Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari


-modda. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2-modda


Download 43.52 Kb.
bet2/8
Sana15.03.2023
Hajmi43.52 Kb.
#1269014
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Sem. Jamiyatda siyosiy va harbiy xavfsizlik masalalari

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi to‘g‘risida”gi 105-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 180-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi
I. UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi (bundan buyon matnda Doktrina deb yuritiladi) harbiy sohada O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlashga doir prinsiplar va yondashuvlarni belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Doktrinaning mudofaa xususiyatiga egaligini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi hech bir davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi va barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, o‘zaro naf ko‘rish, teng huquqlilik hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, davlatlararo shakllangan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini tan olish asosida quradi.
3. Doktrina:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi, xalqaro huquqning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining prinsiplari va normalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga tayanadi;
mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqadi;
Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining va mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarning asosiy qoidalarini inobatga oladi;
harbiy mojarolarning oldini olish, hayotiy muhim milliy manfaatlarni himoya qilish bo‘yicha davlat, jamiyat va fuqarolar faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlari va usullarini ochib beradi;
davlatning kelajakda mudofaa sohasidagi siyosati ustuvorliklarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) tayyorlash, qurish va qo‘llashning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilaydi.
4. Doktrinani ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosati doirasida amalga oshiriladi.
5. Ushbu Doktrinada quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
alohida davr — safarbarlik (harbiy holatni joriy etish) to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan boshlanadigan davr, shu jumladan harbiy harakatlar olib boriladigan butun davr;
davlatning harbiy tashkiloti — davlat boshqaruvi va harbiy boshqaruv organlarining, Qurolli Kuchlarning, urush davri uchun tuziladigan boshqa organlar, muassasalar va maxsus tuzilmalarning, shuningdek mudofaa sanoati kompleksi majmui bo‘lib, ularning birgalikdagi faoliyati harbiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi;
mamlakat mudofaasi — O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayoti va xavfsizligi himoya qilinishini ta’minlovchi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborotga oid, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlar tizimi;
milliy xavfsizlikka harbiy sohadagi tahdidlar — O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy kuch qo‘llanilishi haqiqatan mumkinligini tavsiflovchi omillar;
Oldingi tahrirga qarang.
noqonuniy qurolli tuzilmalar — milliy va xalqaro qonunchilikka xilof ravishda shakllantirilgan, terrorchilik, ekstremistik, jinoiy yoki boshqa maqsadlarni ko‘zlovchi qurolli birlashmalar, otryadlar, guruhlar;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tahdid soluvchi davr — vaqtning turli muddat davom etadigan, qoida tariqasida, harbiy mojaro boshlanishidan oldinga to‘g‘ri keladigan hamda harbiy-siyosiy vaziyat o‘ta keskinlashganligi bilan tavsiflanadigan davri;
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof-muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
qurolli mojaro — davlatlar o‘rtasidagi (xalqaro qurolli mojaro) yoki bir davlat hududi doirasidagi (ichki qurolli mojaro) qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, milliy, etnik, diniy va boshqa ziddiyatlarni hal etish maqsadidagi miqyosi cheklangan qurolli to‘qnashuv (harakat, janjal) bo‘lib, bunda urush holati e’lon qilinmaydi;
harbiy mojaro — davlatlar o‘rtasidagi yoki davlatning ichki qarama-qarshiliklarini harbiy kuch qo‘llagan holda hal etish shakli bo‘lib, bu qurolli kurash olib borishning barcha turlarini, shu jumladan urushlar va qurolli mojarolarni qamrab oladi;
harbiy tajovuz — O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va davlat mustaqilligiga qarshi harbiy kuchni qo‘llash;
harbiy xavfsizlik — milliy manfaatlarning harbiy sohada davlat xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan himoyalanganlik holati.

Download 43.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling