Valuta kurslari mexanizmi - milliy valutaning yevroga nis batan asosiy paritetini tartibga solish mexanizmi bo'lib, valutalar kursi paritetdan 15% gacha farqlanishi mumkin.
Yevrobozor - savdo-sotiqlar o'tkazilgan mamlakat valutasidan boshqa valutalarda aks etgan depozitlar va kreditlar bilan savdo qilinadigan xalqaro pul bozorlari va kapitallar bozorlari uchun umumiy tushuncha.
Yevropa valuta kelishuvi - 1958-yilda imzolangan kelishuv bo'lib, ishtirokchi mamlakatlar valutalari bir-biriga va dollarga ayirboshlangan. Kurs tebranishlari chegarasi + 0,75% darajasida o'rnatildi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) - 1991-yilda tashkil etilgan. YTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakat lariga bozor iqtisodiyotiga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islohot larni amalga oshirishda ko'maklashish maqsadida tuzilgan.
Yevrohududi - Yevropa Ittifoqiga a'zo, yagona valuta yevro muomalada bo'lgan mamlakatlar hududi.
Yevropa valuta tizimi - 1979-yilda asos solingan. Uning bosh maqsadlari - Ylga a'zo mamlakatlar iqtisodiy hamkorligini kuchaytirish va ularni uchinchi mamlakatlarning beqarorlashtiruv-
chi ta'siridan muhofaza etish. Valutalarning tebranish chegarasi
+ 2,25% darajasida belgilandi, 1993-yilda ular 15% gacha ken gaytirildi.
Yevropacha opsion - faqatgina belgilangan sanada ijro etilishi rnumkin bo'lgan opsion turi.
Chet el valutalarini diversifikatsiya qilish - bir vaqtning
o'zida bir nechta chet el valutasida rezervlar tashkil qilish tu shuniladi.
Xalqaro kafolatlar - tovarlar va kapitallar harakatining uz luksiz va doimiy harakat qilinishini ta'minlanishiga xizmat qilib, Markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi.
Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari - tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, regional va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |