Ishlab chiqarish amaliyoti xisoboti


Download 33.57 Kb.
bet1/15
Sana30.08.2023
Hajmi33.57 Kb.
#1671450
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ishlab chiqarish

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sana

ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI XISOBOTI


Sana : «___»________2023 yil


1-Mavzu : Avtokorxonada texnika xavfsizligi qoidalarini o’rganish. Avtokorxona ichki tartib qoidalarini o’rganish.
Ma'lumki, avtomobil hozirgi xalq xo'jaligining hamma sohalarida keng ekspluatatsiya qilinmoqda. Chunki avtomobil transporti yuqori monyovrchanlikka ega bo'lganligi sababli turli yo'llarda yurish va turli ish sharoitlariga moslana olish hususiyatiga ega. Hozirgi kunda xom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, ochiq usulda ko'mir va ruda qazib chiqarish, industrial usulda uy joy binolari va sanoat korxonalari qurish, qishloq xo'jaligiga zarur yuklar, o'g'it va turli materiallarni tashish, keng iste'mol mollarini bevosita iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi.
Avtomobil transportining ro'li qishloq xo'jalik mahsulotlarini tashishda ham ortib bormoqda. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir avtomobillarining ham mamlakatimiz aholisining kundalik tumushida ahamiyati katta.
Harakatlanuvchi transport mashinalarining rivojlanishga 1766 yilli mexanik I.Polzunov yaratgan bug' mashinasi katta o'zgarish kiritdi. Keyinchalik bug' mashinasi yordamida relssiz yo'llarda yo'lovchi va yuk tashishga mo'ljallangan bug' aravasi yaratilgan lekin bug' aravalari vazmin va qo'pol bo'lganligi sababli relssiz yo'llarga moslasha olmadi. Keyinchalik bunday bug' aravalari relsli yo'lga qo'yilgach, temir yo'l transporti vujudga keldi va tez suratlar bilan rivojlandi.
Sana : «___»________2023 yil


2-Mavzu : Kuzovlarni ta’mirlashda payvandlash ishlari

Ishlab chiqarish jarayoni korxonada mahsulotlarni tayyorlash, aniq ketma-ketlikda ayni korxonada bajariladigan ishlar va ishlab chiqarish qurollari va muhandislar, texnik xodimlar hamda ishchi-xodimlarning birgalikdagi harakati majmuyidir. Ishlab chiqarish material, xomaki va detallar shakli va xususiyatlarini bevosita o‘zgartiruvchi asosiy hamda ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlovchi qo‘shimcha jarayonlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga ishlab chiqarish vositalari va muhitini yaratish, material, yarimtayyor mahsulotlarni olish va saqlash, detallarga ishlov berish, yig‘ma birliklarini yig‘ish, mahsulotni umumiy yig‘ish, mahsulotni sinash va nazorat qilish kiradi.
Qo‘shimcha jarayonlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarni ta’minlovchi yumushlar, shu jumladan, korxonani energiyaning barcha turlari bilan ta’minlash, barcha turdagi jihozlarni tayyorlash va ta’mirlash, xomaki va detallarni transportlash, texnologik transport va boshqa jihozlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqalar kiradi.

Download 33.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling