Jinoyatining yuridik tahlili. Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar jinoyatining yuridik tahlili


Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish


Download 423.5 Kb.
bet18/21
Sana05.11.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1749908
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga

3.5 Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish
(JK ning 299-moddasi)
Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti Qurolli Kuchlarda o‘rnatilgan uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rishning tartibini hamda harbiy uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini ta’minlaydigan ijtimoiy muno-sabatlar bo‘ladi.
Qo‘shimcha bevosita ob’ekt – fuqarolarning hayoti, sog‘-lig‘i, Qurolli Kuchlar mulkining xavfsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir.
Ushbu jinoyatning predmeti deb uchish apparatlari tan olinadi.
Ob’ektiv jihatdan JK ning 299-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat halokat yuz berishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini, shuningdek, uchish apparatlaridan foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanadi.
Jinoyatning sub’ektiv tomoni ehtiyotsizlik shaklidagi aybi bilan ifodalanadi. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzishga yo‘l qo‘ygan shaxs og‘ir oqibatlar yuz berishi mumkinligini odindan ko‘ra oladi, lekin asossiz holda ushbu oqibatlar yuz bermaydi, deb hisoblaydi, yoki ularni oldindan ko‘ra olishi lozim va mumkin edi.
Jinoyatning sub’ekti «uchishlarni va ularga tayyorgarlikni ta’minlash maxsus yuklatilgan harbiy xizmatchilar bo‘lishi mumkin. SHuningdek uchishlar rahbari, kemaning rahbari, pilot, bort muhandisi, shturman va boshqalar javobgarlikka tortilishi mumkin.
U chishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish uchun samolyotlar texniklari, mexaniklar, uchishlarni ta’minlash xizmatlarining boshqa shaxslari javobgar bo‘lishi mumkin.
3.6 Kemani boshqarish qoidalarini buzish
jinoyati uchun javobgarlik
(JK ning 300-moddasi)
Jinoyatning asosiy bevosita ob’ekti Qurolli Kuchlarda o‘rnatilgan kemani boshqarishning tartibini hamda harbiy kemalardan foydalanish qoidalarini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar bo‘ladi.
Qo‘shimcha bevosita ob’ekt – fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, Qurolli Kuchlar mulkining xavfsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir.
Ushbu jinoyatning predmeti faqat harbiy kemalar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Dengiz flotining kema tarkibining kemalari bo‘lishi mumkin. Bular jangovar va qorovul kemalari, maxsus maqsadli suzish vositalari, katerlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling