Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet48/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

22.09.2007.

Duo olgan kam bo’lmas.


Keksalarga hurmatda, kichikka bo’l izzatda,


Omon bo’lsa shu boshing, erta-kech yur xizmatda,
Imkon topsang bir kunda duo olgin yuz marta,
Duo olgan insonlar, ikki dunyo kam bo’lmas,
Gul unadi bog’iga, xor bo’lmas, tikan bo’lmas.

Bitta ko’ngli yarimni butun qilgan buyukdir,


Donolar suhbatida sukut qilga suyukdir,
Er yigit yelkasida, el tashvishi bir yukdir,
Duo olgan insonlar, ikki dunyo kam bo’lmas,
Tog’day yuksak turar u, mag’rur boshi xam bo’lmas.

Kimning nasibasi ming, kimnikidir bir tanga,


Shukr qilib boriga, umid boyla ertangga,
Barakasi xudodan, risqni halol terganga,
Duo olgan insonlar, ikki dunyo kam bo’lmas,
Faqat, unutma minnat oshida tuz, ta’m bo’lmas.

Birni bersang elingga, xudo mingni berarmish,


Quvvat kirib belingga, gul umringni berarmish,
Jalil Rahmat, har duo huzuringni berarmish,
Duo olgan insonlar, ikki dunyo kam bo’lmas,
Yayrab turgan ko’nglida alam bo’lmas, g’am bo’lmas.
09.12.2007.

Ko’za kunida sinar


Sahrolarda xoru xas, chamanlarda gul unar,


Kimga xo’tik ham havas, kim bir umr ot minar,
Qarindoshlar qasdma-qasd, tuproqqa kirib tinar,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Kimga zar, kimga zahar, Xudoning buyurgani,


Besh oqshomu besh sahar bandasi ulgurgani,
Somonxonaga qadar buzoqning yugurgani,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Ko’p hovliqma, ey odam, ko’raverib naqdini,


Kutib yurgin Xudodan, hisob-kitob vaqtini,
Hech bir banda ololmay qolmas, o’sha haqqini,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Birovlarning bag’ri but, birovlar kam dunyoda,


Kim topgani la’l, yoqut, kimlar zor bir duoga,
Tavba qilib yoqang tut, tavakkal qil Xudoga,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Gapni katta so’zlama, savlatingga ishonib,


Osmonlarni ko’zlama, davlatingga ishonib,
Ibrat olib, eslab yur, Muhammadni, Isoni,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Gar Azroil bir sapchib, bo’yningga ip bog’lasa,


Tik oyoqda tinchitib qo’yar, xudo xohlasa,
Parvardigor bandam der, parilari oqlasa,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Yotib qolgan chog’ingda, yoqmaysan o’z kishingga,


Qovurilib yog’ingga, kelolmaysan hushingga,
Gerdayib, g’oz yurishlar kirib-chiqar tushingga,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Sen keng bilgan bu olam, tor qafas-cha ko’rinmas,


O’ng-so’lingda o’n bolang, yot bir kascha ko’rinmas,
Umr bo’yi yiqqaning, bitta xascha ko’rinmas,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Jalil Rahmat savoli uzun, javobi qisqa,


Yo Rabb, gunoh, uvoli har zum, savobi qisqa,
Bitilgani azaldan qismatida bu qissa,
Jo’ja kuzda sanalar, ko’za kunida sinar.

Lui Brayl



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling