J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari


  Yevrovalutadagi  qimmatli  qog‘ozlar bozori


Download 2.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana13.11.2017
Hajmi2.92 Mb.
#20007
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33

11.3.  Yevrovalutadagi  qimmatli  qog‘ozlar bozori

Jahon  ssuda  kapitallari  bozori  faoliyati  qimmatli  qog‘ozlar 

emissiyasi  va  oldi-sotdisi  amalga  oshiriladigan jahon  fond  bozori 

bilan  uzviy  bog‘liq  holda  rivojlanadi.  Ushbu  bog‘liqlik  aktivlar 

sekyuritizatsiyasi  (inglizcha  securities  — qimmatli  qog'ozlar),  xu- 

susan  bank  kreditlari  bilan  ta’minlangan  qimmatli  qog‘ozlarni 

chiqarish jarayoni  bilan,  hosila  moliyaviy  vositalar  yangicha  tur- 

larini  amaliyotda  ko‘payishi  bilan  kuchayib  bormoqda.  Aktivlar 

seyuritizatsiyasiga  asoslangan  qimmatli  qog‘ozlar  bankdan  qarz- 

dorning  kreditni  so'ndirish  uchun  to‘lagan  mablag‘lari  hisobidan 

qoplanadi.

Yevromoliyaviy bozorda nominali  yevrovaluta,  masalan AQSH 

dollari,  yevro  yoki  Yaponiya  ienasi  bo‘lgan  qimmatli  qog‘ozlar 

oldi-sotdi  qilinadi.

Yevroqimmatli  qog‘ozlar  (euro-securities)  bu  erkin  muomala- 

da bo'luvchi  (transferable  securities),  sindikat  anderrayterlar,  yoki 

turli  mamlakatlardan  bo‘lgan  ikki  ishtirokchi  orqali  joylashtiri- 

ladigan,  ularni  bir  yoki  undan  ortiq  mamlakatlarga  sotish  re- 

jalashtirilgan,  faqat  moliya-kredit  tashkilotlari  orqali  ega  bo'lish 

mumkin  bo‘lgan  qimmatli  qog‘ozlar  hisoblanadi.

Bugungi  kunda jahon  fond  bozorida  qimmatli  qog‘ozlarning 

yillik  emissiyasi  hajmi  barcha  manbalar  hisobidan  talabgorlarga 

berilgan  xalqaro  kreditlar  va  moliyaviy  mablag‘larning  qariyb 

yarmini  tashkil  etadi.

Xalqaro  qarz  qimmatli  qog‘ozlar xalqaro  fond  bozorida  kapi- 

talni  jalb  etishning  va  operatsiyalarning  asosini  tashkil  etadi. 

Ularning  tarkibida  xalqaro  obligatsiyalar  va  notalarni,  turli 

kompaniyalar  (korporativ),  moliyaviy  institutlar  va  davlatlarning

279


xalqaro  qarz  qimmatli  qog‘ozlarini  alohida  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin.


Xalqaro  qarz  qimmatli  qog'ozlarini  fond  bozorlarida  muoma- 

lada  bo‘luvchi  asosiy  ikki,  ya’ni  yevroobligatsiya  va  chet  el  obli- 

gatsiyalari  shakllari  rnavjud.

Nominal  qiymati  obligatsiya joylashtiriladigan  mamlakatning 

rnilliy  pul  birligida  bo‘lgan,  ya’ni  obligatsiya emitenti  uchun xori- 

jiy  valutadagi  va  ushbu  mamlakat  fond birjasida  kotirovka  qilina- 

digan  obligatsiyalar  —  chet  el  obligatsiyalari  hisoblanadi.  Masa- 

lan,  Fransiyaning Angliyada joylashtirish  uchun  chiqarilgan  qarz 

obligatsiyalari  nominali  funt  sterlingda  ifodalanadi,  Angliya  fond 

birjasidagi  kotirovka  natijalari  asosida  ingliz  investorlari  tomoni- 

dan  sotib  olinadi.  Ya'ni  chet  el  obligatsiyalari  ma’lum  bir  mam- 

lakatga  ushbu  davlat  qonun-qoidalari  asosida joylashtiriladi.  Cliet 

el  obligatsiyalari  ham  odatda,  jahonning  yirik  moliyaviy  markaz 

shaharlarida,  masalan,  Nyu-York,  London,  Yaponiya  va  boshqa 

shaharlarda joylashtiriladi.  Chet  el  obligatsiyalaridan  foydalanish 

amalivotga  500  yildan  beri  mavjud  bo‘lsa,  yevroobligatsiyalar 

paydo  bo‘lganiga  hozirda  atigi  30  yil  bo‘ldi.

Bugungi  kunda  chet  el  obligatsiyalarini  asosan  rivojlangan 

mamlakatlar  emissiya  qilishmoqda.  Ba’zi  mamlakatlar  tomoni- 

dan  emissiya  qilingan  chet  el  obligatsiyalari  o‘ziga xos  nom  bilan 

ataladi.  Masalan,  Shveysariya  obligatsiyalari  — Chocolate  Bonds, 

Yaponiya obligalsiyalari — Samourai Bonds, AQSH obligatsiyalari 

—  Jankee  Bonds,  Buyuk  Britaniya  obligatsiyalari  —  Bulldog  va 

h.k.  Jahon  fond  bozorining  ushbu  segmenti  yevroobligatsiyalarni 

ko‘payishi  hisobiga  qisqarib bormoqda.

Yevroobligatsiya  — xorijiy  investorlar  orasida  xalqaro  sindikat 

anderrayterlari  orqali joylashtiriladigan,  emitent  va  xorijiy  inves- 

torlar uchun chet el  valutasida chiqarilgan qarz munosabatli  qim- 

matli  qog‘oz  hisoblanadi.  Yevroobligatsiyalar joylashtirilayotgan- 

da  jahonning  hech  qaysi  bir  mamlakatida  ro‘yxatga  olinmaydi. 

Yevroobligatsiyalar  asosan  bank  konsorsiumlari,  sindikatlari  va 

xalqaro  tashkilotlari  tomonidan emissiya  qilinadi.

280


Yevroobligatsiyalarning  turi  sifatida  «dragon»  (inglizcha 

«dragon  bonds»  atamasidan  olingan)  obligatsiyalarini  qayd  etish 

mumkin.  Ular  yevrodollar  obligatsiyalar  bo'lib,  osiyo  bozorida 

joylashtirilgan  (birinchi  navbatda  Yaponiyada)  va  ma’lum  bir 

osiyo  birjasida  (odatda,  Gongkong  yoki  Singapur  birjalarida)  lis- 

tingga  ega  bo‘lgan  qimmatli  qog‘oz  hisoblanadi.

Yevroobligatsiyalar  va  chet  el  obligatsiyalari  o‘rtasidagi 

o‘xshashlik  ularni  mamlakatlar  o‘rtasida  kapitalni  qayta  taqsim- 

lash  vositasi  bo'lib  hisoblanishida,  shuningdek,  ularni  emitent 

mamlakatlar  milliy  valutasidan  farqli  boshqa  valutada  emissiya 

qilinishida  namoyon  boiadi.

Yevroobligatsiyalar  va  chet  el  obligatsiyalari  o‘rtasidagi  farq 

esa  quyidagilardan  iborat:

Birinchidan,  yevroobligatsiyalar  erkin  konvertatsiya  qilinadi- 

gan  valutada  emissiya  qilinadi.  Chet  el  obligatsiyasi  esa  uning 

emitenti  uchun  ixtiyoriy  xorijiy  valutada  emissiya  qilinadi,  ya’ni 

bunday valutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valuta bo‘lmasligi 

ham  mumkin.

Milliy  moliya  bozori 

.....I..

Yevroobligatsiya  emitenti

A

mamlakat 



fond bozori

Xalqaro  moliya  bozori 

................. .................. .....

Turli  davlatlardagi  investitsion  banklar 

(kompaniyalar sindikati)

B

mamlakat 

fond bozori

C

mamlakat 



fond  bozori

D

mamlakat 

fond  bozori

11.3 -rasm. Xalqaro  fond bozorida yevroobligatsiyalarning shakllanish

mexanizmi.

281


Ikkinchidan,  cliet  el  obligatsiyalari  joylashtiriladigan  mam- 

lakatda ro‘yxatga olinadi, uning nominal qiymatijoylashtiriladigan 

mamlakat uchun milliy valutada bo‘ladi,  u faqat joylashtiriladigan 

mamlakat  fond  bozorida  muomalada  bo‘ladi.  Yevroobligatsiyalar 

esa,  ma'lum  bir  mamlakatga  ro‘yxatga  olinmasdan joylashtirila- 

di,  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  mamlakatlar  fond  bozorlarida 

muomalada  bo‘lishi  mumkin,  shuningdek,  obligatsiya  nominali 

ko'rsatilgan milliy yoki xalqaro valutaning xususiyati emitentining 

milliy  xususiyatlari  mos  kelmasligi  lozim.  Yevroobligatsiyalarni 

dastlabki joylashtirish  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  emitent joylashgan  mam- 

lakatning  milliy  fond  bozorlarida  amalga  oshirilmasdan,  balki 

xorijiy  mamlakatlar  milliy  fond  bozorlarida  amalga  oshiriladi  va 

ular  orqali  emitent joylashgan  mamlakat  milliy  fond  bozorlariga 

kelib  tushishi  va  muomalasi  amalga  oshirilishi  mumkin.

Milliy  fond  bozori  vositasi  boMgan  oddiy  obligatsiyalar  bilan 

xalqaro fond  bozorining maxsus vositasi  bo‘lgan yevroobligatsiya- 

lar o'rtasidagi  asosiy farqlar  quyidagilarda  namoyon  bo‘ladi:

—  xalqaro  anderrayter  konsorsiumlari  yoki 

investitsion 

banklarni o‘z ichiga oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqt- 

ning  o‘zida  bir  necha  mamlakatlarda  yevroobligatsiyalar  emissi- 

yasi  amalga  oshiriladi;

—  sindikat  tomonidan  ko‘rsatilgan  hududlarda  joylashtiril- 

gan  yevroobligatsiyalar  emissiyasi  hech  qaysi  bir  mamlakatdan 

ro‘yxatdan  o‘tmaydi.  Yevroobligatsiyalar  muomalasi  ma’lum  bir 

davlatning  obligatsiyalar  muomalasini  tartibga  solishning  iqti- 

sodiy-huquqiy  me’yorlari  orqali  tashkil  etilmaydi,  balki  yevro- 

obligatsiyalar asosan  xalqaro  huquqiy  me’yorlar bo'yicha  tartibga 

solinadi;

—  yevroobligatsiyalar  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  mam- 

lakatlarga  yoki  turli  mamlakatlar  fond  bozorlariga joylashtiriladi. 

Xorijiy  investorlar  o‘zlarining  mahalliy  birjalaridan  yevroobli- 

gatsiyalarni  sotib  olishlari  mumkin.  Shuningdek,  emitent  mam- 

lakat  investorlari  boshqa mamlakatlar orqali  o‘z  fond  bozorlariga 

yetib  kelgan  yevroobligatsiyalarga  egalik  qilishadi;

282


—  oddiy  obligatsiyalardan  farqli  ravishda  yevroobligatsiya 

nominali  bo'yicha  to‘lanadigan  foizdan  «daromad  manbai  sifati- 

da» soliq undirilmaydi.  0 ‘zining yuqori daromadini soliqqa torti- 

lishidan  olib  qochib,  uni  sir saqlaydigan omonatchini  Fransiyada 

«belgiyalik  dantist»  deb  ham  atashadi.

Yevroobligatsiyalar bozori transmilliy korporatsiyalarning o‘rta 

va  uzoq  muddatli  investitsiyalarini  moliyalashtirishning  muhim 

manbalardan  hisoblanadi.  Davlatlar  odatda  budjet  daromadlari- 

ni  ko‘paytirish  va  davlat  qarzlarini  qayta  moliyalashtirish  uchun 

yevroobligatsiyalardan  foydalanishadi.

Yevroobligatsiyalarning  oddiy  konvertirlanadigan  shakli  ham 

mavjud  bo‘lib,  ma'lum bir belgilangan  muddatdan  keyin,  emitent 

kompaniya  aksiyalariga ularni  almashtirish  sharti bilan  chiqarila- 

di.  Bunday  yevroobligatsiyalar  egasi  emitent  kompaniya  faoliya- 

tining  foydalilik  darajasi  ortadi,  degan  taxmin  bilan  ularni  sotib 

oladi.  Chunki  odatda,  konvertatsiya  davrigacha  yevroobligatsiya- 

lar bo‘yicha  foiz  to‘lovlari  amalga  oshirilmaydi.

Jahon  yevroaksiyalar  bozori  1983-yildan  sinditsiyalashgan 

kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshladi,  biroq ularning 

emissiyasi  yevroobligatsiyalarga  nisbatan  juda  kam.  Yevroaksi- 

yalarga  konvertirlanadigan  yevroobligatsiyalarning  muomalaga 

chiqarilishi  jahon  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  mazkur  turdagi 

segmentlarning  o‘zaro  integratsiyasini  kuchaytirdi.

Yevrotijorat  veksellari  — foiz  stavkasi  yevrodollar  depozit  ser- 

tifikatlari  bo‘yicha  olingan  (odatda  o‘rtacha  0,25%),  3—6  oylik 

muddatga  yevrovalutada  rasmiylashtirilgan  hujjatli  veksellardir. 

Yevroveksellar o‘rta muddatli qarz munosabatini  ifodalovchi qim- 

matli  qog‘ozlar hisoblanadi.

Umuman  olganda,  yevroveksellar  bozori  hajm  jihatdan  juda 

kichik,  1981-yildan  boshlab  rivojlangan.  Yevroveksellar  1984-yil- 

dan emissiya  qilib  kelinmoqda.

Yevrovaluta  depozit  sertifikatlari  — omonatchining  depozitini 

va  unga  tegishli  foizlarni  olish  huquqini  tasdiqlovchi,  yevrovalu- 

tada  qo‘yilgan  pul 



mablag‘lari 

to‘g‘risida  banklarning  yozma

283


guvohnomalari.  Yevrobozorda  bu  kabi  sertifikatlar  amaliyotda 

keng  qo‘llaniladi.  Bu  kabi  depozit  sertifikatlarining  muddati 

30  kundan  3—5  yilgacha  bo‘lishi  mumkin.  Yevrobanklar  no- 

minali  25  ming  AQSH  dollari  va  undan  yuqori  boigan  depozit 

sertifikatlarini  qimmatli  qog‘ozlarning  ikkilamchi  bozorida  so- 

tish  imkoniyatini  taqdim  etgan  holda  turli  banklar  va  xususiy 

korxona  yoki  tashkilotlar o‘rtasida joylashtiradilar.  Muomaladagi 

muddatli  depozit  sertifikatlari,  odatda  brokerlarga  sotiladi  yoki 

innossament bo‘yicha boshqa shaxsga o'tkaziladi.  Depozit sertifi- 

katlari  yevrobanklarda  omonatlarni  ko‘paytirgan  holda,  ularning 

kreditlash  imkoniyati  oshiradi  va  yevrobozorning  kengayishini 

rag‘batlantiradi.  Yevrovalutadagi  depozit  sertifikatlari  bo'yicha 

foiz  stavkasi  yevrodollar  depozitlariga  nisbatan  past  bo‘lsada, 

ularni  ikkilamchi  bozorda oson  sotish  mumkin.

Yevronotalar  — suzuvchi  foiz  stavkadagi  qisqa  muddatli  maj- 

buriyatlar  hisoblanadi.  1980-yildan  yevronotalar  bilan  operatsi- 

yalar amalga  oshirib  kelinmoqda.  Ular ba’zan  yevrobank kafolati 

bilan  turli  kreditlash  vositalariga ham  almashtirilishi  mumkin.

Yevroobligatsiyalar  va  yevronotalar  o‘zaro  bir-biridan  farq 

qiladi.  Yevroobligatsiyalar  taqdim  etuvchiga  ko‘rinishida,  ya’ni 

nomi  yozilmasdan  chiqariladigan  qimmatli  qog‘oz  hisoblanadi 

va  savdo  tizimlarining  depozitariylarida  saqlanadi.  Bunday  nomi 

yozilmagan  qimmatli  qog‘ozlar  odatda  rivojlanayotgan  mam- 

lakatlarga joylashtiriladi.  Yevroobligatsiyalarni  chiqaradigan  emi- 

tentlarga  qulaylik  yaratish  maqsadida  ularning  ta’minoti  uchun 

zaxira  shakllantirilmaydi.

Yevronotalar nomi  yozilgan  qimmatli  qog'ozlar hisoblanadi  va 

ular  bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda  emissiya  qili- 

nadi. Yevroobligatsiyalardan farqli ravishda yevronotalar ta'minoti 

uchun  zaxira shakllantiriladi.

Yevropa  ittifoqida  bosqichma-bosqich  yagona  yevropa  fond 

bozori  shakllangan  bo‘lib,  bunda  Yevropa  ittifoqida joriy  etilgan 

quyidagi  tamoyillar asosiy  rol  o‘ynagan:

—  bank  faoliyatini  unifikatsiyalashga  ruxsat berish;

284


—  o‘zaro  axborot  almashinishini  va  tadbirkorlik  faoliyatini 

erkinlashtirish;

—  bozor  ishtirokchilarini  mamlakatlarga  qarashliligi  bo‘yicha 

nazorat  qilish;

—  birjalararo axborot almashishning yagona tizimi  yaratilishi.

Yevropa  ittifoqida  yagona  moliyaviy  muhitni  shakllantirish

uchun mamlakatlar moliya bozorlaridagi xususan,  milliy fond bo- 

zorlariga  xos  bo'lgan  quyidagi  asosiy  farqlar  bosqichma-bosqich 

bartaraf etib borildi:

—  birja  operatsiyalarini  milliy  doirada  tartibga  solish  (qim- 

matli  qog‘ozlarni  birja  savdolariga  qo‘yishga  ruxsat  berish,  ax- 

borotlar  oshkor etishga bo‘lgan talablar va  h.k.);

—  birjalarning operatsiyalar hajmi va milliy iqtisodiyotdagi roli;

—  qimmatli  qog‘ozlar bilan  operatsiyalarni  amalga oshiruvchi 

institutsional  investorlar,  ya’ni  sug‘urta  kompaniyalari,  pensiya 

fondlari,  investitsiya fondlari,  banklarning fond bozoridagi roli va 

o‘rni  bilan  bog‘liq  farqlar.

Yevropa  ittifoqida  yagona  fond  bozori  tarkibi  shakllantiril- 

gan  bo‘lib,  u  o‘z  ichiga  aksiyalar,  obligatsiyalar,  davlat  qimmat- 

li  qog‘ozlari  va  hosila  moliyaviy  vositalar  bilan  operatsiyalarga 

ixtisoslashgan,  hamkorlikda yangi tashkil etilgan qo‘shma birjalar 

(Yevropa  birjasi,  Xalqaro  birja,  LIFFl  va  boshq.)  va  qator  seg- 

mentlarni  oladi.

Yevropada tashkil etilgan yagona ssuda kapitallari va qimmatli 

qog‘ozlar bozorlari yevropa iqtisodiy integratsiyasini  tashkil etish- 

da  asosiy  rol  o‘ynagan.

Hozirda jahon  fond bozorlari  infratuzilmasida  quyidagi  asosiy 

o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:

Birinchidan,  savdolarga xorijliklar ishtirok etishi  uchun  ularga 

alohida  savdo  maydonchalari  tashkil  etilmoqda.  Xususan,  Lon- 

don fond birjasida yuzlab xalqaro investitsiya institutlari,  500 dan 

ortiq  xorijiy  bankiar  savdo  qilishmoqda,  60  dan  ortiq  mamlakat 

xalqaro kompaniyalarining aksiyalari birja listingi ro‘yxatida turib 

sotilmoqda.

285


Ikkinchidan,  jahon  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  banklar- 

ning  roli  boshqa  moliyaviy  vositachilar  hisobiga  qisqarayotgan 

bo‘lsada,  ular  birjalarning  ish  vaqtlari  tugab,  yopilganda  sav- 

dolar  uzluksizligini  ta'minlovchi  va  anonim  ravishda  qimmatli 

qog‘ozlar  kotirovkasini  amalga  oshiruvchi  xususiy  elektron  bro- 

kerlik  tizimlarini  hamda  moliyaviy  vositalarning  yangi  turlarini 

yaratishmoqda.

Tayanch  so‘z  va  iboralar

Jahon  ssuda  kapitallar bozori,  pul  bozori,  kapital  bozori,  yev- 

robozor  yevrovaluta,  yevrodollar,  yevrovaluta  bozori,  transmilliy 

bank,  yevrokredit  LIBOR,  spred,  LIBID,  stend-bay  va  rollover 

shartlaridagi  yevrokreditlar,  yevrodepozitlar,  jahon  qimmatli 

qog‘ozlar bozori,  yevroqimmatli  qog‘ozlar,  chet  el  obligatsiyalari, 

yevroobligatsiya,  yevroaksiya,  yevrotijorat  veksellari,  yevroveksel, 

yevrovaluta  depozit  sertifikatlari,  yevronota.



Takrorlash  uchun  savollar:

1.  Yevrobozor  rivojlanishi  jahon  iqtisodiyoti  uchun  qanday 

ahamiyatga  ega?

2.  Yevrovaluta  nima va  u  qanday paydo bo‘ladi?

3.  Yevrovaluta bozori  qanday  omillar ta’sirida  rivojlangan.

4.  Yevrobozorda  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarning  qan- 

day turlarini  bilasiz?

5.  Yevrokredit  bozoriga xos xususiyatlarni  aytib  bering.

6.  Rollover  shartlari  asosida  beriladigan  qanday  yevrokredit- 

larni  bilasiz?

7.  Yevrodepozitlar to‘g‘risida  nima bilasiz?

8.  Jahon  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  tarkibiy  tuzilishi  qanday, 

ularga  izoh bering.

9.  Evroqimmatli  qog‘ozlarning qanday turlarini bilasiz,  ularga 

izoh  bering?

10.  Yevroobligatsiya  va  chet  el  obligatsiyalari  o‘rtasidagi 

o‘xshashlik va farqlarni  aytib  bering.

286


11.  Oddiy  obligatsiyalar  bilan  yevroobligatsiyalar  o'rtasida 

qanday  farqlar mavjud?

12.  Yevroobligatsiyalar  va  yevronotalarni  o‘zaro  bir-biridan 

farqini  aytib bering.

13.  Yagona  yevropa  fond  bozori  shakllanishida  asosiy  rol 

o‘ynagan  qanday tamoyillarni  bilasiz?

14.  Yevropa  ittifoqida  fond  bozorlarini  unifikatsiyalash  qan- 

day boshlandi?

15.  Yevropa  ittifoqida  yagona  moliyaviy  muhitini  shakllanti- 

rish  qanday  amalga  oshirildi?



Mustaqil o'rganish  uchun  topshiriqlar

1.  Xalqaro  hisob-kitob  banki  ma’lumotlari  asosida  xalqaro 

moliya  bozoridagi  operatsiyalarni  segmentlar  asosida  tahlil  qilib, 

qancha  qismi  Yevropa  ittifoqiga,  rivojlangan  davlatlarga,  xalqaro 

tashkilotlarga,  valutalar kesimi bo‘yicha  yevroga, AQSH  dollariga 

to‘g‘ri  kelishini  aniqlang.

2.  Yevrobozor  infratuzilmasini  o‘zida  aks  ettiruvchi  asosiy 

tushunchalar bo‘yicha  klaster tuzing.

3.  Yevrobozorning  jahon  iqtisodiyotiga  salbiy  ta'siri  bilan 

bog‘liq  muammolarni  aniqlang  va  ularni  bartaraf  etishga  qa- 

ratilgan  iqtisodiy  islohotlarning  asosiy  yo‘nalishlarini  tizim- 

lashtiring.

4.  Yevrobozorning  moliyaviy  innovatsion  faoliyatni  rag‘bat- 

lantiruvchi asosiy omillarni aniqlang va ularni bir tizimga keltiring.

5.  0 ‘zbekistonning  yevrobozorga  integratsiyasi,  uni  kuchayti- 

rish  natijasida  milliy  bozorda  yuzaga  keladigan  tashqi  tahdidlar 

va  ijobiy o‘zgarishlarni  dalillar keltirgan  holda  baholang.

Test  savollari

1. 


Jahon  ssuda  kapitallar  bozori  nechta  o‘zaro  bir-biri  bilan 

bog‘liq  asosiy  sektorga ajraladi va  ular qanday  nomlanadi?

A)  ikkita  — pul  va kapital  bozori.

B)  uchta  — valuta,  kredit  va  qimmatli  qog‘ozlar.

287


C)  to'rtta  — valuta,  kapital,  qimmatii  qog‘ozlar,  hosila  moli- 

yaviy  vositalar.

D)  beshta  — pul,  derivativlar,  investitsiya,  valuta,  sug‘urta.

2.  Yevrovaluta bozori  qachondan  shakllana  boshladi?

A)  1950-yillar oxiridan.

B)  XX  asr  boshlaridan.

C)  1970-yillardan.

D)  1920-yillar oxiridan.

3.  Xalqaro  va milliy moliya  bozorining bir  qismi  bo'lib,  unda 

kreditlar  va  qarzlar bo‘yicha  operatsiyalar  vevrovalutalarda  amal- 

ga  oshiriladigan bozor  turini  toping.

A)  yevrobozor.

B)  yevroobligatsiya.

C)  yevrokredit.

D)  nominali  yevroda  ifodalanadigan  moliyaviy  vositalar.

4.  Mamlakatdan  tashqaridagi  kredit  muassasalariga  qo‘yilgan 

va  ushbu  mamlakatning  huquqni  va  iqtisodiyotni  tartibga  soluv- 

chi  organlari  nazoratidan  chetda  bo‘lgan  ixtiyoriy  shakldagi  pul 

birliklari  nirna deyiladi?

A)  yevrovaluta.

B)  ofshor valuta.

C)  xalqaro  valuta.

D)  SDR.

5.  Qachori  Nyu-Yorkda  erkin  bank  zonasi  tashkil  etildi  va 

bu  holat  yevrodollar  bozori  tarkibida  qanday  o‘zgarishni  yuzaga 

keltirdi?

A)  1981-yilda, yevrodollar bozori tarkibiga AQSH ham qo‘shildi.

B)  1968-yilda,  bozorni  tartibga  soluvchi  elektron  tizim  paydo 

boidi.

C)  1978-yilda,  erkin  suzib  yuruvchi  kurslar rejimiga o‘tildi.



D)  1984-yilda,  yevroveksellar bozori  yuzaga  keldi.

6.  Osiyo  mintaqasida  foydalaniladigan  AQSH  dollarlari 

(Osiyo  dollari),  Arab  mamlakatlarida  ishlatiladigan  AQSH  dol- 

larlari  (arab  mamlakatlari  dollari),  neft  mahsulotlari  savdosida

288


foydalaniladigan AQSH  dollarlari  (neft dollarlari)ni  umumiy hol- 

da,  xalqaro  amaliyotda  odatda  nima  deb  nomlashadi?

A)  yevrodollar  (yevrovaluta).

B)  AQSHning  inflyatsiya  eksporti.

C)  ta’minlanmagan  dollarlar.

D)  zaxira  valuta.

7.  Qayerda  kredit  operatsiyalari  bir  mln AQSH  dollaridan  bir 

necha yuz mln AQSH dollari hajmida amalga oshirilib,  ular garov 

bilan ta’minlanmagan va foydalanish maqsadi aniq ko'rsatilmagan 

holda  ham  berilishi  mumkin?

A)  yevrobozorda.

B)  banklararo xalqaro  kredit  bozorida.

C)  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Shveysariya  va  Yaponiyada.

D)  Ofshor zonalarda.

8.  Yevrokreditlarga  xos  xususiyatlar  to‘g‘ri  keltirilgan  javobni 

toping.


A)  kredit  valutasi  yevrovaluta  (asosan  AQSH  dollari),  10  oy- 

dan  12  yilgacha  (o‘rtacha  7 yilga)  beriladi.

B)  foiz  stavkalari  asosan  LIBOR  (asosan  qisqa  muddatli 

(odatda  6  oylik))ga  bankning  spred  (spread)i  (odatda  3/4%  dan 

3%  gacha)ni  qo‘shib  beriladi.

C)  asosan  100  mln AQSH  dollaridan  500  mln  AQSH  dollari 

miqdorida  beriladi.

D)  barcha javoblar to‘g‘ri.

9.  Kredit  shartlarini  qayta  yangilanishni  nazarda  tutuvchi 

o‘rta  va uzoq muddatli  yevrokreditlar  nima  deb  nomlanadi?

A)  akseptli  rambursli.

B)  stend-bay.

C)  faktoring.

D)  rollover.

10.  Yevrodepozitlarga xos xususiyatlar to‘g‘ri  keltirilgan javob- 

ni  toping.

A) 

muddati  1  kundan  1  yilgacha, ba’zan  5 yilgacha cho‘zilishi 



mumkin  (odatda  ularning muddati  6  oy bo‘ladi).

289


B)  banklararo  depozitlarning  o'rtacha  summasi  5—10  mln 

AQSH  dollarini,  ba'zan  esa  undan  bir  necha  marta  katta  miq- 

dorni  tashkil  etadi.

C)  ular yevrovalutalarda  qo'yiladi.

D)  barcha javoblar to‘g‘ri.

11.  Nominal  qiymati  obligatsiya  joylashtiriladigan  mam- 

lakatning  ntilliy  pul  birligida  bo‘lgan  va  ushbu  mamlakat  fond 

birjasida  kotirovka  qilinadigan  obligatsiyalar  nima  deb  yuriti- 

ladi?

A)  chet  el  obligatsiyalari.



B)  yevroobligatsiyalar.

C)  konvertirlanadigan  obligatsiyalar.

D)  muddatidan  oldin  so‘ndiriladigan  obligatsiyalar.

12.  Chet  el  obligatsiya  turlari  keltirilgan javobni  toping?

A)  Samourai  Bonds,  Jankee  Bonds.

B)  Chocolate  Bonds.

C)  Bulldog.

D)  Barcha javoblar to‘g‘ri.

13.  Yevroobligatsiya  turlari  keltirilgan javobni  toping?

A)  Chocolate  Bonds,  Bulldog.

B)  Samourai  Bonds,  Jankee  Bonds.

C)  Dragon  bonds.

D)  Barcha javoblar to‘g‘ri.

14.  Yevroqimmatli  qog‘ozlar bozorining qaysi  kichik segmenti 

konvertirlanadigan obligalsiyalar va  1983-yildan  sinditsiyalashgan 

kreditlash  amaliyoti  bilan  birga  rivojlana  boshlagan?

A)  yevroaksiyalar bozori.

B)  yevrotijorat  veksellari  bozori.

C)  yevronotalar bozori.

D)  yevrovaluta  depozit  sertifikatlari  bozori.

15.  1981 -yildan  boshlab  rivojlangan,  foiz  stavkasi  yevrodollar 

depozit sertifikatlari bo‘yicha olinadigan  (odatda o‘rtacha 0,25%), 

3—6  oylik  muddatga  yevrovalutada  rasmiylashtiriladigan  hujjatli 

veksellar nima deb  nomlanadi?

290


A)  yevroveksellar.

B)  yevrotijorat  veksellari.

C)  yevro  o‘tkazma  veksellar.

D)  yevro  oddiy veksellar.

16.  0 ‘rta muddatli qarz munosabatini ifodalovchi  1984-yildan 

emissiya  qilib  kelinayotgan,  yevrovalutada  rasmiylashtiriladigan 

veksellar nirna  deb  nomlanadi?

A)  yevroveksellar.

B)  yevro  o'tkazma veksellar.

C)  yevrotijorat  veksellari.

D)  yevro  oddiy  veksellar.

17.  Evrobanklar  nominali  25  ming  AQSH  dollari  va  undan 

yuqori  bo‘lgan  qiymatda  emissiya  qilinadigan,  investorning  de- 

pozitini  va  unga  tegishli  foizlarni  olish  huquqini  tasdiqlovchi, 

muddati  30 kundan 3—5 yilgacha bo‘lgan, yevrovalutada qo‘yilgan 

pul  mablag‘lari  to‘g‘risida  banklarning  yozma  guvohnomalari 

nima  deyiladi?

A)  yevrovaluta  depozit  sertifikatlari.

B)  yevrodollar omonat  sertifikatlari.

C)  yevrovalutada  qo‘yilgan  depozitlarni  tadiqlovchi  omonat

daftarcha.

D)  Yevropa  Markaziy bankining depozit  sertifikatlari.

18.  Suzuvchi  foiz  stavkadagi  qisqa  muddatli  majburiyatlar  hi- 

soblanib,  ta'minoti  uchun  zaxira  shakllantiriladigan  yevrobank 

kafolati  bilan  turli  kreditlash  vositalariga  ham  almashtirilishi 

mumkin  bo‘lgan,  1980-yildan  boshlab  rivojlanayotgan,  nomi 

yozilgan  qimmatli  qog‘oz turi  keltirilgan javobni  toping?

A)  yevronotalar.

B)  yevroobligatsiya.

C)  yevroveksel.

D)  yevrobillar.

291


Download 2.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling