Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Download 423.5 Kb.
bet17/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

JK 297-m 2-qismida qo‘yidagilarga olib kelgan atrofdagilar uchun katta xavf tug‘diradigan qurollar, hamda moddalar va predmetlar bilan muomala qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan:
A) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast etkazilishiga;
B) tanaga og‘ir shikast etkazilishiga;
V) odam ulimiga.
JK 297m 3 qismida qo‘yidagilarga olib kelgan usha qilmishlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan:
A) odamlar ulimiga;
Boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa ‘javobgarlik belgilanadi.


3.4 Mashinalarni boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish jinoyati uchun javobgarlik
(JK 298-m.)
Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti qonun tomonidan o‘rnatilgan jangovor texnikani, maxsus va transport mashinalarini boshqarish va foydalanish tartiblarini ta’minlab beruvchi jamiyat munosabatlaridan iborat. qo‘shimcha bevosita ob’ekt – odamlarning hayoti va salomatligi.
Jinoyatning predmeti jangovor, maxsus va transport mashinalari, ular ostida har qanday avtonom dvigatelga ega bo‘lgan va odam boshqaradigan quruqlikda g‘ildirakda yoki gusenitsada o‘zi harakatlanadigan harbiy-transport vositasi tushuniladi.
Jinoyat ob’ektiv tomondan badanga o‘rta og‘ir va og‘ir shikast etishiga olib kelgan jangovor, maxsus va transport mashinasini boshqarish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanadi.
Jinoyat qonunda ko‘rsatilgan oqibatlar, jumladan badanga etkazilgan og‘ir yoki o‘rta og‘ir shikastlar ko‘rinishidan kelib chiqqan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi (JK 298m. 1 qismi).
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyat sub’ektiv tomondan qasddan yoki extiyotsizlik bo‘yicha sodir etiladi. Kelib chiqqan oqibatlarga aybdor faqat extiyotsizlik bo‘yicha munosabatda bo‘ladi. Aybdor o‘z qilmishini jamiyatga xavfli oqibatlari kelib chiqishi mumkinligini kыra biladi, ammo unga etarlicha asoslanmasdan, ыzining engilmagligi bыyicha, ular haqiqatdan ham kelib chiqmasligiga yoki oldini olinishiga hisob qiladi (jinoiy umidvorlik). Aybdor bunday oqibatlarning kelib chiqish imkoniyatini ko‘ra olmaydi, ammo ish holatlari bo‘yicha u ularni oldindan ko‘rishi lozim edi (jinoiy extiyotsizlik).
JKning 298-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat harbiy xizmatchi tomoni-dan jangovar, maxsus yoki transport mashinasida sodir etiladi. Harbiy xizmatchi tomonidan jangovar, maxsus yoki transport mashinasi bo‘lmagan mashinada boshqarish qoidalarini buzish, xuddi fuqaroviy shaxs tomonidan jangovar, maxsus yoki transport mashinasida boshqarish qoidalarini buzish kabi, JKning 266-moddasining alomatlariga mos keladi (Transport vosi-talari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish).
JK 298-moddasining 2-qismida
a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazilishiga;
b) odam o‘lishiga sabab bo‘lgan mashinalarni boshqarish yoki ulardan foydalanish
qoidalarini buzish uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.
JK 298-moddasining 2-qismining qaralayotgan moddaning birinchi qismidagi ko‘rsatilgan tegishli alomatlaridan yagona farqi shuki, ular ikki yoki undan ortiq shaxsga etkazilgan bo‘ladi, qolgan jihatdan esa ular aynan o‘xshash bo‘lib, qo‘shimcha qarab chiqishni talab etmaydi.
Harbiy mashinani boshqarish qoidalarini buzishni hamda keyingi ushbu hodisaning natijasida hayoti xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslikni birgalikda sodir etgan shaxsning harakatlarini JK ning 298-moddasi bilan birgalikda JK ning 117-moddasining tegishli qismi bo‘yicha malakalanishi lozim.
Agar jabrlanuvchiga mashinani boshqarish qoidalarini buzish oqi-batida hayot uchun xavfli bo‘lmagan engil tan jarohatlari etkazilgan bo‘lsa, yoki uning o‘limi bevosita voqea paytida yuz bergani ochiq-oydin bo‘lsa, yoki aybdor shaxsning jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishi majburiy bo‘lsa-da, uning o‘z hayoti yoki sog‘lig‘i uchun ochiq xavf yuzaga kelgan bo‘lsa, ya’ni uning yordam ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmasa, shaxs JK 117-moddasi bo‘yicha javobgarlikdan ozod etiladi.
JK 298-moddasining 3-qismida
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan o‘sha qilmishlar uchun javobgarlk ko‘zda tutilgan.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling