Shartnoma gx №


Download 61.5 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1170777
  1   2   3   4
Bog'liq
3 том шартнома Тикувчи лот (2)


Kasb-hunar maktabi bitiruvchisini ishlab chiqarish amaliyotini
tashkil etish va ishga joylashishiga ko‘maklashish to‘g‘risida


SHARTNOMA GX

“___”__________2022_yil _________(viloyat, shahar)


O‘z Nizomiga asosan faoliyat yuritadigan G’igduvon tuman 2-son kasb-hunar maktabi (keyingi o‘rinlarda “Ta’lim muassacasi”, uning direktori Hamroyev Ilhom Inoyatovich bir tomondan va korxona (tashkilot) _____________________________ (korxona nomi) kelgusida “Korxona” deb nomlangan, uning rahbari ____________________ (F.I.SH) ikkinchi tomondan, shuningdek ta’lim muassasasi bitiruvchisi _________________ (F.I.SH) yoki uning ota-onasi ___________________ (F.I.SH) qo‘yidagi shartnomani tuzdilar.


I. SHARTNOMANING MAZMUNI
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini bajarish yuzasidan o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, bu borada o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida hamkor korxona (tashkilot) uchun zarur yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish va bitiruvchilar bandligini ta’minlash sohasida tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlikni o‘rnatishdan iborat.
II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI:
Ta’lim muassasasi majburiyatlari:
2.1. Hamkor “Korxona”ning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har o‘quv yilida ta’lim muassasasi qabul rejasini muvofiqlashtirib borish;
2.2. Tanlangan mutaxassislik o‘quv reja va dasturlari asosida bitiruvchiga etarli nazariy va amaliy bilimlar hamda ko‘nikmalar berish;
2.3. O‘quv rejasidagi mavjud fanlarni o‘qitish uchun malakali o‘qituvchilarni va “Korxona” taklifiga muvofiq “Korxona”ning tajribali mutaxassis xodimlarini maxsus fanlarni o‘qitishga jalb etish;
2.4. Mutaxassislik bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash;
2.5. Maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini “Korxona” bilan o‘zaro kelishilgan holda “Korxona”dagi mavjud asbob-jihozlar bilan tanishtirishga yuborish va mavjud jihozlarga mos ravishda fan dasturlariga belgilangan o‘zgartirishlarni kiritib takomillashtirib borish;
2.6. Ishlab chiqarish amaliyoti o‘tkazish muddatlarini “Korxona”ning imkoniyatlarini inobatga olgan holda o‘zaro kelishuv asosida belgilash va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish. Ta’lim muassasasidan amaliyot rahbarlarini tayinlash va ularga quyidagi vazifalarni yuklatish:
-korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotining ish dasturini tuzish;
-yakka tartibdagi topshiriqlarni ishlab chiqish;
-o‘quvchilarni mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlashda yoki ularni ish turlari bo‘yicha bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazishda qatnashish;
-amaliyot davrida o‘quvchilar mehnatidan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish;
-o‘quvchilar tomonidan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarishda va diplom loyihasi (ishi)ga materiallar to‘plashda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish;
-o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish natijalarini baholab borish.
2.7. YAkuniy davlat attestatsiyasi, bitiruvchilarning diplom ishi himoyasiga hamkor “Korxona”ning mas’ul xodimlarini jalb etish, yakuniy davlat attestatsiya natijalariga ko‘ra bitiruvchining ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat shartnomasini imzolash.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling