O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mirzaobod tuman xalq ta’limi bo’limi hamid olimjon nomli 4-umumta’lim o’rta ta’lim maktabi tarixi biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi


Download 26.62 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi26.62 Kb.
#1010356
Bog'liq
Maktab tarixi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
MIRZAOBOD TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMI

HAMID OLIMJON NOMLI 4-UMUMTA’LIM O’RTA TA’LIM MAKTABI
TARIXI

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar yetayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Islom Karimov
MAKTABIMIZ TARIXI
Maktab-ziyo maskani. Har bir inson, hamma kasb egalari maktabdan ta’lim-tarbiya olgan. “Yoshlar” qishlog’i kolxozlashtirish davrida qishloqda maktab bo’lmaganligi uchun Yoshlar kolxoz firkalari Gadoyqurg’on (Hozirgi Navro’z) binosida boshlang’ich ta’lim olishgan. Keyinchalik 1940-yillarda birinchi maktab ochilgan. U hozirgi Qorjovov Rustamning uyi o’rnida bo’lgan. Bu 4 yillik maktab edi. Ikkinchi maktab binosi hozirgi Rahmonov Davron uyi o’rnida, uchinchi maktab binosi hozirgi S.Xolxo’jayev uyi o’rnida, to’rtinchi maktab hozirgi masjid binosi, beshinchi maktab hozirgi Imomov Botir uyi o’rnida bo’lgan. Oltinchi maktab hozirgi foydalanilayotgan, 1988-yil noyabr oyida ishga tushirilgan maktabdir.
1930-yillarda maktab Dobrolyubov nomli 14-maktab deb nomlangan. Ilk o’qituvchilar: Abdurahmonov. 1950-yilda maktab direktori Tojiboyev Otaboy. O’qituvchilar: Rahmonqulov Sarkaboy,Zaynab, Valijon. 1961-yil maktab direktori Solihov Komiljon. O’qituvchilar: Xoliqov Ergash, Eshonqulov Xusan, Umirov Rishat, Qosimov Rayimjon, Marina Klechkova, Galya, Shomurod.
Keyingi 1961-66-yillarda Tojiboyev, 1966-71-yillarda Rahmonqulov Sarkaboy maktabga direktorlik qilgan. 1966-71-yillarda maktab 8 yillik maktabga o’zgartirilgan. 1971-78-yillarda Xudoyqulova Xajar, 1979-80-yillarda Xonimqulov Ergashlar mazkur maktabga direktorlik qilishgan. 1980-81-o’quv yilida Xudoyqulova Xajar ta’tildan o’z ishiga qaytdi. O’sha davrda direktorning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari Jabborov Pirimqul. Shu davrdan boshlab o’quv jiddiy jonlantirildi. Fan o’qituvchilari turli ko’rik-tanlov va bellashuvlarda ishtirok eta boshladi. 1971-yildan maktab 10yillik ta’lim tizimiga o’tdi. 1984-1985-yillardan boshlab maktab o’quvchilari tuman Fan olimpiadasida g’oliblikni qo’lga kiritdi. Rus tili, matematika, tarix, geografiya, fanlari bo’yicha viloyat olimpiadsida sovrinli o’rinlar egalladi. 1988-yil noyabr oyida yangi zamonaviy tipdagi maktab korpusiga ko’chib o’tildi.
Yangi maktab 834 o’quvchiga mo’ljallangan bo’lin, sinf xonalari, 2ta laboratoriya, sport zal va oshxona bilan ta’minlangan.
1989-yil maktabga X.Eshmirzayev direktor etib tayinlandi. Yangi maktab binosidagi qulayliklar va imkoniyatlar tufayli maktab har tomonlama yutuqlarni qo’lga kiritdi. Shu yili maktabning voleybol jamoasi o’quvchilar, hamda o’qituvchilar o’rtasidagi sport musobaqasida g’oliblikni qo’lga kiritdi. Shu yillarda maktab oliy ma’lumotli mutaxassis o’qituvchilar bilan to’liq ta’minlandi. Maktab bir sinf komplekt electron hisoblash mashinasi bilan ta’minlandi.Maktabning matematika va EXM fani o’qituvchisi Xoliqov Abduraim o’quvchilarga puxta ta’lim berdi. Ayni shu yillar maktab viloyatda EXM o’qitish bo’yicha tayanch maktab deb topildi. O’qituvchi Xoliqov Abduraimning pedagogik faoliyati ijobiy baholandi, EXMni boshqa fanlarga tadbiq etish bo’yicha samaradorlikka erishdi va shu yili viloyat maktab direktorlari uchun seminar o’tkazildi. Seminar qatnashchilari maktab jamoasi yutuqlarini ijobiy baholab, maktabning tarix fani o’qituvchisi N.Jangirovaga Xalq maorifi a’lochisi unvoniga tavsiya etishdi. 1992-yilgi viloyat Fan olimpiadsida Xoliqov Abduraimning Bekmurodov O’ktam matematika fanidan viloyatdan 1-o’rinni egallab, Guliston davlat universiteti talabasiga aylandi. 1994-yil 2tao’quvchi viloyatda tarix fani bo’yicha olimpiadad g’olib bo’ldi. 1995-yil huquq fani o’qituvchisi N.Jangirovaning o’quvchisi Alisher O’rolov viloyat miqyosida o’tkazilgan huquq fani bo’yicha 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. 1998-yil sentyabrda maktab tarix fani bo’yicha viloyatda tayanch maktabga aylantirildi. Hozirgi kunga qadar ham tarix fani bo’yicha tayanch maktablardan biridir. Shu sababli hozirgi kunda qishlog’imizda. Ushbu maktab bitiruvchilaridan 15 tasi tarix fani o’qituvchisi bo’lib ishlamoqda. Bitiruvchilardan 5tasi G.D.U tarix fakulteti talabasi. 1999-yilda maktabning voleybolchi qizlar jamoasi Respublika sportakiasida qatnashishdi. 1999-yil a’lochi o’quvchilardan 3tasi xalqaro bolalar lagerida dam olishga muvaffaq bo’ldi. 1991-1993-o’quv yilida ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Xoliqova Zebiniso yil o’qituvchisi ko’rik-tanlovida qatnashib, viloyat bosqichida 4-o’rinni egalladi. 1994-95- yilda ushbu tanlovda qatnashib, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining “Faxriy yorlig’i”, ‘Xalq ta’limi fidoyisi” unvoniga sazovor bo’ldi. Uning birinchi she’riy to’plami ham shu yili nashr etildi. Ijodkor o’qituvchilardan A.Xoliqov, K.Jo’rayev, Sh.Jabborov, G.Edilov,N.Jangirovalar “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. N. Jangirova 1997-yil samarali mehnati uchun 2-darajali “sog’lom avlod uchun “ ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Xoliqova. Z ning “G’animat lag’zalar” “Yurt qadri” nomli she’riy to’plami nashr etildi. Xoliqova. Z 2003-yil Respublika ijodkor o’qituvchilar anjumanida ham Respublika xalq ta’limi vazirligining “Faxriy yorlig’i” bilan taqdirlandi.
2000-yil 18-dekabridan boshlab maktabga Nazokat Jangirova direktorlik qilib kelmoqda. Maktabning tarix fani o’qituvchisi Bekmurodova Gulsora bu darsliklarni tahlil qilishda xizmati kattadir.
Bekmurodova Gulsora bilimli, jonkuyar ijodkor o’qituvchi bo’lgani uchun uning shogirdlari 10dan ortiqdir, hozirgi kunda shogirdlari uning ishini davom ettirmoqda. Bekmurodova Gulsoraning samarali mehnatlari uchun davlatimiz “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” ordeni bilan taqdirlandi. Ijodkor o’qituvchi Xoliqova Zebinisoning 3ta she’riy to’plami nashrdan chiqdi. Maktabning matematika fani o’qituvchisi Berdiyev Xakim 2005-yil matematika darsligi tahlili eksperti bo’ldi. Maktabning tarix, xuquqshunoslik,shaxs va jamiyat fani o’qituvchisi Jangirova Nazokat shaxs va jamiyat darsligi tahlili ishtirokchisidir. Uning o’quvchilari “shaxs va jamiyat” kursi bo’yicha qo’shimcha o’quv qo’llanmasi yuzasidan tashkil etilgan tanlovning Respublika bosqichida 2001-yil, 2002-yil, 2004-yil, 2007-yil ishtirok etib Xalqaro qizil xoj qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi O’zbekiston qizil yarim oy milliy jamiyatining “tashakkurnoma”larini qo’lga kiritdi. 2006-yil “siz qonunni bilasizmi?” ko’rik tanlovida maktab o’quvchilari viloyatda 2- o’rinni qo’lga kiritdi. 2006-2007 -o’quv yilida,2007-2008- o’quv yilida, 2008-2009-o’quv yilida maktabning o’quvchilari “Prezident asarlari bilimdoni “ ko’rik tanlovida viloyatda 1-o’rinni egallab , Respublika bosqichida ishtirok etishdi.
Geografiya fani o’qituvchisi Edilova Marhabo ham ijodkor o’qituvchilardan biridir. Uning o’quvchilari fan olimpiadalarning 2004-2005-o’quv yilida, 2005-2006- o’quv yilida, 2007-2008-o’quv yillarida geografiya fani bo’yicha olimpiadaning tuman bosqichida 1-o’rin, viloyat bosqichlarida 2-3- o’rinlarni egallagan. Edilova Marhabo 2007-yil “yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovida 1-o’rinni egallagan. 2007-2008-o’quv yilida maktabning boshlang’ich o’qituvchisi Bekqulova Sharofat “yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik tanlovi viloyat bosqichida 2-o’rinni egalladi. Maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan Qarshiboyeva Gulbahor, Rahmonova Ulbo’sinlar fidoyi o’qituvchilardir.
Hozirgi kunda nafaqada bo’lgan boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan Mamatqulova Buxojar, Qo’shnazarova Muhabbat, Jo’rayev Qoldiboy, Solihov Rashid, rus tili o’qituvchisi Solihova Roza, ximiya fani o’qituvchisi Jabborov Pirimqul, ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari Xudoyqulova Xursanoy, Mustafaeva Qirmizoy, tarix fani o’qituvchisi Bekmurodova Gulsaralarni qishlog’imiz ahli xurmat bilan tilga oladilar.
Maktabda xar yili “9-may xotira va qadrlash“ kuniga bag’ishlab shu maktabda ishlagan marxum o’qituvchilar xotirasiga bag’ishlab xotira va turnirlari o’tkaziladi. Maktabning chaqiriqgacha yoshlarni tayyorlash fani o’qituvchisi Xoliqov Qulmon, mak0
Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling