J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari
I.A Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. - T.: «Olzbekiston»
Download 2.92 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.2. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
- 15.3. O‘zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi
29 I.A Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. - T.: «Olzbekiston», 1996. 11-12-b. 386
0 ‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning obyektlari bo‘lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari va sohalarida yaratiladigan tovarlar hamda ko‘rsatiladigan xizmat, qimmatbaho qog'ozlar, fan-texnika mah- sulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda foydala- nish man etiladigan obyektlar bundan mustasnodir. Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, 0 ‘zbekiston Res- publikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining subyektlari bo‘lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari: — 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qo- nun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi; — belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etishi; — xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiyena, ekologiya talablari va boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi; — ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi shart. Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining tur- laridan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyekt- lari tashqi iqtisodiy faoliyatni arnalga oshirishda teng huquqlarga ega bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o‘z ishtirokining 387
turlari, shakllari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilashi, o‘z xo- hishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartib- da shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to‘lab yoxud to‘lamasdan jalb etishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir subyekti 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat- ning natijalariga, shu jumladan chet el valutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko‘ra tashqi iqtisodiy faoliyatning nati- jalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o‘tkazilishi yoxud ularga ishonib topshiri- lishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o‘zgaga o‘tkaziladigan taqdirda tomonlar o‘zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga soladilar. Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish; — tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu jum- ladan valuta bo‘yicha ham belgilanish; — tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning dav- lat tizimini yaratish; — ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar, budjetdan qarz berish tarzida moliyaviy yordam ko‘rsatish, tavakkalchilikni sug‘urta qilish;
— respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, pul bilan ta’minlash va ekspertiza qilish; — 0 ‘zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va 0 ‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va boshqa mol- mulklarni hujjatlashtirish; 388
— mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish tartibini belgilash; — valuta va boshqa fondlar mablaglarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish. 15.2. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari Keyingi yillarda 0 ‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bu yo‘ldagi yu- tuq hamda marralarning salmoqli bo‘lishiga imkoniyat yarat- moqda. Ma'lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojla- nishining muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga boigan aloqasini ifodalab, uning istiqbo- lini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mam- lakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishi- ga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o‘rtasidagi farq, ya'ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samarador- ligining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich milliy daromad darajasiga ko‘p tomonlama ta’sir eta- di. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o‘zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mam- lakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayot- gan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bir qator chora-tad- birlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o'rnini qoplash va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturning maqsadi, mav- 389
jud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to‘liq va sarnarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yara- tishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo‘nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafo- lat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yo‘nalishlar sifatida keltirish mumkin: — Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllan- tirish; — eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ish- lash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma kor- xonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo‘llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o‘tkazish, o‘zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo‘lgan tovarlar va mahsu- lotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib bo- rish talab qilinadi; — tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o‘z mahsulotini chet ellarda sotishda ko'proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmun- cha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish; — xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayot- gan sanoat loyihalarning bir-biriga bog'liqligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va in- fratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirishga erishish; 390
— olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyo- satini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda, balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlari qurishni keng yo‘lga qo‘yish; — tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisos- lashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos ke- ladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujud- ga keltirish; — xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hi- sob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish. Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo‘nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjami- yatida munosib o‘rin egallashiga imkon beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlanti- rish bo'yicha yaqin kelajakka mo‘ljallangan strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: birinchidan, eksportni rag‘batlantirish uchun avvalo, barqa- ror makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz darajasida ushlab turish, valuta almashtirish kurslarining keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik; ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk shakli- dan qat’i nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega bo‘lishlarini ta’minlash; uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta tay- yorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish; to‘rtinchidan, eksport salohiyatini rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydala- nish ko‘lamini kengaytirish; beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish. 391
15.3. O‘zbekistonda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohala- ridan biri bo‘lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ular o‘rtasida diplomatik munosabat- lar o‘rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vo- sitadir. Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o‘rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar doirasida mamlakatimizda eksport qiluv- chilar faoliyatini rag‘batlantirish uchun qator imtiyozlar yaratib berilgan. Ushbu imtiyozlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: — qo‘shilgan qiymat solig‘iga imtiyozlar; — aksiz solig'iga imtiyozlar; — daromad solig‘iga imtiyozlar; — mulk solig‘iga imtiyozlar. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi, ya’ni bu eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarish- da foydalanilgan moddiy resurslar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini to‘lashdan ozod etilishini anglatadi. Quyidagilarga esa aksiz solig‘i solinmaydi: — aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan akt- siz to'lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; — keyinchalik 0 ‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi- dan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqa- 392
rilgan qayta ishlash mahsuli bo'lgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 230-mod- da). 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyunda- gi PF-2613-sonli «Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoniga muvofiq, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi kor- xonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, amal- dagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga mo‘ljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga shunday imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsa- dida, eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda solig‘i va mulk solig‘ini to‘lash tartibi umumiy sotish hajmida o‘zi ishlab chiqar- gan va erkin almashtiriladigan valutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan joydan qat’i nazar) ulushiga bog‘Iiq holda quyidagicha belgilan- gan:
— eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida belgilangan foyda solig‘i va mulk solig‘i stavkalari 30 foizga ka- maytiriladi; — eksport ulushi 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida belgi- langan foyda solig‘i va mulk solig‘i stavkalari 50 foizga kamayt- iriladi.
Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valutaga xomashyo mahsulotlari — paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qim- matbaho, rangli va qora metallar eksport qiluvchi savdo-vosita- chilik korxonalariga, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq qilinmaydi. Mikroflrma va kichik korxonalar, o‘zi ishlab chiqargan mah- sulotlar eksportidan olingan xorijiy valutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod etiladi, tabiiy gaz eksporti va tranzitini amalga oshiruvchi korxonalar bundan mustasno. 393
lshlab chiqarish korxonalariga tovarlarini eksport qilish uchun o‘z ishlab chiqarish mahsulotlarini reklama qilish va tashqi bo- zorning marketing tadqiqotlarini olib borish maqsadida xorijda savdo uylari hamda vakolatxonalar ochishga ruxsat beriladi. Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug‘urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga: — o‘z ishlab chiqargan mahsulot ustav jamg‘armasida eksport- chining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi kor- xona nomiga eksport qilinganda yetkazib berilishi mumkin; — bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kun mo- baynida eksportchi shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilgan tovarlar bo‘yicha valuta tushu- mi tushishini yoxud ushbu tovarlarning 0 ‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarishni taTninlaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011—2015-yillar davrida 0 ‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko‘lamini chuqurlashtirish va kengaytirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish mezonlarini va baholash tizimini belgilash va amalga oshirish chora-tadbirlari Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, tovarlarni elektron deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan. Mazkur hujjat loyihasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi tomonidan ish- lab chiqilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda manfaatdor vazirlik va tashki- lotlar tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yan- vardagi PF-3557-sonli «Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlarini demokratik bozor is- lohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoyishining bajarilishi yuzasidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 394
Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilgan va Oliy Majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan. Bojxona qonunchi- ligidan foydalanishni mazkur qonun loyihasi bilan birxillashti- rish va soddalashtirish maqsadida, amaldagi Bojxona kodeksi va 0 ‘zbekiston Respublikasining «Bojxona ta'riflari to‘g‘risidagi» Qonuni birlashtirilgan hamda xalqaro norma va standartlar bilan muvofiqlashtirilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgust- dagi PQ-1604-son «Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbir- lari to‘g‘risida» Qaroriga muvofiq, tovarlarni eksport qilishda to‘lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlarining amaldagiga qaraganda o‘rtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari tasdiqlangan. Mazkur Qarorga muvofiq belgilanganki, 2011-yilning 1-ok- tabridan boshlab tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo‘yish tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlari- da amalga oshiriladi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlan- gan ro‘yxatga muvofiq xomashyo tovarlari eksportidan tashqari). Shunday qilib, 2011-yil 1-oktabrdan boshlab, eksport qiluvchi korxonalar uchun bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovar- larning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatining bir vaqtning o'zida amalga oshirilishini ta'minlaydigan «bir darcha» tamoyili asosida mexanizmi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, mazkur Qarorga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlarini eksport qilishga ix- tisoslashtirilgan « 0 ‘ztadbirkoreksport» tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgan va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgi- langan:
395 — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ularning tovarlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qilish shartnomalari bo'yicha, shuningdek, xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali sotishda ko‘maklashish; — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulot- larini eksport qilishga doir amaldagi shartnomalar garovi asosi- dan eksportdan oldingi moliyalashtirishni tashkil etish; — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari buyurt- malariga ko‘ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni yetkazib berish; — eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirishda kichik biznes korxonalariga ko‘maklashish, reklama tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro yarmarkalar va ko‘rgazmalarni tashkil etish va qatna- shish, manfaatdor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekt- larini axborot va maslahat xizmatlari bilan ta'minlash. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-av- gustdagi PQ-1604-sonli «Byurokratik to'siqlarini bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tad- birlari to‘g‘risida» Qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining «Birjadan tashqari valuta bozorini yanada rivojlantirish va mus- tahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2000-yil 29-iyunda- gi 245-sonli Qarori 5-bandiga o'zgartirishlar kiritilgan va bu chet el valuta tushumi tushishini kechiktirgan eksport qiluvchi tashkilotlarga jarima sanksiyalarini yengillashtirishni nazarda tutadi. Jumladan, chet eldan valuta tushumi tushishining bel- gilangan muddatlari o‘tgandan keyin 30 bank kunidan ko‘proq muddatga kechikishiga yo‘l qo‘ygan eksportchiga (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) nisbatan soliq organlari tomonidan quyidagi sanksiyalar qo‘llaniladi: — valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kun- gacha kechikkanda — tushmagan valuta mablag‘lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentda; 396
— valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valuta mablag‘lari sum- masiga nisbatan 20 foiz ekvivalentda; — valuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda — tushmagan valuta mablag‘lari summasiga nisbatan qo'shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentda; — 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-de- kabrdagi PF-4399-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida» Farmoniga mu- vofiq tovuq go‘shtini eksport qilishni taqiqlash bekor qilingan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli «Eksport qiluvchi kor- xonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, ma- halliy tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalarga qu- yidagi huquqlar beriladi: — xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy dav- latlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag‘lari hisobidan 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyiha- lar bo‘yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmatjlarni yetkazib berishga chet el valutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish; — 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tu- tilgan o‘zida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga to‘g‘ridan to‘g‘ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valutada shartnomalar tuzish. Belgilanadiki, mazkur bandda ko‘rsatilgan shartnomalar faqat xizmat ko‘rsatayotgan vakolatli bankda hisobga qo‘yilgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi. 397
Bunda, mazkur Qarorga binoan belgilab q o ‘yilganki, 2012- yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarish- larni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valuta kredit- lari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to‘lovlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan valuta tushumi qismini vakolatli banklarga maj- buriy sotishdan asosiy qarz batamom to‘lab bo‘linadigan mud- datga qadar ozod qilinadi. Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish kom- plekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tatbiq etilsin.
Mazkur qarorga binoan tijorat banklariga eksport operatsi- yalari bo'yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning chek- langan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo‘yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-sonli «lshbilarmonlik muhitini yanada tubdan yax- shilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tad- birlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvoFiq, 2012-yilning 1-avgus- tidan boshlab, tadbirkorlik faoliyati (shuningdek, eksportchilar) uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan aniq me’yor va chora-tadbirlar joriy qilingan. Mazkur Farmonga bi- noan, qonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhi- tini yanada tubdan yaxshilashga hamda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha 2013—2014-yillarda joriy etilgan kompleks chora-tadbir- lar Dasturi tasdiqlangan. Mamlakatimiz hukumati tomonidan tashqi savdo siyosatining oqilona tarzda yuritilayotganligi tashqi iqtisodiy aloqalarning 398
jadal sur'atlarda rivojlanishini ta'minlamoqda. Ushbu barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash mamlakatimizning xalqaro moliya munosabatlari tizimida munosib o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi. Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling