xomum tamoyili 2 qismdan tashkil topgan: koordinatsiya va integratsiya. Ularning har biri korxonaning ma’lum bir darajasiga, obyektiga tegishlidir. Koordinatsiya bir xil darajadagi ob’ektlarning o’z aro aloqasini, integratsiya esa turli darajadagi obyektlar orasidagi aloqani qamrab oladi. Koordinatsiyalash tamoyili korxona bo’linmalarining faoliyatini alohida rejalashtirish yuqori samara keltirmaydi degan fikrni tasdiqlaydi. Bundan korxonaning barcha bo’linmalari faoliyatini bir vaqtda va o’z aro bog’liq holda rejalashtirish zarurligi kelib chiqadi. Muammolar qayerda paydo bo’lishidan qat’iy nazar, ularni birgalikda hal etish lozim. Integratsiyalash tamoyiliga ko’ra barcha darajada o’z aro bog’liq 41 rejalashtirish lozim. Korxonaning bir darajasida belgilangan strategiya yoki taktika, boshqa bo’inlar uchun ham yangi muammolar tudiradi. Ushbu prinsiplarning uyunlashuvi xomum prinsipini keltirib chiqaradi, Ushbu prinsipga ko’ra korxonada element va bosqichlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularning barchasida birdaniga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi prinsiplar asosida amaliy faoliyat jarayonida rejalashtirishning umumiy ilmiy usullari rejalanadi. Rejalashtirish usullari zaruriy reja ko’rsatkichlari va natijalarini axtarish, asoslash va tanlash jarayonidir. Amaliy maqsad, foydalaniladigan boshlang’ich axborot, me’yoriy baza, yakuniy reja ko’rsatkichlarini aniqlash yo’llariga bog’liq rejalashtirishning ilmiy, eksperimental, me’yoriy, balans, sistemali–analitik, programmali–maqsadli, iqtisodiy–matematik, injener iqtisodiy, loyixa variantli usullaridan foydalaniladi. Har bir usul rejalashtirilayotgan asosiy natijaga nisbatan ustunlikka ega bo’lgan belgilar bilan xarakterlanadi. Masalan, ilmiy usul – rejalashtirish borasida chuqur bilimga ega bo’lishni talab etadi, tajriba (eksperimental) usuli – tajriba ko’rsatkichlarini tahlil qilish va asoslashni; me’yoriy usul – rejalashtirishda ilmiy asoslangan me’yorlaridan keng foydalanishni talab etadi. Rejalashtirish jarayonida xech bir usul yakka tarzda qo’llanilmaydi. Ichki rejalashtirishning samaradorligini oshirish asosini korxona holatini, uning ichki va tashqi muhitini har tomonlama o’rganishga qaratilgan ilmiy yondashish tashkil etadi. Masalan, sistemali tahlil korxona yoki uning bo’linmalari faoliyatida quyidagi savollarni hal etishga qaratiladi: 1) Rejalashtirishda ko’zda tutilayotgan tizimni qanday ajratish lozim; 2) Korxona qaysi sohada va qanday sharoitda faoliyat ko’rsatmoqda; 3) Firma qanday tarzda tashkil qilingan va amalda qanday faoliyat ko’rsatmokda; 4) Firmaning siyosati, strategiyasi, taktikasi qanday? 5) Korxona ilgari qanday ishlagan va hozirda qanday faoliyat ko’rsatmoqda; 6) Korxona aksiyadorlari kimlar va ular qancha? 7) Firma raqobatchilari kimlar, ularning bozordagi ulushi qanday va u qanday 42 o’zgaradi; 8) Korxona faoliyatiga qanday qonun va qarorlar ta’sir ko’rsatadi. Ushbu tahlil davomida olingan natijalar korxonaning rejali rivojlanishini cheklaydigan omillarni aniqlashga imkon beradi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling