Jinoyat tushunchasi Jinoyat belgilari Jinoyat oqibat tushunchasi


Download 54.47 Kb.
bet8/15
Sana15.06.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1482647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
JINOYAT OQIBAT TUSHUNCHASI

NOTA BENE!


Aybdorlik tushunchasi Jinoyat kodeksi 20-moddasi mazmu-niga ko‘ra, “Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qil-mishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi mumkinligidan kelib chiqadi”.

Jinoyat huquqida “aybdorlik” va “ayb” tushunchalari ikki yuridik ma’noda ishlatiladi:
birinchidan, protsessual ma’noda – jinoyat tushunchasi va ji-noyat sodir etgan shaxsning aybdorligi to‘g‘risida xulosa chiqarishda;
ikkinchidan, ayb qasd va ehtiyotsizlik shakllaridagi jinoyat tarkibining subyektiv tomoni ma’nosida.
Jinoyat tushunchasidagi aybli harakat yoki harakatsizlik – ijti-moiy xavfli qilmishning qasd yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etili-shini bildiradi.
Aybdorlik jinoyat belgisi bo‘lishi bilan birga jinoiy javobgar-likning asosiy belgilaridan biri ham hisoblanadi.
Aybdorlik shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligi va uning oqibatiga ruhiy munosabati sifatida quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
a) to‘g‘ri qasd;
b) egri qasd;
c) o‘z-o‘ziga ishonish;
d) beparvolik.
Yetkazilgan zarardan qat’i nazar, xatti-harakat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lmasa, bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi.
Har bir huquq sohasi u yoki bu shaxsning ongli faoliyatiga turli sharoitlardan qat’i nazar, ta’sir qiladi. Jinoyat huquqi aql-idroq va erk bilan bog‘liq holda sodir etidgan xulq-atvorni tartibga soladi. Shaxs-ning g‘ayrihuquqiy ongli xulq-atvori esa uning aybdor deb topilishida asos bo‘ladi. O‘zi qilmishining ijtimoiy xavfliligini va uning xusu-siyatini ongli ravishda anglagan hamda uni boshqara olgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Aybsiz jinoiy javobgarlik bo‘lishi mumkin emas, ya’ni shaxsning aybi qonunga xilof bo‘lmasa, shaxs aybdor, uning qilmishida esa aybning shakllari mavjud hisoblanmaydi.
Quyidagi holatlardan kelib chiqib shaxsning aybdorligini yoki aybsizligini aniqlash mumkin:
1. Shaxsning o‘zi sodir qilayotgan qilmishining ijtimoiy xavfliligi, uning darajasi va xususiyatini tushunishi.
2. Shaxsning sodir etayotgan qilmishi tufayli vujudga keladigan oqibatning ijtimoiy xavfliligini tushunishi.
3. Shaxsning o‘z harakatlarini boshqara olishi.
Shaxs o‘z qilmishining faktik tomonidan tashqari ijtimoiy ahamiyatini ham ongli ravishda anglay olishi kerak.
Demak, aybning mavjudligi jinoiy xulq-atvor uchun javobgarlik-ka tortish uchun asos, aniqrog‘i, jinoyat subyekti aybdorligini aniq-lashning muhim sharti hisoblanadi. Aybdorlik – jinoiy javobgarlik yoshi sifatida jinoyat subyektining o‘zi sodir etgan qilmishiga muno-sabatini ifodalash bilan birga aybning belgilaridan biri hisoblanadi, ayb esa shaxsning o‘z qilmishiga bo‘lgan ruhiy munosabatini ifodalaydi.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish kerakki, shaxs sodir qilgan jinoyatida aybning shakli qasd yoki ehtiyotsizlikning mavjud-ligi va faqat shaxsning aybli xulq-atvorigina jinoyat deb hisoblanadi. Aybning ruhiy tushunchasi shaxs xulq-atvorining ma’lum bir turi sifatida uning muhim belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi 14-moddasi 1-qismida jinoyat tushunchasiga berilgan ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, jinoyat qonunida ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etishni taqiq-labgina qolmasdan, ular uchun jinoiy jazoni ham belgilab qo‘ygan. Bu esa o‘z navbatida jinoyatning “jazoga sazovorlik” belgisini keltirib chiqaradi.
Bu belgi jinoyat huquqining “javobgarlikning muqarrarligi prinsipi” dan kelib chiqadi.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling